Toshkent davlat texnika universiteti
Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
9.2. Operatsion tizimlar strukturasi va generatsiyasi
Operatsion tizim tushayotgan hamma masalalarga ishlov berish bo„yicha ishlarni ratsional rejalashtirishi kerak (EHMga masalalarni kiritish bo„yicha tadbirlar kompleksi, ularning xarakteristikalarini bilib olish, hamma kiruvchi ma‟lumotlar to„plamlarini tashqi olib yuruvchilarda joylashtirish, kirish va chiqish navbatlarini tashkil qilish). Odatda tashqi qurilmalardan biri o„qigan kirayotgan ma‟lumotlar oqimidagi masalalar EHM operativ xotirasiga birdaniga o„tmaydi, balki tashqi xotira qurilmalarida joylashadi. Paketli ishlov berish rejimlarida masalalar navbatda qator bo„lib turishadi (kiruvchi navbat), masalaning navbatdagi o„rni uning ustuvorligi bilan belgilanadi. Masalaning navbatdan EHM OXiga o„tkazilishi avtomatik ravishda sodir bo„ladi. Masalani yechishdan bevosita oldin OT bajaradigan tadbirlar majmuasini realizatsiya qilishda asosiy e‟tibor masalani yechish uchun zarur bo„lgan HT resurslarini (OX jabhasi, zarur bo„lgan ma‟lumotlar to„plamlari uchun tashqi olib yuruvchilar uchun joylar va sh.k.) taqdim qilishga qaratiladi. * Izoh. Masalalarga multidasturaviy rejimda ishlov berilishini ta‟minlaydigan hamma OTlar uchun ishlarni rejalashtirishni amalga oshirish ayniqsa qiyin, chunki ko„pincha raqobatda bajarilayotgan masalalar o„sha va faqat o„sha resursni talab qilinadi, bu esa ularga HTda ishlov berishda sekinlashishga olib keladi. Agar navbatdagi masalani yechish uchun resurslar yetishmasa, OT quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi: 1) ushbu paytda bajarilayotgan va ustuvorligi quyiroq bo„lgan qaysidir boshqa masaladan resurslarning bir qismini tortib olishi; 2) yechilayotgan qaysidir masala yechilib bo„lishini va talab qilinayotgan resurs bo„shashini kutishi; 3) yechilishi uchun resurslar yetarli bo„lgan, lekin navbati hali yetib kelmagan masalani navbatsiz o„tkazib yuborishi kerak. Yechim natijalarini mos tashqi qurilmalarga chiqarishni tashkil qilish ham masalaga ishlov berishni rejalashtirish funktsiyasiga kiradi. Bunda OT har bir topshiriqning natijaviy informatsiyasini mos chiquvchi navbatga tushishini va TQ ishi tempida ushbu navbatning bo„shashini ta‟minlashi zarur. Operatsion tizim masalalar yechilishini boshqarishi lozim. Bunda OTning asosiy funktsiyasi – hisoblash jarayonida sodir bo„ladigan har xil hodisalarga (informatsiya almashinuvi tugaganligi haqida tashqi qurilmalardan kelayotgan signallar, apparatlardagi to„xtashlar haqida hamda tashqi muhitdan, masalan boshqa EHMdan, kelayotgan signallar, dasturaviy xatoliklar belgilari) to„g„ri reaktsiya qilishni tashkil qilishdir. Har bir hodisaga OT to„g„ri reaktsiya silganda joriy dasturning bajarilishi albatta to„xtalishi va protsessorni boshqarish boshqa mos modulga uzatilishi lozim; bu modul sodir bo„lgan voqeani identifitsirlashi kerak. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling