Chastotaning ichki kuchaytirish koeffitsienti
Protsessor kristalli ichida signallar juda katta chastotada aloqada bo„la olmaydi. Shuning uchun
kompyuterning onalik platasi bir chastotada, protsessor esa boshqa, ancha yuqori, chastotada
ishlaydi. Bugungi kunda onalik platasining tipik chastotalari 66, 100 va 133 MGts. Ushbu chastotani
protsessor onalik platasidan oladi va «tayanch chastota» sifatida foydalanadi, o„zining ichida esa u bu
chastotani ma‟lum koeffitsientga ko„paytiradi va ichki chastota hosil bo„ladi. Masalan, Celeron 1800
protsessori 100 MGts chastotada ishlashga hisoblangan onalik platasi bilan ishlashga mo„ljallangan
va 18 ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega; Celeron 2100 esa, mos ravishda, 21
ga teng chastotaning ichki ko„paytirish koeffitsientiga ega.
Savollar
1. EHMning asosiy texnikaviy parametrlarini bayon qiling.
2. EHMning apparat vositalari haqida aytib bering.
3. Protsessorning texnikaviy xarakteristikalarini hisobga olgan holda uning optimal modelini
tanlang.
4. Intel protsessorlarini tahlil qiling.
5. Protsessor chastotasi ortishining tizimning summar unumdorligiga ta‟sirini tahlil qiling.
6. Protsessor ishlashi printsipini va chastotani ichki ko„paytirish printsipini bayon qiling.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |