Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo


 Ta'lim sotsiologiyasining muhim muammolari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/35
Sana28.10.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1730394
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
umumiy sotsiologiya

2. Ta'lim sotsiologiyasining muhim muammolari 
Sotsiologiyaning o‗ziga xos sohasi sifatida, ta'lim sotsiologiyasi 
dastavval ta'lim tizimi va jamiyatning o‗zaro harakati va o‗zaro 
munosabatlari umumny masalalari, uning o‗rni va ijtimoiy tizimdagi rolini 
o‗rganadi. Bularga taraqqayotning ijtimoiy sharoitlari, turli ta'lim 
tizimining ishlab turishida va rivojlanishida, birinchi navbatda zamonaviy, 
ularni ijtimoiy jarayon va ilmiy-texnik talablar bilan yuzaga keltirishlilik, 


120 
ta'lim instituti ijtimoiy funktsiyalari va uning jamiyat hayotidagi roli ta'lim 
tizimida ijtimoiy tenglik (yoki notenglik) printsiplarini amalga oshirish, 
uning jamiyat ijtimoiy tuzilishi va ijtimoiy harakatchanlik bilan o‗zaro 
bog‗liqligi va o‗zaro harakati, ta'lim tizimida jamiyat ehtiyojlari va 
talablarini, ijtimoiy gyryhlap va shaxslar, ijtimoiy tuzilish o‗zgarishida va 
takror ishlab chiqarishda ta'lim tizimining rolini, ta'lim tizimining boshqa 
ijtimoiy institutlar bilan o‗zaro munosabatlari va hokazo muammolari 
kiradi. Ta'lim sotsiologiyasi ta'lim va sotsiumning chuqur va mustaqil 
o‗zaro bog‗liqligini tan olishdan kelib chiqadi. Bir tomondan, aynan 
ijtimoiy sharoitlar va omillar bevosita ta'lim tizimining xususiyati, turini 
aniqlaydilar va shuning uchun ta'limning optimal tizimiga erishish uchun 
mos ijtimoiy dastlabki shart-sharoitlar va fikrlar zarurdir; boshqa 
tomondan, 
ushbularning 
kerakli 
o‗zgarishisiz 
ta'lim 
tizimini 
mukammallashtirmasdan turib, erishib bo‗lmaydi. Bunda shunisi muhimki, 
jamiyat ishlab chiqarishining erishilgan rivojlanish darajasiga nisbatan 
ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni, ta'lim rivojlanishining ilgarilab 
ketishini shunday ta'minlashi kerakki, ya'ni u nafaqat bir lahzalik balki 
kelajak ijtimoiy talablarga javob bersin. Real hayotda shu asosda jamiyat 
talablari bilan yuzaga kelgan xususiyati jihatidan etarli konservativ bo‗lgan 
ta'lim tizimi o‗rtasida doim turli qarama-qarshiliklar paydo bo‗ladi va 
echiladi. Bu qarama-qarshiliklar va ularni echish jarayonlarini tadqiqot 
qilish ta'lim sotsiologiyasi vazifasiga kiradi.Ta'limning ijtimoiy roli va 
ijtimoiy funktsiyalariga bag‗ishlangan sotsiologik tadqiqot juda muhimdir. 
Odatda, quyidagi muhim funksiyalar ajralib turadi; a) madaniyatni 
tarqatish va avloddan-avlodga ko‗rsatish funksiyasi; b) jamiyat 
madaniyatini 
saqlovchi 
va 
generator 
funksiyasi; 
v) 
shaxsni 
sotsializatsiyalash funksiyasi, ayniqsa, yoshlarni va ularning jamiyatga 
integratsiyasi, holbuki, madaniy merosni o‗zlashtirmasdan jamiyat 
taraqqiyoti va shaxs rivojlanishini tasavvur qilib bo‗lmaydi; g) ijtimoiy 
tanlov (seleksiya), jamiyat a'zolarini differentsiatsiyalash funksiyasi, 
birinchi navbatda yoshlarni, chunki jamiyat ijtmoiy tuzilish o‗zgarishi va 
ishlab chiqarishni individual va ijtimoiy harakatchanlik ta'minlaydi, 
modomiki, shaxsning ijtimoiy statusini aniqlashda bugungi kunda muhim 
o‗lchov bo‗lib xizmat qiladi; d) ijtimoiy madaniyat o‗zgarishlari 
funksiyasi, ayni paytda aynan ta'lim tizimida yangi texnologiyalarni tadbiq, 
qilishga va uning madaniyatini boyitishga yo‗naltirilgan ko‘plab yangi 
fikrlar, nazariyalar, ihtirolar ishlab chiqilmoqda; e) ijtimoiy nazorat 
funktsiyasi va hokazo.Ta'lim sotsiologiyasida ta'lim tizimi o‗z ijtimoiy 
tamoyillarini o‗rtanish muhim o‗rin egallaydi; o‗quv yurtlari ijtimoiy tizim, 


121 
ijtimoiy institut va ijtimoiy tashkilotlar sifatida; o‘quv faoliyati ta'lim 
sohasida ijtimoiy faoliyatning asosiy ko‗rinishi sifatida; ta'lim tizimi 
ijtimoiy tuzilishi (o‗quvchilar, pedagoglar, ta'lim tashkilotchilari va 
boshqalar), o‗quvchilar, o‗qituvchilar hayot tarzi va ijtimoiy ko‗rinishi, 
ijtimoiy rollari, ijtimoiy statusi va boshqalar. Ta'limda zamonaviy inqilob 
sohasida sotsiologik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega. Qariyb o‗n yillar 
oldin xalq xo‗jaligida band bo‗lganlarning undan to‗qqizi o‗rta, o‗rta 
maxsus va oliy ma'lumotga ega edi. Aftidan, bunday yuqori 
ko‗rsatkichlardan tamomila qanoat hosil qilishlik mumkin. Lekin 
sotsiologik tadqiqotlar ta'lim tizimnning miqdor va sifat ko‗rsatkichlari 
o‗rtasidagi o‗tkir qarama-qarshilikni ko‗rsatadi, ijtimoiy taraqqiyot, ilmiy-
texnik va axborotlar inqilobi talablariga mos yosh mutaxassislarni 
tayyorlash darajasi va xususiyati nomunosibligini aniqlaydi. Sotsiologlar 
va boshqa mutaxassislar tomonidan jamiyatimizni madaniy, shu jumladan 
ta'lim salohiyatining tez o‗sishi va undan ishlab chiqarish va boshqa 
sohalardagi ilmiy-texnik taraqqiyotning past sur'atlari sharoitlarida 
ratsional foydalanishning mumkin emasligi o‗rtasidagi, jamiyat ehtiyojlari 
bilan yoshlarning ijtimoiy qarashlari o‗rtasidagi, umumiy va kasb bo‗yicha 
ta'lim tizimi va hokazolar o‗rtasidagi haqiqiy jiddiy qarama-qarshiliklar 
ochib berilgan. 
Ta'lim sotsiologiyasi bo‗yicha mutaxassislar jamiyat ehtiyojlaridan 
maktabni ajratishni mo‗ljallashni bartaraf qilishga yo‗naltirilgan ta'limni 
qayta ko‗rish dasturini ishlab chiqishda faol qatnashmoqdalar. Bu erda 
ta'lim tizimi to‗g‗risidagi jamoat fikrini muntazam o‗rganish muhim o‗rin 
egallaydi. Ta'limni tubdan yangilash tarafdori bo‗lish, uni eskicha o‗ta 
mafkuralashtirish va siyosiylashtirishdan voz kechib, shuningdek ta'limni 
real hayotdan ajratishdan voz kechib, muhimi bir vaqtning o‗zida o‗tmish 
tajribalaridan qolgan o‗sha oz bo‗lsa ham ma'qulini yo‗qotmaslik bizni 
ta'lim tizimimizni yarim asr ilgari haqiqatda dunyo miqyosiga nisbatan 
afzalroq qilgan edi. 
Ta'lim tizimining rivojlanishi yangi bozor sharoitlarida ancha 
murakkab muammolarni yuzaga keltiradi, ularni sotsiologik tadqiqot qilish 
ta'lim sotsiologiyasining muhim va aktual masalalaridan hisoblanadi. 
Shunday qilib, ta'lim tizimining gumanizatsiyasi va demokratizatsiyasi, 
o‗quv yurtlarining mustaqilligini, avtonomligini kengaytirish, davlat o‗quv 
yurtlarini xususiylar bilan birga olib borish, pulsiz va pulli o‗qitishlar va 
boshqa jiddiy yangi kiritishlarni uyg‗unlashtirish vatanimiz ta'lim tizimi 
ishiga butkul ijobiy ta'sir ko‗rsatdi, uning shakli va usullarining turli-
tumanligini kuchaytirdi, novatorlik va hokazolar uchun yo‗l ochildi. 


122 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling