Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
MEHNAT VA MEHNAT TASHKILOTLARI
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat sotsiologiyasining uslubiy asoslari
5.MEHNAT VA MEHNAT TASHKILOTLARI
SOTSIOLOGIYASI Mehnat faoliyati har vaqt ma'lum iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarga kiritilgan va u yoki bu kasbiy guruhlarga qarashlidir, ijtimoiy institutlar bilan bog‗liq, vaqt va maydonda chegaralangan mehnat jamoasida axloqiy va ijtimoiy-psixologik iqlim bilan, ma'lum mulkchilik shakllari bilan. Quyida mehnat sharoitlar va shakllari uning tavsifi (jamoa yoki shaxsiy mehnat) va motivatsiya muammolari ko‗rib chiqiladi. Mehnat sotsiologiyasining uslubiy asoslari. Jamiyat taraqqiyotidagi barcha o‗zgarishlar inson omilining faollashuviga, insonlarning mehnat va intellektual saloxiyatidan imkoni boricha unumli foydalanishga, barcha mehnatkashlarning ijodiy quvvatlarini to‗la ishga solishga hamda shaxs bilan jamiyat va davlat o‗rtasidagi qiziqish va munosabatlarning mutanosibligini ta'minlashga bog‗liqdir. Jamiyat taraqqiyoti ijtimoiy fanlar oldiga-juda katta vazifalarni qo‗ymoqdaki, ularsiz jamiyatni o‗rganish, yangilanish jarayonlarining istiqbolini belgilash va ilmiy-nazariy asoslarini yaratish mumkin emas. Jamiyat taraqqiyoti va barqarorligi ta'minlashda, belgilangan beshta tamoyilni amalga oshirishda mehnat sotsiologiyasi alohida o‗rin egallaydi. Zero, sotsiologiya fanining bu yo‗nalishi mehnat sohasidagi ijtimoiy- mehnat munosabatlari, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarni o‗rganadi va ularni boshqa omillar bilan birga boshqarishni ta'minlaydi. Mehnat sotsiologiyasining yaratilishi ancha uzoq, tarixga ega va katta manbalarga ega bo‗lsa ham hali u fan sifatida to‗la shug‘ullanmagan. Mehnat sotsiologiyasi bo‗yicha olib borilgan nazariy va amaliy sotsiologik tadqiqotlar juda katta izlanishlar lozimligini ko‗rsatmoqda. Lekin hozirgi kunda qo‗limizdagi bor uslub va uslubiyotlar, tajriba natijalari mehnat sohasidagi ijtimoiy siyosatni chuqur o‗rganib jamiyatning barcha tarmoqlaridan mehnatni to‗g‗ri tashkil qilishga mehnatga adolatli haq to‗lashni ta'minlashga va ohir oqibatda mehnat unumdorligi doimo oshib borishini ta'minlashga imkon yaratadi. Mehnat sotsiologiyasi mehnat sohasi bo‗yicha barcha sotsial axborotlarni to‗plashga, ishlab chiqarish zaxiralaridan to‗la foydalanishga, hamda mehnatni boshqarishni optimal strategiyasi va taktikasini belgilashga xizmat qiladi. Mazkur sotsiologiya darsligining mehnat sotsiologiyasi qismi oliy ta'lim talabalari uchun juda qisqa yozilgan bo‗lib, barcha tarmoqlar 123 bo‗yicha faqatgina mehnat sotsiologiyasining umumiy yo‗nalishlarinigina beradi xolos. Bu qismda mehnat sotsiologiyasi predmetini, uslub va uslubiyotlarini bayon qilinadi. Bu uslub va uslubiyotlar sotsiologlar va boshqa soha mutaxassislari uchun mehnat va mehnatga bo‗lgan munosabatni ijtimoiy va iqtisodiy omillarni tahlil qishish, mehnat va mehnat zahiralarini tadqiq qilish, hamda mehnat jarayonlarini ilmiy asosda boshqarish uchun tadbirlar yaratishda yordam beradi. Bu fanning kelib chiqish tarihini o‘rganish esa uning taraqiyoti uchun yordam beradi. Shuning uchun bu bobda qisqacha bo‗lsa ham mehnat sotsiologiyasining shakllanish tarihi bayon qilindi. Bizning yosh, mustaqil va kelajagi buyuk davlatimizni taraqqiy ettirishda mehnat sotsiologiyasi va uning xalq. Ho‘jaligidagi joriysi katta ahamiyat kasb etish bilan birga mamlakatda huqukiy va demokratik tizimni rivojlantirishga, sotsial adolat o‗rnatishga, mehnat unumdorlngining doimo oshib borishiga yordam beradi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat sotsiologiyasining oldiga nazariy hamda amaliy jihatdan mehnat muamolarini to‘la-tukis Yechib berishni va uning istiqbollarini belgilashni hayotning o‗zi qo‗ymoqda. Bugungi kunda mehnatni boshqarishning barcha turkum omillarini hisobga oluvchi ahborotlar bazasini yaratish va uning sotsiologik monitoringini yaratish maqsadga muvofiqdir. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling