ALT – inson-mashina tizimi. EHM yordamida hamma tuzilgan va tuzilayotgan loyihalash
tizimlari avtomatlashtirilgan tizimlarga kiradi. Ularda loyihani texnikaviy vositalar yordamida
ishlayotgan inson muhandis salohiyatli o„rin egallaydi. ALTda inson birinchidan formalizatsiya
qilinmagan masalani va ikkinchidan insonning evrestik qobiliyatlari asosida samaraliroq echiladigan
masalalarni yechadi.
ALT – ierarxik tizim. U hamma darajalarda loyihalashni avtomatlashtirishga kompleks
yondoshuvni amalga oshiradi. ALT qo„llanilganida loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuv saqlanib
qolishi kerak. Loyihalashning ierarxik darajalari ierarxik nimtizim ko„rinishida ALTning maxsus
dasturaviy ta‟minoti (DT) strukturasida o„z aksini topadi.
Loyihalash – tadqiqot, hisoblash va konstruktorlik tavsifidagi ishlar kompleksini bajarish
asosida ob‟yektning birlamchi bayonini natijaviy bayonga o„zgartiradigan jarayondir.
Birlamchi bayonni natijaviy o„zgartirish oraliq bayonlarni tug„diradi; ular loyihalash
tugaganini aniqlash yoki uni davom ettirish yo„llarini tanlash maqsadida qarab chiqiladigan predmet
vazifasini o„taydi. Bunday bayonlarni loyihali yechimlar deyishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |