Toshkent davlat transport universiteti lokomotivlar va lokomativ xo'jaligi


Download 24.21 Kb.
bet2/4
Sana13.01.2023
Hajmi24.21 Kb.
#1092125
1   2   3   4
Bog'liq
JUMANOV IPI

Ilmiy-pedagogik ish
1.1. Ma'ruzalar, laboratoriya ishlari, amaliy va boshqa mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha stajirovka o'tash
O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2015 yil 30 oktyabrdagi № 9-2015 sonli buyrug'iga va Oliy ta'lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o'tash tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq, stajirovkani tashkil etish magistratura talabalari tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta'minlashga yo'naltirilishi lozim. Stajirovka o'tashning tayyorlov bosqichida - qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari tomonidan stajirovka o'tash uchun kelgan magistratura talabasi tegishli mehnatni muhofaza qilish qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari, tashkilotda stajirovka o'tashning talab va shartlari, tashkilotning tashkiliy tuzilmasi, vazifa va funktsiyalari, faoliyat yo'nalishlari bilan tanishtiriladi hamda stajyorga stajirovka o'tash dasturiga muvofiq tegishli ko'rsatmalar beriladi. Mazkur bosqichda magistratura talabasi tomonidan qabul qiluvchi tashkilotdan stajirovka rahbari bilan kelishgan holda stajirovka o'tash dasturini bajarish bo'yicha reja-jadval (kalendar reja) tuziladi. Mazkur Nizomga muvofiq, stajirovka o'tash maqsadida, ilmiy rahbar bilan birgalikda kafedra fanlaridan mashg'ulotlar o'tkazish belgilab olindi.


1.2. Ma'ruza matnlari va mashg'ulotlarni o'tkazish rejalarini tuzishni o'rganish
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi № 19-2018-son buyrug'i va Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi Nizomga muvofiq, talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:

  • talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a'lo) baho;

  • talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho;

  • talaba olgan bilimini amalda qo'llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;

  • talaba fan dasturini o'zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo'yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.

Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.



Download 24.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling