Toshkent davlat texnika universiteti
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
Masalalarga multidasturaviy ishlov berish rejimi paydo bo„lishi bilan nisbatan oddiy
boshqaruvchi dasturlardan zamonaviy murakkab OTlarga sifatli sakrab o„tish ro„y beradi. Bu rejimni realizatsiya qilish hisoblash va informatsiyalar bilan almashish operatsiyalarini birga olib borish tufayli mumkin bo„ldi. Buning uchun o„rta va katta EHMga (markaziy protsessordan tashqari, u faqat hisoblash uchun mo„ljallangan) operativ xotira va tashqi qurilmalar orasida informatsiya almashtirish uchun mo„ljallangan bir necha maxsus protsessorlar (kanallar) kiritilishi kerak. Kanallar bir vaqtning o„zida va bir-biriga bog„liq bo„lmagan holda ishlashi mumkin. Multidasturlashning g„oyasi shundaki, zamonaviy EHMning operativ xotirasida baravariga bir necha masala bo„lib, ularga markaziy protsessor navbatma-navbat xizmat ko„rsatadi. Muayyan masalaga operativ xotira bilan tashqi qurilmalar orasida informatsiya almashinishi uchun zarur bo„lgan vaqtda protsessor boshqa masalalarga xizmat ko„rsatishga ulanadi. Hisoblash tizimining mutidasturaviy rejimda ishlashi operatsion tizim-boshqaruvchi dasturlarining favqulodda murakkab kompleksini talab qiladi. Zamonaviy operatsion tizimlarning juda murakkabligi hamma hisoblash resurslarini (markaziy protsessor, operativ xotira, tashqi qurilmalar va fayllar) bir vaqtda bajarilayotgan hamma masalalar orasida mumkin qadar ratsional taqsimlash zarurati bilan belgilanadi. Bunday masalalarni raqobatli bajarilayotgan deb atashadi, 71
chunki ulardan har biri boshqalari bilan hisoblash tizimining u yoki bu resursini egallash – uchun doim raqobatda bo„ladi. Hisoblash jarayonini to„g„ri rejalashtirish uchun operatsion tizim loyihalovchilariga turli uzilishlarga ishlov berishning ko„p sonli va murakkab modellarini yozish; masalalarga ularning ustuvorligiga yarasha xizmat ko„rsatish tartibini yaratish; operativ xotiraning band va bo„sh jabhalarini doimo nazorat qilish; raqobatchi masalalar orasida uni ratsional taqsimlash; tashqi tashuvchilardagi ma‟lumotlar to„plamlarini sanktsiyalanmagan kirishdan himoya qilish; masalalar orasida soni cheklangan tashqi qurilmalarni taqsimlash va h.k.larni hisobga olishga to„g„ri keladi. tabiiyki, natijada juda murakkab va beso„naqay operatsion tizim hosil bo„ladi, bu esa o„zlashtirish va ekspluatatsiya qilish qiyinligi; hisoblash resurslarining sezilarli qismini foydalanuvchi masalalarini yechish uchun emas, balki operatsion tizim talablarini qondirishga sarflash kabi salbiy taraflarni tug„diradi. Hamma resurslarni ratsional taqsimlash va hisoblash tizimining o„tkazuvchi qobiliyatini yashirishdan tashqari operatsion tizim foydalanuvchiga turli servis xizmatlari: kirish (доступ)ning standart metodlari, utilitlar, rostlash (отладка), teledostup vositalari va masala o„tishining hamma bosqichlarini batafsil diagnostika qilish, avariyali damplarni olish imkoniyati va sh.k.larni taqdim qiladi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling