Toshkent davlat texnika universiteti
Real vaqt operatsion tizimlari
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Real vaqt operatsion tizimlari. Bu operativ tizim umumiy vazifali operativ tizimdan birinchi
navbatda shu bilan farq qiladiki, tizimga kelayotgan informatsiya albatta berilgan vaqt intervali davomida ishlab bo„linishi kerak (bu vaqt intervallarini oshirish mumkin emas). Vazifasi umumiy bo„lgan OT ishining real vaqt OT ishidan yana bir farqi shundaki, birinchi OTda foydalanuvchilar masalalarining oqimi rejalashtirilgan va EHM operatori tomonidan sozlanadi, ikkinchi OTda esa ishlov berishga so„rovlar istalgan vaqtda kelishi mumkin. Shuning uchun real vaqt operativ tizimi ba‟zi qo„shimcha imkoniyatlarni ta‟minlashi lozim, masalan doimiy masalalar yaratiladi. Vazifasi umumiy bo„lgan OTlarda qo„shimcha sarflarning salmoqli qismini initsiirlangan etapidagi vaqt sarfi tashkil qiladi; buni bajarishda OT masala yechilishi bo„yicha foydalanuvchining hamma istaklarini aniqlab (tanib) oladi, OXga zarur bo„lgan dasturni yuklaydi hamda uni bajarish uchun zarur bo„lgan resurslarni ajratadi. Real vaqt OTda esa bunday sarflarning oldini olishi mumkin, chunki ularda masalalar to„plami doim muayyan belgilangan, ya‟ni kelayotgan informatsiyaga ishlov berish uchun zarur bo„lgan dasturlar, tashqi qurilmalar, ma‟lumotlar oldindan aniqlangan va ular so„rovlar tushgunigacha tayyorlab qo„yilishi mumkin. Bunday bir marta initsiirlangan masalalar real vaqt OT EHM OXda doim mavjud bo„ladi (ularni ishlashga so„rov tushdimi yoki yo„qmi, bundan qat‟iy nazar). Doimiy masalalardan tashqari real vaqt OT boshqa, doimiy bo„lmagan, masalalarni yaratish imkonini beradi, lekin doimiy bo„lmagan masalalar pastroq ustuvorlikda bajariladi. Real vaqt rejimida ishlayotgan HTlariga ishonchlilik bo„yicha yuqori talablar qo„yiladi. Mos ravishda OT to„xtab qolish (сбой) yoki avariyali vaziyatlarni tezda topish va ulardan chiqish, nosoz qurilmalarni uzish va rezervdagilarni ulash (bu haqda EHM operatoriga xabar berib)ni ta‟minlaydigan vositalarga ega bo„lishi kerak. Real rejim vaqtida ishlayotganda so„rovlar ishlov olish uchun navbat kutib qolishlari mumkin, shu sababli OT bunday navbatlarni tashkil qilishi va belgilangan tartibga muvofiq ularga xizmat ko„rsatishi lozim. EHM yuki katta bo„lganda shunday vaziyat sodir bo„lishi mumkinki, bitta yoki bir nechta masala berilgan vaqt oralig„ida realizatsiya qilina olmaydi. Bu holda OT «avariyali masalalar» ustuvorliklarini dinamik o„zgartirish imkoniyatiga ega bo„lishi kerak. Bu masalalar yechilgandan so„ng ustuvorliklarning dastlabki qiymatlari qayta o„rnatiladi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling