Toshkent davlat texnika universiteti
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
EHM klassifikatsiyasi. EHMni uning har xil belgilari bo„yicha klassifikatsiya qilish mumkin.
Hozirgi paytda hamma EHMlar foydalanilayotgan protsessorlarning turi bo„yicha klassifikatsiya qilinadi, vaholanki EHM tez ishlashiga uning deyarli hamma komponentlari ta‟sir qiladi. Hozirgi paytda yettinchi avlodga taalluqli protsessorlardan foydalanilmoqda. Ularga, hozirgi paytda eskirgan protsessorlar Intel Pentium MMX, Intel Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium
ko„rilmoqda: · boshlang„ich darajadagi tizimlar (Intel Pentium MMX); · unumdor tizimlar (Intel Pentium II, Intel Pentium III, Intel Pentium IV); · korporativ qo„llanadigan tizimlar (Intel Pentium Prо).
Hozirgi paytda boshlang„ich darajadagi tizimlar – Celeron protsessorlari, unumdor tizimlar – Intel Pentium II, Intel Pentium III yoki Intel Pentium IV protsessorlari, korporativ tizimlar – Xeon protsessorlari bilan komplektlanmoqda.
32
Ushbu qo„llanma yozilayotgan paytda Intel Itanium va Intel Itanium 2 hamda AMD Opteron – sakkizinchi avlod protsessorlari paydo bo„ldi. Bu – IBM PC uchun birinchi 64 razryadli protsessordir. Celeron protsessorlari faqat boshlang„ich darajadagi tizimlarga taalluqli bo„lishi mumkinligini e‟tiborga olib bo„lmaydi, EHMlarning boshqa kategoriyalari haqida ham shunday gapirib bo„lmaydi, chunki texnologik jarayon rivojlanmoqda. Masalan, 0,13 mikronli texnologiya asosidagi protsessorlarni chiqarish bo„yicha Intel Amerika kompaniyasining rejalari tobora ortmoqda. Ushbu texnologiya bo„yicha tayyorlangan 1,90 GGts taktaviy chastotali Celeron 256 Kbayt hajmli ikkinchi darajali kesh bilan jihozlangan birinchi Celeron protsessori bo„ladi. Bundan tashqari, AMD kompaniyasi o„zining Athlon va Opteron protsessorlari bilan protsessorlarni ishlab chiqarishda Intel kompaniyasiga kuchli raqobat qilmoqda.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling