Toshkent davlat texnika universiteti


EHM apparat vositalari va tizimlari


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

5.3. EHM apparat vositalari va tizimlari 

EHM  apparat  vositalarining  hammasi  ikki  guruh:  markaziy  va  periferiyali  qurilmalarga 

bo„linadi. 

Ma‟lumotlarga bevosita ishlov beradigan markaziy qurilmalarga markaziy protsessor, operativ 

xotirada saqlovchi qurilma (OXQ) va kiritish-chiqarish protsessori (KChP) kiradi. 



 

33 


Periferiyali  qurilmalarga  kiritish,  chiqarish,  ma‟lumotlarni  tayyorlash  va  katta  hajmdagi 

informatsiyalarni  saqlash  funktsiyalarini  bajaruvchi  qurilmalar  kiradi.  Hamma  periferiyali  qurilma 

(PQ)larga umumiy bo„lgan narsa – ular ma‟lumotlar mazmunini saqlagan holda ularning ifodalanish 

shaklini bir ko„rinishdan boshqachaga o„zgartiradi. 



Markaziy protsessor bajarilayotgan dastur, hisoblash jarayonini boshqarish va protsessor bilan 

birga ishlayotgan qurilmalarga muvofiq ravishda informatsiyani qayta o„zgartirishga mo„ljallangan. 



Operativ  xotirada  saqlovchi  qurilma  ma‟lumotlarni  va  dasturlarni  saqlash,  qabul  qilish  va 

chiqarish vazifalarini bajaradi. 



Kiritish-chiqarish  protsessorlari  (kanallar)  markaziy  protsessor  ishtirokisiz  OXQ  va  PQ 

orasida  informatsiya  almashinuvini  boshqarish,  OXQ  va  PQ  ishi  tezliklarini  muvofiqlashtirish, 

kiritish-chiqarishni  dasturlashni  unifikatsiyalash  va  yangi  PQlarni  ulash  imkonini  ta‟minlash  uchun 

mo„ljallangan. Kiritish-chiqarish kanallari bilan interfeys tushunchasi bog„liq; interfeys – bu jihozlar 

majmuidir;  ular  yordamida  kiritish-chiqarish  kanallari  PQlarini  boshqarish  qurilmalari  bilan  hamda 

kanal  va  PQ  orasida  ma‟lumotlarni  uzatish  tartibini  aniqlovchi  unifikatsiyalashgan  algoritmlar  va 

signallar bog„lanishi amalga oshiriladi. 

Bir  nechta  PQning  bir  vaqtda  ishlashi  shu  bilan  ta‟minlanadiki,  ularning  ish  tezligi  odatda 

kanal  ish  tezligidan  past  va  kanal  bir  nechta  PQ  orasida  kanal  umumiy  vositalaridan  foydalanish 

vaqtini taqsimlab (multiplekatsiyalab) bir necha PQ bilan almashuvni amalga oshiradi. 

Ma‟lumotlarni  almashinish  jarayonini  boshqarish  funktsiyalari  kanal  va  PQ  boshqarish 

qurilmasi  (PU  kontrolleri)  orasida  taqsimlanadi:  hamma  PQ  uchun  umumiy  bo„lgan  funktsiyalar 

kanalda, ushbu PQ uchun maxsus funktsiyalar kontrollerda realizatsiya qilinadi. 

ALT TVKida foydalaniladigan qurilmalarini bir necha guruhlarga ajratish mumkin: 

1) 

katta hajmli informatsiyalarni saqlash, har xil ma‟lumotnoma tavsifidagi informatsiyani, 



namunaviy  loyihaviy  yechimlar  va  sh.k.  o„z  ichiga  olgan  ma‟lumotlar  bazasini  (MB) tashkil  qilish 

uchun mo„ljallangan tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar

2) kiritish-chiqarish va alfavitli-raqamli informatsiyani hujjatlashtirish qurilmalari; ular 

perfo-tashuvchilardan  informatsiyani  kiritish-chiqarishni  va  turli  tashuvchilarda  olingan  loyihaviy 

yechimlarni hujjatlashtirishni amalga oshiradilar; 

3)  EHM  bilan  operativ  aloqa  qurilmalari;  ular  muhandisga  istalgan  ixtiyoriy  vaqtda  unga 

qulay bo„lgan usulda ALT bilan muloqotda bo„lish imkonini beradi (odatda bular – turli displeylar va 

nutqiy kiritish-chiqarish qurilmalari); 

4)  mashina  grafikasi  qurilmalari;  ular  grafik  shaklda  foydalangan  informatsiyani  kiritish-

chiqarish va hujjatlashtirish uchun mo„ljallangan; 

5) teledostup va EHM tarmoqlarini tashkil  qiluvchi texnikaviy vositalar; ular EHM bilan 

masofadagi  ALT  foydalanuvchilari  orasida,  loyihalash  tarmog„i  tashkil  qilinganda  ALT  TVKiga 

kiruvchi  hamma  EHMlar  orasida  va  ALT  TVKsi  va  hisoblash  tarmog„i  orasida  aloqani  amalga 

oshiradi; 

6) texnologik jihoz bilan aloqa qurilmalari; ular oraliq tashuvchilarni chetlab, loyihalangan 

ob‟yektlar haqidagi ma‟lumotlarni bevosita avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlariga, raqamli 

dasturaviy  boshqariladigan  dastgohlarga  va  boshqa  shunga  o„xshash  jihozlarga  uzatish  imkonini 

beradi; 


7)  ma’lumotlarni  tayyorlash  qurilmalari;  ular  EHM  ishtirokisiz,  avtonom  ravishda  turli 

tashuvchilarga ma‟lumotlar va dasturlarni tayyorlash uchun mo„ljallangan. Ma‟lumotlarni tayyorlash 

qurilmalari  boshqa  periferiya  qurilmalari  orasida  alohida  o„rin  egallaydi,  chunki  EHM  bilan  elektr 

yordamida bog„langan va undan istalgancha uzoqlikda joylashishi mumkin. 

Dasturni  bajarishda  protsessor  OXQdan  navbatdagi  komandani  tanlab  oladi  va  bu  komanda 

bo„yicha  qanday  amallar  bajarilishi  kerakligini  aniqlaydi,  talab  qilingan  amallarni  bajaradi  va  shu 

vaqtning o„zida OXQdan keyingi komandani tanlab oladi, olingan natijani OXQga jo„natadi va butun 

sikl  boshidan  takrorlanadi.  Shunday  qilib,  protsessor  va  OXQ  doimo  o„zaro  muloqotda  bo„lib 

istalgan  dasturni  bajarishadi,  kerak  bo„lganda  TSga  kiritsh-chiqarish  kanallari  yordamida  murojaat 

qiladi. 



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling