Toshkent davlat transport universiteti avtomobil transposrt ekspluatatsiya faqulteti 2-kurs talabasi azatov xushnudbekning sohaga kirish fanidan yozgan mavzu: avtomobillar texnik servisning mamlakt iqtisodiyotida tutgan o’rni
Servis tizimi tuzilmasi va me’yorlari
Download 39.39 Kb.
|
Azatov Xushnudbek
Servis tizimi tuzilmasi va me’yorlari.
Avtotransport vositalarining texnik shay holda bo’lishi avtoservis korxonalari tomonidan o’z vaqtida o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash amallari orqali taminlanadi. Avtoservis ham rejaviy-ogohlantiruvchi tizimga asoslangan bo’lib, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizomlarda va avtomobilsozlik kompaniyalarining o’z “Avtomobillardan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa me’yoriy hujjatlarida o’z aksini topgan.Servis tizimi tuzilmasi 2.7-rasmda keltirilgan. Avtomobillar servisi 3 ta davrga bo’linadi: - kafolat davri; - kafolatdan keyingi davr. Avtomobillarga servis xizmati ko’rsatish avtomobilsozlik kompaniyalarning distribyuterlari yoki dilerlari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, “Djeneral Motors Uzbekistan” (qisqacha “DJM Uz”) yopiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun “Kafolat siyosati va amallar bo’yicha Yo’riqnoma”sida [52] distribyuterlar yoki to’g’ridan-to’g’ri “DJM Uz”ga bo’ysinuvchi dilerlar uchun quyidagi asosiy ko’rsatmalar keltirilgan: - atamalar ro’yxati; - kafolat siyosati; - kafolat amallari majmuasi; - yangi avtomobillarni olish va saqlash; - mahsulot haqida kompaniyalar ma’suliyati; - mahsulot haqida ma’lumot. Avtomobilning yurish qismi holatini tekshirish va zarurat tug’ilganda sozlash: - shinalardagi xavo bosimi; - g’ildiraklarni qotirilganligi; 1. Avtomobillarni yuvish, 2. Kafolatli xizmat ko’rsatish, 3. Texnik xizmat ko’rsatish, 4. Joriy ta’mirlash,5. Avtomobillarni texnik ko’rikdan o’tkazishga tayyorlash, 6. Avtomobillar va ehtiyot qismlar sotish, 7.Texnikekspluatatsiya bo’yicha maslahatlar berish, 8. Kuzovning zanglashiga qarshi ishlov berish, 9. Sotish oldi tayyorgarligi, 10.Tashxislash, 11. Yo’lda texnik xizmat ko’rsatish, 12. Agregatlarni mukammal ta’mirlash.Avtomobil zavodining kafolat majburiyatlari “Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko’rsatish Nizomi”da va uning servis kitobchasida keltirilgan bo’lib, avtomobilning texnik soz holatini ta’minlash bo’yicha bajariladigan amallar majmuasidan iborat.Avtomobil zavodlari kafolatli texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlariga katta ahamiyat beradilar, chunki bu ularning raqobatbardoshlik ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, dunyo bozoridagi mavqeyini belgilaydi. Kafolat davri avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan, oylarda yoki avtomobilning bosib o’tgan masofasi bilan belgilanadi. Misol uchun, “DjiEm Uz” avtomobillari uchun kafolat davri 12 oy yoki 20 ming km belgilanib, ulardan qaysi biri oldin tugasa, bunda kafolat davri tugagan hisoblanadi. Ammo kafolat davri avtomobil zavodidan jo’natilgan sanadan boshlab 18 oydan oshmasligi lozim. Ba’zi xorijiy avtomobil kompaniyalari kafolat davrini uzaytirish orqali haridorlarni ko’proq jalb qilish siyosatini ham olib boradilar. Kafolat davri avtomobilning “Servis daf-tarchasi”da ko’rsatilgan sotilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar bu davr ichida avtomobil boshqa xaridorga sotilsa, kafolat davri muddatining qolgan qismi keyingi xaridorga o’tkaziladi.Kafolat davrida avtomobilga 3 ta servis xizmati (1, 2, 3 talonlar) o’tkazish mo’ljallangan bo’lib, talon №1 bo’yicha amallar avtomobil 2-3 ming km yo’l bosganda bepul o’tkaziladi, faqat sarf bo’lgan materiallar (moy, filtr) uchun haq to’lanadi. “UZ-DAEWOO AUTO” avtomobillariga bepul xizmatning quyidagi amallarini bajarish tavsiya etilgan: 1. Dvigatel bo’limida: - o’t oldirishni tekshirish va sozlash; - dvigatelning salt ishlashi tekshirish va sozlash; - ta’minot tizimini tekshirish; - tasmalarning tarangligini tekshirish va sozlash; - dvigatel moyi va moy fil’trini almashtirish, moy sathini tekshirish va me’yoriga keltirish; - tormoz suyuqligi sathini tekshirish va zarurat tug’ilsa me’yorgacha to’ldirish; - sovutish tizimi suyuqligining sathini va tizim jipsligini tekshirish, zarurat tug’ilsa suyuqlikni me’yorgacha to’ldirish; - akkumulyator batareyasining zaryadlanganlik darajasini nazorat qilish, zarurat bo’lsa sozlash; - gidrotizim quvurlari birikmalarini nazorat qilish va qotirish; - eshik va kapot qulflari ishlashini tekshirish; - havo fil’tri elementini nazorat qilish va zarurat tug’ilsa tozalash; - tsilindrlar bloki kallagining boltlari tortilganligini nazorat qilish va zarurut tug’ilsa, me’yorigacha mahkamlash; 2. Yurish qismi va transmissiyada: - oldi va orqa osmalarning ish qobiliyatini tekshirish; - mexanik yoki avtomat uzatma qutisining moy sathini tekshirish; - ulashish muftasi tepkisining erkin yurish yo’lini tekshirish va sozlash; - tormoz tizimi ish qobiliyatini tekshirish; - g’ildiraklar holati, qotirilganligini va shinadagi havo bosimini tekshirish; - g’ildirak gupchaklari podshipniklarining shovqinsiz ishlashini tekshirish; - faralarning yorug’lik nurini yo’nalishini tekshirish va sozlash; - rul chambaragi erkin yurish yo’lini tekshirish. 3. Yo’l sharoitida sinash: - dvigatel, transmissiya va boshqaruv tizimlarini avtomobil harakati jarayonida tekshirish; - shovqin chiqishi, yonilg’i-moy va suyuqliklarning tomishini tekshirish. Qolgan servis xizmatlari 10 va 20 ming km yurgandan keyin bajariladi va ular uchun avtomobil egasi to’la hisob-kitob qiladi. “DjiEm Uz” avtomobillari uchun kafolat davrida navbatdagi texnik xizmat ko’rsatish davriyligi me’yorda belgilangandan 250 kmdan yoki 7 kundan oshmasligi lozim. Kafolat davrida o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatishning profilaktik ishlaridan tashqari agregat, tizim va uzellarni texnik holati ham tekshiriladi, uchragan nosozliklar bartaraf etiladi. Bu nosozliklarni bartaraf etish kafolatli ta’mirlash yo’li bilan bajariladi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan ekspluatatsiya qoidalari buzilmagan taqdirda kafolatli ta’mirlash zavod hisobidan, aks holda mijoz hisobidan amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda kafolat berilmaydi: a) Agar detal, uzel yoki agregatdagi nosozlik va nuqsonlar ishlab- chiqaruvchining aybi bilan yuz bermay,balki: - avtomobil halokatga uchraganda; - ekspluatatsiya Yo’riqnomasi talablari buzilgan hollarda; - texnik xizmat ko’rsatish davriyligi va ish xajmi me’yorida bajarilmagan hollarda; - ishlab chiqaruvchi firmaning vakolati berilmagan shaxs tomonidan detal, uzel va agregatlarni ta’mirlash va almashtirish ishlari amalga oshirilgan xollarda; - ishlab chiqaruvchi firma tomonidan tavsiya etilmagan yonilg’i-moy maxsulotlaridan foydalanilganxollarda; - ishlab chiqaruvchi firma avtomobili konstruktsiyasiga o’zgartirish kiritilganda yoki zavod spetsifikatsiyasida keltirilmagan detallar o’rnatilgan hollarda; - atrof muxit ta’siri (dovul, toshqin, do’l, jala, yashin va boshqalar) natijasida hosil bo’lgan buzilishlar sodir bo’lgan hollarda. b) Transport vositasining me’yoriy yedirilish jarayonida ish qobiliyatini yo’qotgan quyidagi detal va uzellariga: filьtrlar, tormoz kalodkalari, uzatish tasmalari, o’t oldirish shamlari, ilashish muftasi diski, oyna, oyna tozalagichi, o’t oldirish kontaktlari, kondensatorlar, salьniklar, dvigatel tayanchidan tashqari rezina-texnik buyumlariga. v) Davriy xizmat ko’rsatish tarkibiga kiritilgan tozalash-yuvish, yonilg’i-moy bilan to’ldirish, nazoratsozlash va qotirish kabi ishlarini bajarishga. g) Spidometr almashtirilganda yoki haqiqiy bosib o’tilgan mosafa qiymatini aniqlab bo’lmaganda. Download 39.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling