- BMI mavzusining o'rganilganlik darajasi. Mustaqillikka erishgach, O‟zbekistonda ro'y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni o'rganish borasida ko'plab siyosatshunos, huquqshunos, sotsiolog va faylasuf olimlarimiz tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilgan.
- BMIning maqsadi - mustaqillik yillarida O'zbekistonda ijtimoiy siyosat va uning mohiyatini ilmiy adabiyotlar, manbalar asosida tahlil qilish, o‟rganish va tegishli xulosalar chiqarishdir. Yuqorida qo‟yilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: - O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning huquqiy normativ asoslarini o'rganish; - ijtimoiy himoya va uning yo'nalishlarini tahlil qilish; - mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish borasidagi islohotlarni o'rganish; - aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha qabul qilingan davlat dasturlari va ularning natijalarini tahlil qilish; - mavzu bo‟yicha bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlash; - mavzu yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish; - O‟zbekistonda ijtimoiy siyosat va uning mohiyatini tahlil qilish asosida tegishli xulosalar chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |