Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Loyihalash  aspektlari.  Ierarxik  darajalarni  tug„diruvchi  ob‟yekt  xossalari  aks  ettirilishining 

mufassalligi  darajasi  bo„yicha  bayonlarni  ajratishdan  tashqari  turli  aspektlar  bo„yicha  bayonlar 

dekompozitsiyasidan  ham  foydalanishadi.  Funktsional,  konstruktorlik  va  texnologik  aspektlar  yirik 

aspektlarga kiradi. Ushbu aspektlarga taalluqli bayonnomalarni o„zgartirish yoki olish bilan bog„liq 

masalalarni yechish mos ravishda funktsional, konstruktorlik va texnologik loyihalash deb ataladi. 

F u n k t s i o n a l   a s p e k t   ob‟yektda ro„y beradigan fizikaviy va informatsion jarayonlarning 

xarakteri  va  ishlashining  asosiy  printsiplarini  aks  ettiradi  va  printsipial,  funktsional,  strukturaviy, 

kinematik sxemalarda va ularga ilova qilinadigan hujjatlarda o„z ifodasini topadi. 

K o n s t r u k t o r l i k   a s p e k t   funktsional  loyihalash  natijalarini  amalga  oshiradi,  ya‟ni 

ob‟yektlarning geometrik shakllarini va ularning fazoda o„zaro joylashishini ta‟minlaydi. 

T e x n o l o g i k   a s p e k t   konstruktorlik  loyihalash  natijalarini  amalga  oshirish  bilan,  ya‟ni 

ob‟yektlarni tayyorlash metodlari va vositalarini bayon qilish bilan bog„liq. 

Ob‟yekt xossalarini differentsiyalabroq (tabaqalashtiribroq), ya‟ni undan bir qator nimtizimlar 

va  shunga  mos  aspektlar  sonini  ajratib  bayon  qilish  mumkin.  Masalan,  funktsional  aspektni  bayon 

qilinayotgan hodisalarning fizikaviy asoslariga ko„ra elektrik, mexanik, gidravlik, kimyoviy va sh.k. 

aspektlarga  bo„lish  mumkin.  Bunda  elektromexanik  tizim  bayonida  elektrik  va  mexanik 

nimtizimlarning  bayonlari,  yadroviy  reaktor  bayonlarida  –  gazodinamik,  issiqlik,  fizika-neyronli 

nimtizimlarning, optika – elektron pribori bayonlarida – elektrik va optik nimtizimlarning bayonlari 

paydo bo„ladi. 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling