Toshkent Davlat Transport Universiteti “ ‘’Ko’priklar va tonnellar’’ kafedrasi Ishlab chiqarish amaliyoti hisoboti
Kirish 1. Korxonaning tashkiliy tuzilishi texnik qurollanganligi , foaliyatining asosiy turlari va ishlab chiqarish ko’rsatgichlarini o’rganish
Download 4 Mb.
|
Bahronov M.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Qoyliq kopriklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi" unitar korxonasining funksional vazifalari
- 2. Zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan holda yangi ko’priklarni loyihalash, yo’l qurilish ishlariga raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish.
Kirish
1. Korxonaning tashkiliy tuzilishi texnik qurollanganligi , foaliyatining asosiy turlari va ishlab chiqarish ko’rsatgichlarini o’rganish. "Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi" - yuqori darajadagi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod bo'lib, o'z ichiga zamonaviy avtotexnika va texnologiyalar, mahsulot sifatini nazorat qiluvchi laboratoriyalarni qamrab oladi! "Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi" unitar korxonasining funksional vazifalari yo'l qurilish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo'llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish; temir-beton, tovar-beton va noruda mahsulotlarini hamda metal qurilmalar va mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish; avtotransport, temir yo'l transporti va boshqa transport vositalari bilan yuk tashish xizmatlarini ko'rsatish; o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o'zaro tuzilgan shartnomalar asosida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona, tashkilotlarga va fuqarolarga realizatsiya qilish; ishlab chikarishga ilg'or tajriba, yangi texnika, texnologiya va samarali yo'l-kurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish soxasidagi ilg'or tajribalarni tadbiq etish; ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaqi to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va o'z-o'zini boshqarish masalalarini mustaqil hal qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish; issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish; temir yo'l xizmatlarini, shu jumladan temir yo'l yuk hovlisi xizmatlarini ko'rsatish; avtomobil transportida yo'lovchi tashish; noruda mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash va sotish; o'zaro pudrat shartnomalari bo'yicha boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ish bajarish, xizmatlar ko'rsatish; Korxona ishlab chikarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy xayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish; ulgurji, chakana savdo; turli sohalarda xaq evaziga xizmat ko'rsatish; foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish. 2. Zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan holda yangi ko’priklarni loyihalash, yo’l qurilish ishlariga raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish. Ko‘prikning konstruktiv sxemasini loyihalashda uning bosh o‘lchamlarini belgilash, oraliq qurilmalarning eng maqbul uzunliklarini asoslash, zamin va tayanchlarning, oraliq qurilmalar sistemalarining, tayanchlar va oraliq qurilmalar materiallarining eng ratsional turlarini tanlab olish kompleks muxandislik masalasidir. Ushbu masalani to‘g‘ri echish inshootning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga va, asosan, ko‘prik qurilish narxiga, uning ishonchliligiga, uni ekspluatatsiya qilish qulayligiga va tashqi ko‘rinishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘prik konstruksiyasining eng ratsional variantini ishlab chiqish va taqqoslash, eng maqsadga muvofiq yechimni topish ishlari quyidagi bosqichlar bo‘yicha olib boriladi: a) avvalo mahalliy shartlar va talablar (geologik, gidrologik, kema qatnovi, ishlab chiqarish va boshq.) bo‘yicha umumiy baholash amalga oshiriladi. Mahalliy shartlarni baholash va ularning tahlili konstruksiyalashning asosiy masalalari (kema qatnovi bo‘lgan va bo‘lmagan oraliqlar tayanchlarining zamini turlarini, poydevorlar konstruksiyalarini, ko‘prikning o‘zan va qayir qismlari oraliq qurilmalari tizimlarini, ko‘prikning ko‘tarmalar bilan birlashadigan tayanchlari konstruksiyalarini tanlab olish) bo‘yicha umumiy qarorlar qabul qilish uchun lozim bo‘ladi. b) ko‘prikning variantlari ishlab chiqiladi va uning bosh o‘lchaamlari aniqlanadi. Oraliq qurilmalar va tayanchlarning berilgan shartlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan turlari aniqlab bo‘lingandan so‘ng ko‘prik konstruksiyasi variantlari tuziladi va ularning har bir oraliq qurilmalari va tayanchlarining taxminiy bosh o‘lchamlari (oraliqlar, to‘sinlar yoki arkalar balandligi, tayanchlar va ularning ustqurilmalari kengligi va boshq.) belgilanadi. Bunda variantlarning umumiy sxemalari, oraliqlarga bo‘lish, oraliq qurilmalarning ko‘ndalang kesimlari, konstruksiyalarning (to‘sinlar, fermalar, tayanchlar va boshq.) bo‘yicha qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Ko‘prik variantlarining konstruktiv sxemalarini tuzishda oraliq qurilmalar va tayanchlarning tipovoy konstruksiyalari keng qo‘llaniladi, ayrim, asoslangan hollarda esa individual qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. v) ko‘prik variantlari baholanadi va ular o‘zaro taqqoslanadi. Bunda har bir variantning iqtisodiy samaraliligi ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va mahalliy sharoitlarga mos kelishi bilan baholanadi. Hozirgi paytda variantlar quyidagi asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanadi: 1) narhi bo‘yicha – bunda ko‘priklarni qurishning sermehnatliligi va qurilish muddati, hamda ularni ekspluatatsiya qilishdagi narhlarining farqi ham hisobga olinadi; 2) ko‘priklarni qurishning sermehnatliligi bo‘yicha, ya’ni inshootni qurish uchun kerak bo‘lgan ishchi-kunlarining umumiy soni taqqoslanadi; 3) qurilish muddati bo‘yicha. Bundan tashqari, variantlarni taqqoslash paytida quyidagi omillar (faktorlar) ham inobatga olinadi: beton va temirbetonning hajmi; asosiy va yordamchi konstruksiyalardagi metall og‘irligi; ko‘prikni qurishning soddaligi yoki murakkabligi; inshootning tashqi ko‘rinishi (shahar sharoitlarida asosiy faktor sifatida qaralishi mumkin); Eskiz loyihalashda ko‘prik variantlari yuqorida ko‘rsatilgan uch ko‘rsatkich va ko‘prikning asosiy konstruksiyalari uchun kerak bo‘ladigan qurilish materiallarining sarfi bo‘yicha o‘zaro taqqoslanadi. Ko‘prikning asosiy variantini tanlab olish texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va talablarning (iqtisodiy, konstruktiv, ishlab chiqarish, ekspluatatsion va arxitekturaviy) umumiy jamlanmasiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘prik inshootlarining konstruktiv sxemalari ko‘prik o‘tuvi joyini xarakterlaydigan quyidagi mahalliy shartlardan kelib chiqib belgilanadi: inshoot o‘qi bo‘yicha bo‘ylama profil; geologik qirqim; gidrologik ma’lumotlar; ko‘prikning sof oralig‘i (gidravlik hisoblar asosida aniqlanadi, ko‘prik variantlarini ishlab chiqish bosqichida, odatda, berilgan bo‘ladi); ko‘prik osti gabaritlarining talab qilingan o‘lchamlari; ko‘prik qatnov qismi gabariti va trotuarlar kengligi; qatnov qismi sathlari. Alohida olingan mahalliy shartlarni baholash ko‘prikni konstruksiyalash bo‘yicha umumiy hulosalar qilishga imkon yaratadi. Temir-beton mahsulotlarni transportda tashish quyidagicha amalga oshirilishi kerak. Misol uchun yo‘l uchun temir-beton novlar. novlarni temir yo‘llar bo‘ylab transportda tashishda ortish va qotirish qoidalariga amal qilgan holda; avtomobil transportida novlar ostki qatorining tagiga 50 mm qalinlikdagi taxta tagliklarda transport vositalarining yuk ko‘taruvchanligiga muvofiq. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchida novlarni saqlash GOST 13015 va mazkur davlat standarti talablariga muvofiq, novlarni montaj qilish vaqtida but saqlanishini ta’minlovchi, qalinligi 50 mm bo‘lgan yog‘och tagliklarda amalga oshirilishi kerak. Qattiq qoplamali yoki zich tabiiy asosli maydon asos bo‘lishi kerak. Novlarni quyidagi rasmga muvofiq markalar bo‘yicha saralangan gorizontal qator bilan shtabellarda saqlash kerak: LK turdagi novlar balandligi bo‘yicha 5 qatordan; LP turdagi novlar balandligi bo‘yicha 6 qatordan; Ortish-tushirish jarayonlari GOST 12.03.009 ga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ortish-tushirish operatsiyalarida novlar sinishini oldini olish uchun arqon tarmoqlari orasidagi burchak 90 ° dan oshmasligi kerak. Ortish-tushirish jarayonlarida novlarni ko‘tarish, tushirish va ko‘chirish ravon, siltashlarsiz amalga oshirish kerak: novlarda 4 ta osish uchun ilmoqlar mavjudligida 4 tarmoqli osish bilan; xavfsizlik texnikasini ta’minlash va deformatsiyadan saqlash, novlarda beton sinishini oldini olishda 2 osish uchun ilmoqlar mavjudligida 2 ta tarmoqli osish bilan. Novlarni bitta ilmog‘idan tortib tashishga va novlarni tashlab yuborish bilan yukni tushirishni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling