Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Windows NT 

Tizim  kompyuter  tarmog„ida  ishlash  uchun  yaratilgan.  U  alohida  ishonchliligi  va 

himoyalanganligi bilan farqlanadi, lekin kunda qo„l ostida bo„lishi istalgan oddiy dasturaviy ta‟minot 

hozircha  uning  uchun  kam  ishlangan.  Shu  sababli  bu  tizim  tashkilotlarda,  masalan  banklarda 

qo„llanadi, uyda esa juda kam qo„llanadi.  

 

OS/2 

Bu  tizim  haqiqiy  ko„pmasalalilik  bilan  farqlanadi.  Unda  bir  necha  dastur  baravariga  va  shu 

bilan birga barqaror ishlashi mumkin. Boshqa tizimlar ham ko„p masalalilikka ega, lekin bunchalik 

to„liq  emas.  Agar  baravariga  bir  necha  dastur  ishga  tushirilgan  bo„lsa,  lekin  ular  navbati  bilan, 

faollashgani  sari  ishlasa,  bu  –  soxta  ko„pmasalalilikdir.  OS/2  operatsion  tizimi  ko„pincha  loyiha-




 

72 


konstruktorlik  tashkilotlarida  ishlatiladi.  Uyda  foydalanish  uchun  qo„llanmaydi,  chunki  dasturlari 

mo„l-ko„l emas.  

 

Windows 95 

Universal  tizim,  undan  uyda,  kichik  korxonalar  ofislarida  va  davlat  muassasalarida 

foydalanishadi.  Bu  tizim operatsion  tizimlarga  bo„lgan  ko„p  talablarni  qoniqtiradi,  lekin  doim  ham 

eng  yuqori  darajada  emas.  Universalligi,  do„stonaligi  va  dasturlar  bilan  to„yinganligiga  muntazam 

ravishda yetarli darajada himoyalanganligi va ishonchli emasligi bilan haq to„lanadi. 

 

Windows 98 

Bu Windows 95 tizimi rivojidagi navbatdagi qadam. Asosiy farqi – birinchidan ishonchliroq va 

barqarorroq,  ikkinchidan  esa  Internet  imkoniyatlaridan  kengroq  foydalanishga  mo„ljallangan. 

Masalan,  agar  Siz  Internetga  ulanishni  va  unda  ishlashni  istasangiz,  Siz  buni  birorta  qo„shimcha 

dastur o„rnatmasdan amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun zarur bo„lgan narsaning hammasi 

Windows 98 da bor. 

 

Windows 2000 

Bu  Windows  NT  tizimi  rivojidagi  navbatdagi  qadam.  Windows  NT  kabi  bu  tizim  kasbiy 

qo„llanishga, birinchi navbatda kompyuter tarmoqlarida qo„llanishga, mo„ljallangan. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling