Pasayuvchi va ko‘tariluvchi loyihalash. Agar yuqori ierarxik darajalardagi masalalarni
yechish pastroq ierarxik darajalardagi masalalarni yechishdan oldin kelsa, bunday loyihalash
pasayuvchi deb ataladi. Agar quyi ierarxik darajalar bilan bog„liq bo„lgan bosqichlar bilan bajarilsa,
bunday loyihalash ko‘tariluvchi deyiladi.
Loyihalashning ushbu ikki turining har birida ham o„zining afzalliklari va kamchiliklari
mavjud. Pasayuvchi loyihalashda tizim uning elementlari hali aniqlanmagan sharoitda ishlanadi,
ya‟ni uning imkoniyatlari va xossalari haqidagi ma‟lumot taxminiy tavsifga ega. Ko„tariluvchi
loyihalashda aksincha elementlar tizimdan oldin loyihalanadi, natijada elementlarga bo„lgan talablar
taxminiy tavsifga ega bo„ladi. Ikkala holda ham to„liq boshlang„ich informatsiya yo„qligi tufayli
optimal texnikaviy natijalarga erishishning potentsial imkoniyatidan chetga og„ish bo„ladi. Lekin
loyihalashga blokli-ierarxik yondoshuvda bunday og„ishliklarning bo„lishi muqarrar va murakkab
ob‟yektlarni loyihalashda blokli-ierarxik yondoshuvga boshqa muqobil yondoshuv mavjud emas.
Shu sababli, blokli-ierarxik loyihalash natijalarining optimalligini texnikaviy-iqtisodiy ko„rsatkichlar
(ular, xususan, o„z ichiga loyihalashga ketadigan moddiy va vaqt sarflarni oladi) nuqtai-nazaridan
ko„rish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |