Toshkent davlat texnika universiteti
– Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar va iboralar
- 6.1. Xotirada saqlovchi qurilma (XQ)
6 – Ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalashning texnikaviy vositalari
Xotirada saqlovchi qurilmalar
1. Xotirada saqlovchi qurilma 2. Kesh-xotira 3. Operativ xotira 4. Operativ xotira ildamligi
Sig„im, ildamlilik, informatsiyani saqlashning solishtirma narxi, o„ta operativ xotira, operativ xotira, tashqi xotira, kesh-xotira, fizik operativ xotira, virtual operativ xotira, operativ xotira ildamligi.
Xotira nimtizimining xarakteristikalari va strukturasi ham EHM unumdorligiga katta ta‟sir qiladi; ular xotirada saqlovchi qurilmalar majmuida realizatsiya qilinadi. XQlarining asosiy parametrlariga sig„im, ildamlik ( быстродействие) va informatsiyani saqlashning solishtirma narxi kiradi.
va h.k.larda ifodalanadi). XQ ildamligi informatsiyani yozish va o„qishga sarflanadigan vaqtni tavsiflaydi. XQ ildamliligini baholash uchun informatsiyani yozish va o„qish jarayonlarining turli vaqt nisbatlaridan foydalanishadi. Masalan, tanlash ( выборка) vaqti t выб
– XQga ma‟lumotlarni o„qishga so„rov kelganidan to XQ chiquvchi shinalarida informatsiya paydo bo„lgunicha ketadigan vaqt; sikl vaqti t ц
– XQga ikki ketma-ket murojaatlar orasidagi eng qisqa vaqt. Informatsiyani saqlashning solishtirma narxi – bir birlik informatsiyani saqlash narxi, u kapital va ekspluatatsion xarajatlarni hisobga oladi. XQni har xil belgilar bo„yicha klassifikatsiya qilish mumkin. E H M x o t i r a s i n i n g u m u m i y s t r u k t u r a s i d a b a j a r i l a d i g a n f u n k t s i y a l a r b o „ y i c h a xotiraning uch darajasini ajratishadi (mos ravishda XQning uch turi): - o‘ta operativ xotira (O„OXQ); - operativ xotira (OXQ); - tashqi xotira (TXQ). EHM xotirasini bir necha ierarxik darajalarga bunday bo„linishi bir darajali XQlarida qator qarama-qarshi talablarni qoniqtirish imkoni bo„lmaganligi bilan tushuntiriladi: xotiraning katta sig„imi, yuqori ildamlik, informatsiyani saqlash solishtirma narxining pastligi va gabarit o„lchamlarining kichikligi. TXQ eng katta sig„imga ega, o„ta operativ O„OXQ eng yuqori ildamlik bilan tavsiflanadi. O„OXQ sifatida ko„pincha kesh-xotiradan foydalanishadi; unda asosiy OXQdan eng ko„p foydalanadigan komanda va ma‟lumotlarning nusxalari saqlanadi. Kesh-xotira ichidagi narsalarni shakllantirish dastur ishtirokisiz apparat vositalari bilan amalga oshadi; ular OXQga murojaat qilib, amalda ko„p hollarda kesh-xotiradan tanlab olingan informatsiya bilan ishlanadi. X o t i r a d a s a q l a y d i g a n e l e m e n t l a r ( X E ) l a r n i n g i s h l a s h p r i n t s i p i b o „ y i c h a XQlari yarimo‘tkazgichli, qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi XE magnitli, optik va boshqalar. Hozirgi paytda O„OXQ va OXQlar uchun asosan yarimo„tkazgichli XQlaridan, TXQlar uchun qo„zg„aluvchi XEli magnitli XQlaridan foydalanilmoqda. X Q g a m u r o j a a t q i l i n a y o t g a n o p e r a t s i y a l a r t a r k i b i b o „ y i c h a
- dasturlanadigan; ularda informatsiyani faqat bir marta yozish mumkin; - qayta dasturlanadigan; ularda kichik tezlikda bo„lsa ham informatsiyani bir necha marta qayta yozish mumkin 47
I n f o r m a t s i y a g a k i r i s h ( д о с т у п ) n i t a s h k i l q i l i s h b o „ y i c h a ixtiyoriy (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va ketma-ket kiradigan XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQlarni farqlashadi. Ixtiyoriy kiriladigan XQlarda [O„OXQ, OXQ va magnit disklarida to„plovchilar (MDT)] informatsiyani qidirish vaqti informatsiya joylashishiga bog„liq emas yoki juda kam bog„liq bo„ladi. Ketma-ket kiriladigan XQlari uchun informatsiyani qidirish vaqti informatsiyaning tashuvchida joylashishi bilan aniqlanadi, masalan, magnit lentasida to„plovchilarda (MLT). XQga murojaat qilinganda baravariga ikkilangan razryadlarning ma‟lum miqdori o„qiladi; bu tanlab olish kengligi deb ataladi. I n f o r m a t s i y a n i j o y l a s h t i r i s h v a q i d i r i s h u s u l i b o „ y i c h a XQni adresli [XQda saqlanayotgan informatsiyaning har bir birligiga (bayt yoki so„z) qandaydir kod mos keladi; bu kod xotirada informatsiya joylashishini aniq (bir ma‟noda) aniqlaydi] va adressiz (bunda informatsiya adresi bo„yicha emas, balki boshqa belgilari bo„yicha qidiriladi)ga bo„lishadi. Adressiz XQlari orasida ularning uch turi keng tarqalgan: 1) stek (stekli xotira), unda informatsiya xotiraning bir o„lchovli zonasidagi bittagina yacheykasi (steka cho„qqisi) orqali yoziladi va o„qiladi. So„z yozilib yoki o„qilib borilgani sari stek ichidagi bor narsa surilib boradi. Stekda informatsiyani o„qish: «oxirgi yozilgan so‘z birinchi bo‘lib
holatini eslab qolish uchun stekdan keng foydalanish imkonini beradi; 2) magazinli xotira – bu ham bir o„lchovli xotira; unda yozuv doim boshlang„ich yacheykada yoziladi, o„qish esa – oxirgi to„ldirilgan yacheykadan boshlanadi. Unda o„qishda: «birinchi yozilgan so‘z birinchi o‘qiladi» printsipi amalga oshadi; 3) assotsiativ xotira; unda informatsiyani qidirish xotiraning hamma yacheykalarida unda bor narsa (assotsiativ belgi) bo„yicha baravariga amalga oshadi. Bu ba‟zi hollarda ma‟lumotlarni qidirish va ularga ishlov berishni sezilarli tezlashtirdi.
Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling