Toshkent davlat transport universiteti Avtomatika va telemexanika


Download 0.7 Mb.
bet1/4
Sana11.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1189671
  1   2   3   4
Bog'liq
ОПИСАНИЯ0




Toshkent davlat transport universiteti


" Avtomatika va telemexanika "
kafedrasi

“ Stansiyadagi harakatni avtomatik boshqarish tizimlari ” fanidan


Kurs ishi

Mavzu: “ Stansiyani BMRM tizimida loyihalash


Bajardi : MAB-1 guruh magistranti


Qudratov Javohir
Qabul qildi: Boltayev Sunnatillo


Toshkent – 2021

Mundarija




Kirish

4

1

Stansiyani signallashtirish va stansiyaning bir ipli rejasi

5

2


Stansiyaning ikki ipli rejasi

8

3

Funksional sxema.

11

4

Marshrutning boshlanishi, yo'nalishi va turini belgilash sxemalari

15

5

Ijro etuvchi va terish bloklari prinsipial sxemasi

17




Xulosa

22




Foydalanilgan adabiyotlar.

23

Kirish.

Zamonaviy temir yo‘l transportining ishi o‘ta yuqori tezlikdagi poyezdlar harakati jadalligi bilan tavsiflanadi va shuning uchun temir yo‘l stansiyasining o‘tkazish qobiliyatini oshiradigan va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlaydigan o‘ta samarali texnik vositalar: strelkalar va signallarni teleboshqarish va nazorat qilish qurilmalarini keng miqiyosida qo‘llash talab etiladi.



Stansiyani signallashtirish va stansiyaning bir ipli rejasi.

Harakatlanuvchi tarkibning poyezdli yoki manyovrli tartibda o‘tishiga tashkillashtirilgan yo‘l marshrut hisoblanadi.


Qabul qilish, jo‘natish va poyezdlarni parkdan parkka yetkazish bo‘yicha barcha poyezdli qatnovlar signallar bo‘yicha amalga oshiriladi va albatta marshrutlashtiriladi.
Manyovrli harakatlanishlar ham marshrutlashtiriladi, stansiyani izoliyasiyalangan rayonlari bundan mustasno, u yerda saralash ishlari amalga oshiriladi va strelkalar mahalliy boshqariladi.
Manyovr ishini harakteriga qarab manyovr svetoforlarini quyidagi holatlardan kelib chiqqan holda joylashtirish mumkin:
- qabul qilish jo‘natish yo‘llaridagi manyovr svetoforlari, shu bilan birga chiqish svetoforlariga qo‘shilgan ular mavjudligida, stansiya yo‘llarida manyovr ishlarini tashkillashtirishga va yo‘llar tomonidan stansiya gorlovinasini to‘sish uchun manyovr svetoforlari (М21, M19, Ч2, Ч3, Ч5, Ч6, Ч7, М15, M5);
- qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomon yo‘nalgan manyovr svetoforlari, har bir stansiya yo‘llaridagi shuningdek parklar aro manyovr ishlarini tashkillashtirish uchun xizmat qiladi (depo yo‘llarini, park va yurish yo‘llarini tutashtiruvchi markazlashtirilmagan hududdan markazlashtirilgan hududga kirishga ruxsat etuvchi manyovr svetoforlari) (М1, М3, М7, М7, M9, М11, М13, М17);
- stansiya gorlovinasining qabul qilish-jo‘natish yo‘llari tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular qabul qilish yo‘nalishida uzun va murakkab marshrutlarni bo‘lish uchun xizmat qiladi; (M1, М3, М7, М11, М17)
- stansiya gorlovinasining peregon tomonga yo‘naltirilgan manyovr svetoforlari, ular jo‘natish yo‘nalishida murakkab manyovr marshrutlarini bo‘lish uchun xizmat qiladi. ( М5, M15)

Poyezdlar to‘xtovsiz o‘tkaziladigan yoki yassi strelka bo‘ylab 50 km/soat dan yuqori tezlik bilan harakatlanadigan asosiy va yon yo‘llarda machtali svetoforlar o‘rnatiladi. Shuningdek, guruhli svetoforlar (poyezdli va manyovrli), depodan chiqish, tortish, manyovr tarkiblarini to‘xtash yo‘llaridan chiqishni ishoralovchi svetoforlar ham machtali bo‘lishi kerak (ЧII). Qolgan chiqish va manyovr svetoforlari qoida bo‘yicha pakana svetoforlar bo‘lishi kerak.


Gorlovinada manyovr svetoforlarning joylashtirilishi shunday hisob-kitob bilan amalga oshirilganki, parallel manyovr harakatlanishlar imkoniyati ta’minlangan va burchak kirishlarda ko‘p qatnovni bartaraf etilgan bo’lishi kerak.
Harakatlanuvchi birlikni bir yo‘ldan boshqasiga qayta o‘rnatish imkoniyati shu yo‘lga olib boruvchi strelkalardan oldin manyovr svetoforlarini o‘rnatish bilan amalga oshirildi.
Agar qabul-qilish jo‘natish yo‘li maxsuslashtirilgan – chiqish svetofori bir tomondan o‘rnatilgan bo‘lsa, unda qarama qarshi tomondan manyovr svetofori qo‘yish ko‘zda tutiladi (M19,М21). Stansiya gorlovinasidagi strelkasiz seksiyalar qoidaga binoan ikkala tomonidan manyovr svetoforlari bilan ajratiladi (M5, M7).
Qabul qilish-jo‘natish va stansiya va peregonning boshqa yo‘llaridan strelkali hududlar tutashmalar bilan ajratiladi. Kirish svetofori va birinchi kirish strelkasi orasida izolyatsiyalangan uchastka (seksiya) bo‘lishi nazarda tutiladi (НАП,НДП).
Agar stansiya gorlovinasi ikki yo‘lli peregonga tutashgan bo‘lsa, unda oxirgi chiqish strelkasi va stansiya chegarasi orasidagi seksiya chiqish strelkasida manyovr svetoforini o‘rnatish ko‘rib chiqiladi. Stansiya chegarasida bitta peregon yo‘li bo‘ylab boshqa yo‘l tubdan ta’mirlanayotganda ikki tomonlama harakatni tashkillashtirish uchun qizil va ikki sariq chiroqli qo‘shimcha kirish svetofor qo‘yish ko‘zda tutiladi. Stansiyaning asosiy yo’llari rim raqamlari bilan belgilangan mos ravishda IП strelkalar peregon tomonidan belgilangan, juft yo’nalish bo’ylab harakatlanuvchi poyezd strelkalari arab juft raqamlari bilan raqamlandi; 1/3, 5/7, 9, 11, 13/15, 17, 19/21, 23/25, 27/29, 31/33, 35, 37/39, 41/43, 47/49 (1-rasm). Undan keyin strelkali hududlarni seksiyalarga bo‘lishni amalga oshiriladi (1CП, 3-5СП 7-19СП, 9-13СП, 15-35СП,17-27СП, 21-25СП, 23-41СП, 29СП, 31-45СП, 33-39СП, 37СП, 43СП, 47СП).
Bitta seksiya uchtadan ortiq bittalik yoki ikkitadan ortiq kesishgan strelkali o‘tkazgichni qamrab olishi mumkin emas. Parallel yo‘llar oralig‘idagi qiyalik strelkalari bir biridan izolyatsiyalanadi, aks holda ikkala strelka bo‘ylab bir vaqtda bir biriga zid bo‘lmagan harakat mumkin emas. Strelkalarni seksiyalarga taqsimlashda mumkin qadar qarshi bo’lmagan marshrutlarning bir vaqtda harakat qilinishini ta’minlash lozim.
Yon yo‘llardan poyezdlarni to‘xtovsiz o‘tkazishni ta’minlash uchun 1/11 markali strelkali o‘tkazgichlardan foydalaniladi. Kirish svetoforida bunday holatda bitta yashil tasma qo‘llanilgan signallashtirish ko‘zda tutiladi.
Marshrut shakllantirishda ularning chegaralari o‘rnatib olinadi. Kirish svetofori qabul qilish marshruti boshlanishi, oxiri esa – qabul qilish yo‘li bo‘ladi. Jo‘natish marshrutida esa chiqish svetofori marshrut boshlanishi, oxiri esa – stansiya chegarasi bo‘ladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling