Toshkent davlat transport universiteti hayot xavfsizligi fanidan mustaqil ish


Download 1.04 Mb.
bet3/3
Sana22.10.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1716444
1   2   3
Bog'liq
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar

Uchinchi turdagi jarohatlanishga maishiy holatlarda, mast bo‘lishi natijasida, davlat mulkini o‘g‘irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jarohatlanishlar kiradi. Sanoat sanitariyasi normalarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’sirida ishchi zaharlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish bir ish kunida yuz bersa, u o‘tkir zaharlanish deyiladi.

Agar odam tanasida uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilsa, u surunkali zaharlanish deyiladi va u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi. Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishning, zaharlanishlarning sodir bo‘lishiga (yoki kasb kasalligining kelib chiqishiga) sanoat korxonalarida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qaraladi.


Shu sababli ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisalar har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish natijalariga qarab, kelajakda jarohatlanish, kasb kasalligini qaytarilmasligi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘riladi.

Baxtsiz hodisaning asoratlarining ketishing ham, kelib chiqishini ham hisobga olib tuzilgan aktlarni 45 yilgacha saqlash tavsiya etiladi. Tekshirishdan so‘ng korxona ma’muriyati yo‘l qo‘yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruqni e’lon qiladi, baxtsiz hodisaning kelib chiqishida aybdor kishilarning javobgarligi aniqlanadi.


Agar baxtsiz hodisa ikki va undan ortiq ishchilar bilan yoki o‘lim bilan tugagan bo‘lsa, u holda maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi. Komissiya tarkibiga kasaba uyushmasi texnik nazoratchisi, yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Qudratov, T.G’aniev, O’. Yuldashev, G’.Yo. Yormatov, N. Xabibullaev, F.D Xudoev. «Hayot faoliyati xavfsizligi» maruzalar kursi. Toshkent 2005 y
  • Yuldashev O.R., Sapaev Sh.M., va boshqalar «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaly mashg’ulotlar. O’quv qo’llanma. Toshkent 2010 y
  • Т.В. Гитун, А.Г Елисеев и др. «Экстремальная медицина» Полный справочник. Москва 2006 г.
  • О.Р Юлдашев, О.Т Хасанова и др. «Аварийно-спасательные раьоты» Учебное пособие. Ташкент 2008 г.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling