Formatlar OʻzDST2.301 – 97. Chizmalarni rasmiylashtirish standartlari. 2.1. Formatlar. Sanoat va qurilishning barcha sohalarida, shuningdek oʻquv yurtlari va loyiha tashkilotlarida bajariladigan konstruktorlik hujjatlar va chizmalar O`zDST2.301-97 (GOST 2.301-68) tomonidan belgilangan formatlarda bajariladi. Asosiy formatlar hamda ularning belgilanishi quyidagi 1– jadvalda keltirilgan.
Format belgisi
|
A0
|
A1
|
A2
|
A3
|
A4
|
Format oʻlchamlari
mm
|
841x1189
|
594x841
|
420x594
|
297x420
|
210x297
|
Asosiy formatlar hamda ularning olchamlari
Masshtablar OʻzDST2.302 – 97.
2.2. Masshtablar. Mashina va mehanizmlar, ularni tashkil etuvchi qismlari va detallarini chizmalarda haqiqiy oʻlchamlarida tasvirlashni imkoni boʻlmaydi. Ularning chizmalarini kichraytirish, ayrim kichik detallarini esa kattalashtirib bajarishga toʻri keladi. Barcha hollarda, agar iloji boʻlsa, buyumni oʻzining haqiqiy oʻlchamida tasvirlash maqsadga muvofiq boʻladi, bunday tasvirda buyumni tasavvur etish osonlashadi. Chizmalarda buyumlarni ixtiyoriy ravishda kichraytirib yoki kattalashtirib tasvirlash mumkin emas.
Buyum tasvirini chiziqli oʻlchamini uning haqiqiy oʻlchamiga nisbati buyumning masshtabi deb ataladi.
Sanoatning barcha tarmoqlari va qurilishlarda ajariladigan chizmalarning tasvirlash masshtablari O`zDST2.302 – 97 da belgilab qoʻyilgan. Standartda masshtablarning quyidagi qatorlari qabul qilingan:
Haqiqiy oʻlcham masshtabi 1:1.
Kichraytirish masshtablari: 1:2, 1:2,5, 1:4, 1:5, 1:10, 1:15, 1:20, 1:25, 1:40, 1:50, 1:75, 1:100, 1:200, 1:400, 1:500, 1:800, 1:1000
Kattalashtirish masshtablari: 2:1, 2,5:1, 4:1, 5:1, 10:1, 20:1, 40:1, 50:1,100:1
Yirik inshootlarni bosh planlarini loyihalashda 1:2000, 1:5000, 1:10.000, 1:20.000, 1:25.000, 1:50.000 boʻlgan masshtablardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Buyumning tasviri qanday masshtabda bajarilishidan qat’iy nazar chizmaga uning faqat haqiqiy oʻlchamlari qoʻyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |