Toshkent davlat texnika universiteti


Mashina grafikasining elektromexanik qurilmalari


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

8.2. Mashina grafikasining elektromexanik qurilmalari 

Konstruktorlik  loyihalash  bosqichida  ob‟yekt  haqidagi  informatsiya  grafikaviy  shaklda 

ifodalanadi,  loyihalash  jarayoni  esa  buyumni  tayyorlash,  nazorat  qilish  va  ekspluatatsiyasini 

ta‟minlovchi konstruktorlik hujjatlari komplektini chiqarish bilan tugaydi. Konstruktorlik hujjatlariga 

gabarit,  yig„ma  hamda  detallarning  chizmalari  va  jadvallar,  sxemalar,  spetsifikatsiyalar  kiradi. 

Standart detallaridan va tayyor buyumlarni  qo„llash kataloglar va ma‟lumotnomaviy adabiyotlardan 

foydalanishni  taqozo  qiladi.  Konstruktor  mehnati  asosan  u  yoki  bu  texnikaviy  qarorlarni  qabul 

qilishga  emas,  balki  konstruktorlik  hujjatlarni  tayyorlashga  sarflanadi.  Ushbu  jarayonni 

avtomatlashtirish  loyihalash  muddatini  sezilarli  qisqartiradi  va  chizmalarni  qo„lda  chizishda  sodir 

bo„ladigan xatolar sonini kamaytiradi. 

Konstruktorlik loyihalashni avtomatlashtirish uchun grafik informatsiyani o„zgartirish (kodlash 

va kodni ochish) talab qilinadi, chunki EHM informatsiyadan raqam shaklida foydalanadi. 

Mashina grafikasi qurilmalariga EHMga grafikaviy informatsiyani kiritish va chiqarish uchun 

mo„ljallangan,  informatsiyaning  shaklini  avtomatik  o„zgartiradigan  vositalar  kiradi.  Mashina 

grafikasining  asosiy  qurilmalariga  chizma  avtomatlar  (ChA)  va  grafikaviy  informatsiyani 

kodlovchilar kiradi. 

 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling