Operatsion tizim nima uchun kerak va operatsion tizim nima?
Faraz qiling, hashamatli besh yulduzli otel xolliga kirmoqdasiz. Shveytsar tavozelik bilan
eshikni ochadi, ichkarida og„ir chamadonlaringizni qo„lingizdan olish uchun tayyor turgan yuk
tashuvchining gavdasi ko„rinadi, sizni ko„rib peshtaxta yonidagi portening esa yuzida tabassum
paydo bo„ldi – u sizga intizor edi. Sizga hech nima to„g„risida so„rashga hojat yo„q – siz uchun
xizmat ko„rsatish tizimi ishlaydi. Siz soatingizni mahalliy vaqtga o„tkazmoqchisiz – bir imo-ishora
yetarlidir.
Yaxshi tizim nafaqat xohishingizni bajarishga, balki xatoingizni to„g„rilashga ham tayyor.
Oltinchi qavatdagi nomer kalitini oling va chamadonlar bilan zinadan yuqoriga yurib ko„ring.
Xotirjam bo„ling – uzoqqa bormaysiz. Sizga yetib olishadi, qo„lingizdan chamadonlarni olishadi,
liftga kuzatishadi, nomeringizga olib borib qo„yishadi va yaxshi dam olishingizni tilashadi.
Kompyuterning operatsion tizimi shunga o„xshash ishlaydi. Bu – katta va kichik dasturlarning
uyg„unlashgan orkestridir. Biri sizning istagingizni topishga harakat qiladi, ikkinchisi sizning
buyruqlaringizni bajaradi, uchinchisi esa siz xatoga yo„l qo„ymasligingiz uchun sizni kuzatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |