Toshkent davlat transport universiteti avtomobil transposrt ekspluatatsiya faqulteti 2-kurs talabasi azatov xushnudbekning sohaga kirish fanidan yozgan mavzu: avtomobillar texnik servisning mamlakt iqtisodiyotida tutgan o’rni


Kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish faoliyati


Download 39.39 Kb.
bet5/5
Sana02.01.2022
Hajmi39.39 Kb.
#194304
1   2   3   4   5
Bog'liq
Azatov Xushnudbek

Kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish faoliyati. Kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish amaldagi avtomobillarga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom va boshqa raxbariy va me’yoriy texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Ikki bosqichlik texnik xizmat ko’rsatish (TXK-1 va

TXK-2) ko’zda tutilgan yuk avtomobillari va avtobuslar “Avtomobil transporti xarakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” asosida kafolatdan keyingi davrda texnik xizmat amallarini ko’rsatilgan davriylikda o’tadilar.

Ko’p bosqichlik (uch va undan ortiq) servis xizmat ko’rsatish ko’zda tutilgan yuk avtomobillari va avtobuslar zavod rahbariy Yo’riqnomasida ko’rsatilgan davriylikda belgilangan amallarni o’tadilar.

Masalan: Mersedes-Bents – O 405 avtobusi Toshkent shahri sharoitida 15 000 km (SX- 15 000), 30 000 km (SX-30000), 45 000 km (SX-45 000) va 90 000 km (SX-90 000) davriylikda keltirgan amallarbo’yicha servis xizmatidan o’tadilar.

Bir bosqichlik texnik xizmat ko’rsatish (Servis xizmati) ko’zda tutilgan yengil avtomobillar“Fuqarolar avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” hamda avtozavodlar tomonidan ishlab chiqarilgan “Avtomobillardan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma”, “Avtomobil servis kitobchasi” asosida servis xizmat ko’rsatish amallarini o’tadilar.

Firmaviy texnik xizmat ko’rsatish, odatda, o’zgarmas davriylik bilan o’tkazilishi rejalashtiriladi va uning davriyligi rivojlangan mamlakatlarda shaxsiy yengil avtomobillarning o’rtacha yurgan yo’li – 15 ming km.ga tenglashtiriladi. (VAZ-2110, 2112, Volvo-400, 700, 900, Matsda 626, KJA Motors-Spectra, Rio, Magentis Sportage, Carnival va boshq.). Og’ir ekspluatatsiya sharoiti uchun “Mazda” avtomobili TXK davriyligi 1,5 marta qisqartirilishi (10 ming km) tavsiya etiladi. Issiq iqlim sharoitida “VAZ”, “Neksiya” va boshqa rusumli avtomobillar uchun ham TXK davriyligi qilib 10 ming km tavsiya qilinadi. Servis xizmat ko’rsatish amallari “Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha



Yo’riqnoma”ning “Texnik xizmat ko’rsatish reglamenti” bo’limida keltirilgan.
Download 39.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling