Toshkent davlat universiteti falsafa fakulteti sotsiologiya bo
Ta'lim sotsiologiyasining muhim muammolari
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
umumiy sotsiologiya
2. Ta'lim sotsiologiyasining muhim muammolari
Sotsiologiyaning o‗ziga xos sohasi sifatida, ta'lim sotsiologiyasi dastavval ta'lim tizimi va jamiyatning o‗zaro harakati va o‗zaro munosabatlari umumny masalalari, uning o‗rni va ijtimoiy tizimdagi rolini o‗rganadi. Bularga taraqqayotning ijtimoiy sharoitlari, turli ta'lim tizimining ishlab turishida va rivojlanishida, birinchi navbatda zamonaviy, ularni ijtimoiy jarayon va ilmiy-texnik talablar bilan yuzaga keltirishlilik, 120 ta'lim instituti ijtimoiy funktsiyalari va uning jamiyat hayotidagi roli ta'lim tizimida ijtimoiy tenglik (yoki notenglik) printsiplarini amalga oshirish, uning jamiyat ijtimoiy tuzilishi va ijtimoiy harakatchanlik bilan o‗zaro bog‗liqligi va o‗zaro harakati, ta'lim tizimida jamiyat ehtiyojlari va talablarini, ijtimoiy gyryhlap va shaxslar, ijtimoiy tuzilish o‗zgarishida va takror ishlab chiqarishda ta'lim tizimining rolini, ta'lim tizimining boshqa ijtimoiy institutlar bilan o‗zaro munosabatlari va hokazo muammolari kiradi. Ta'lim sotsiologiyasi ta'lim va sotsiumning chuqur va mustaqil o‗zaro bog‗liqligini tan olishdan kelib chiqadi. Bir tomondan, aynan ijtimoiy sharoitlar va omillar bevosita ta'lim tizimining xususiyati, turini aniqlaydilar va shuning uchun ta'limning optimal tizimiga erishish uchun mos ijtimoiy dastlabki shart-sharoitlar va fikrlar zarurdir; boshqa tomondan, ushbularning kerakli o‗zgarishisiz ta'lim tizimini mukammallashtirmasdan turib, erishib bo‗lmaydi. Bunda shunisi muhimki, jamiyat ishlab chiqarishining erishilgan rivojlanish darajasiga nisbatan ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni, ta'lim rivojlanishining ilgarilab ketishini shunday ta'minlashi kerakki, ya'ni u nafaqat bir lahzalik balki kelajak ijtimoiy talablarga javob bersin. Real hayotda shu asosda jamiyat talablari bilan yuzaga kelgan xususiyati jihatidan etarli konservativ bo‗lgan ta'lim tizimi o‗rtasida doim turli qarama-qarshiliklar paydo bo‗ladi va echiladi. Bu qarama-qarshiliklar va ularni echish jarayonlarini tadqiqot qilish ta'lim sotsiologiyasi vazifasiga kiradi.Ta'limning ijtimoiy roli va ijtimoiy funktsiyalariga bag‗ishlangan sotsiologik tadqiqot juda muhimdir. Odatda, quyidagi muhim funksiyalar ajralib turadi; a) madaniyatni tarqatish va avloddan-avlodga ko‗rsatish funksiyasi; b) jamiyat madaniyatini saqlovchi va generator funksiyasi; v) shaxsni sotsializatsiyalash funksiyasi, ayniqsa, yoshlarni va ularning jamiyatga integratsiyasi, holbuki, madaniy merosni o‗zlashtirmasdan jamiyat taraqqiyoti va shaxs rivojlanishini tasavvur qilib bo‗lmaydi; g) ijtimoiy tanlov (seleksiya), jamiyat a'zolarini differentsiatsiyalash funksiyasi, birinchi navbatda yoshlarni, chunki jamiyat ijtmoiy tuzilish o‗zgarishi va ishlab chiqarishni individual va ijtimoiy harakatchanlik ta'minlaydi, modomiki, shaxsning ijtimoiy statusini aniqlashda bugungi kunda muhim o‗lchov bo‗lib xizmat qiladi; d) ijtimoiy madaniyat o‗zgarishlari funksiyasi, ayni paytda aynan ta'lim tizimida yangi texnologiyalarni tadbiq, qilishga va uning madaniyatini boyitishga yo‗naltirilgan ko‘plab yangi fikrlar, nazariyalar, ihtirolar ishlab chiqilmoqda; e) ijtimoiy nazorat funktsiyasi va hokazo.Ta'lim sotsiologiyasida ta'lim tizimi o‗z ijtimoiy tamoyillarini o‗rtanish muhim o‗rin egallaydi; o‗quv yurtlari ijtimoiy tizim, 121 ijtimoiy institut va ijtimoiy tashkilotlar sifatida; o‘quv faoliyati ta'lim sohasida ijtimoiy faoliyatning asosiy ko‗rinishi sifatida; ta'lim tizimi ijtimoiy tuzilishi (o‗quvchilar, pedagoglar, ta'lim tashkilotchilari va boshqalar), o‗quvchilar, o‗qituvchilar hayot tarzi va ijtimoiy ko‗rinishi, ijtimoiy rollari, ijtimoiy statusi va boshqalar. Ta'limda zamonaviy inqilob sohasida sotsiologik tadqiqotlar katta ahamiyatga ega. Qariyb o‗n yillar oldin xalq xo‗jaligida band bo‗lganlarning undan to‗qqizi o‗rta, o‗rta maxsus va oliy ma'lumotga ega edi. Aftidan, bunday yuqori ko‗rsatkichlardan tamomila qanoat hosil qilishlik mumkin. Lekin sotsiologik tadqiqotlar ta'lim tizimnning miqdor va sifat ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi o‗tkir qarama-qarshilikni ko‗rsatadi, ijtimoiy taraqqiyot, ilmiy- texnik va axborotlar inqilobi talablariga mos yosh mutaxassislarni tayyorlash darajasi va xususiyati nomunosibligini aniqlaydi. Sotsiologlar va boshqa mutaxassislar tomonidan jamiyatimizni madaniy, shu jumladan ta'lim salohiyatining tez o‗sishi va undan ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi ilmiy-texnik taraqqiyotning past sur'atlari sharoitlarida ratsional foydalanishning mumkin emasligi o‗rtasidagi, jamiyat ehtiyojlari bilan yoshlarning ijtimoiy qarashlari o‗rtasidagi, umumiy va kasb bo‗yicha ta'lim tizimi va hokazolar o‗rtasidagi haqiqiy jiddiy qarama-qarshiliklar ochib berilgan. Ta'lim sotsiologiyasi bo‗yicha mutaxassislar jamiyat ehtiyojlaridan maktabni ajratishni mo‗ljallashni bartaraf qilishga yo‗naltirilgan ta'limni qayta ko‗rish dasturini ishlab chiqishda faol qatnashmoqdalar. Bu erda ta'lim tizimi to‗g‗risidagi jamoat fikrini muntazam o‗rganish muhim o‗rin egallaydi. Ta'limni tubdan yangilash tarafdori bo‗lish, uni eskicha o‗ta mafkuralashtirish va siyosiylashtirishdan voz kechib, shuningdek ta'limni real hayotdan ajratishdan voz kechib, muhimi bir vaqtning o‗zida o‗tmish tajribalaridan qolgan o‗sha oz bo‗lsa ham ma'qulini yo‗qotmaslik bizni ta'lim tizimimizni yarim asr ilgari haqiqatda dunyo miqyosiga nisbatan afzalroq qilgan edi. Ta'lim tizimining rivojlanishi yangi bozor sharoitlarida ancha murakkab muammolarni yuzaga keltiradi, ularni sotsiologik tadqiqot qilish ta'lim sotsiologiyasining muhim va aktual masalalaridan hisoblanadi. Shunday qilib, ta'lim tizimining gumanizatsiyasi va demokratizatsiyasi, o‗quv yurtlarining mustaqilligini, avtonomligini kengaytirish, davlat o‗quv yurtlarini xususiylar bilan birga olib borish, pulsiz va pulli o‗qitishlar va boshqa jiddiy yangi kiritishlarni uyg‗unlashtirish vatanimiz ta'lim tizimi ishiga butkul ijobiy ta'sir ko‗rsatdi, uning shakli va usullarining turli- tumanligini kuchaytirdi, novatorlik va hokazolar uchun yo‗l ochildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling