Toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Grafikaviy tezlatgichlar 

Zamonaviy  videokarta  – o„z xotirasida ekran obrazini saqlaydigan  va monitor uchun signalni 

shakllantiradigan oddiy qurilma emas. Hozirgi paytda bu o„zining mikroprotsessorlariga ega bo„lgan 

miniatyuradagi kompyuter bo„lib, o„zi hisoblarni bajarish va ekranda nima va qanday qurilayotganini 

boshqarish qobiliyatiga ega. Videokartalarning hisoblarni va tasvirlarni qurish qobiliyatini apparatli 

videotezlanish  deb  ataladi  (agar  videokartada  bunday  qobiliyat  bo„lmasa,  yuk  asosiy  protsessorga 

tushadi  va  bu  holda  dasturaviy  videotezlanish  haqida  gapirishadi).  Zamonaviy  kompyuter  o„yinlari 

uchun videoadapterda tezlanish funktsiyalarining bo„lishi zarur. 

Videokarta  qandaydir  hisoblarni  bajara  olishi  uchun  u  berilgan  algoritmlar  bo„yicha  ishlashi 

kerak. Nozik joyi shundaki, dastur tuzayotgan dasturchilar bu algoritmlar haqida oldindan bilishlari 

lozim.  Bundan  besh  yil  oldin  sharoit  bunday  edi  –  videokartalarni  ishlovchilar  ularga  tezlatuvchi 

funktsiyalar kiritishar, lekin foydalanilishi mumkin bo„lgan dasturlar yo„q edi, ular umuman mavjud 

emas  edilar.  Bunday  hollarda  odatda  videokartaga  alohida  diskda  qandaydir  bittagina  o„yin  ilova 

qilinar  edi,  unga  qaraganda  sotib  oluvchi  qoyil  qolardi, lekin  qolgan  boshqa  hamma  dasturlar  bilan 

videokarta  oddiydek  ishlar  edi.  Videotezlanishni  optimallashtirish  atamasi  shunday  paydo  bo„ldi. 

Bunday  hollarda  ushbu  dastur  ushbu  videokarta  uchun  optimallashgan  yoki,  aksincha,  videokarta 

ushbu  dastur  uchun  optimallashgan  deyishardi;  bunda  videokartani  yaratuvchilar  va  dasturni 

yaratuvchilar hamkorlikda ishlagan bo„lardilar. 

Bunday  tezlatkichdan  foydalanuvchiga  manfaat  kam,  chunki  hech  kim  faqat  bittayu-bitta 

dastur bilan ishlayvermaydi, ayniqsa bu o„yin bo„lsa. U tez me‟daga tegadi. Shunda videokartalarni 

ishlab chiquvchilar shunday dasturni topishga qaror qilishdiki, u bilan ko„p foydalanuvchilar ishlay 

olsin va o„zlarining videotezlatkichlari unga nisbatan optimallashsin. Ko„p qidirishga to„g„ri kelmadi, 

yechimi  topildi,  bu  –  Windowsdir.  Uning  darchalari  va  darchalarining  elementlari  o„n  millionlab 

kompyuterlar  uchun  tamoman  bir  xil.  Windows  standart  elementlari  tasvirini  tezlatish  imkonini 

beradigan  videokartalar  2D-tezlatkichlar  (ikki  o„lchamli,  tekis  grafika  tezlatkichlari)  nomini  oldi. 

2D-tezlatkichlari  haqiqatda  operatsion  tizim  va  uning  ilovalari  bilan  ishlashni  tezlatdi.  Windows 

darchalari ramkalariga sig„magan (joylasha olmagan) narsalarning hammasi (birinchi navbatda ular 

multimedia dasturlari va kompyuter o„yinlari edi) uch o„lchamli (3D) grafika jabhasiga o„tkazildi.  

3D-tezlatkich  ko„p  miqdordagi  mayda  zarrachalardan  tasvirni  yasaydi,  ularning  bir-biri  bilan 

o„zaro  ta‟sirini,  bir-birini  qanday  to„sishini  anislaydi,  so„ngra  ularni  bo„yaydi  yoki  tayyorlab 

so„yilgan  tekstura  (tuzilma)  bilan  to„ldiradi.  Tabiiyki,  bularning  hammasini  har  xil  algoritmlar 

yordamida  bajarish  mumkin.  Shuning  uchun  bu  jabhada  uzoq  vaqt  yagona  standartlar  bo„lmadi  va 

dasturlarni  hamda  videokartalarni  ishlab  chiqaruvchilar  «klan»larga  ajralib  ketishdi.  Standartlar 

paydo  bo„lganda  esa,  ular  orasida  kurash  boshlanib  ketdi.  Kompyuter    texnikasida  «standartlar 

kurashi» bilan tez-tez uchrashishga to„g„ri keladi. Mahsulotni sotib olish paytida qaysi standart yutib 

chiqishini topa bilsak, bu uning uzos vaqt va ajoyib ishlashini ta‟minlaydi. Agar topa olmasak, yaqin 

kelajakda sotuvda paydo bo„ladigan kompyuter  o„yinlari va boshqa dasturlar bizning kompyuterda 

ishlamaydi (agar ishlasa ham juda sekin ishlaydi), chunki bizning jihozlarimiz ishlab chiqaruvchilar 

nazarda tutgan qandaydir funktsiyalarni bajarmaydi. 

3D-grafika  jabhaqida  standartlarni  kutubxona  (библиотека)lar  deb  atashdi.  Bu  atama 

dasturchilardan  keldi.  O„zlarining  mikrodasturlarini  (ulardan  dastur  yig„ishadi)  ular  bu 

mikrodasturlarni  kutubxonalarga  biriktirish  yo„li  bilan  standartlashtiradilar.  Agar  videotezlatkich 

XYZ  firmasining standart grafikaviy kutubxonasi bilan ishlash uchun optimallashtirilgan bo„lsa, bu 

firmaning hamma dasturlari tezlanish funktsiyalaridan foydalanishadi.                                                      

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling