Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
ekologiya huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy o`quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo`yicha talim olayotgan talabalari uchun
- Masul muharrir: yu.f.d., professor M.B. Usmonov
- I-BOB. TABIAT VA JAMIYAT O`RTASIDAGI O`ZARO BOG`LIQLIK. 1. Tabiat va jamiyat, ular o`rtasidagi o`zaro munosabat shakllari.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI EKOLOGIYA HUQUQI Oliy o`quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi bo`yicha ta'lim olayotgan talabalari uchun Toshkent – 2006 Mas'ul muharrir: yu.f.d., professor M.B. Usmonov Mualliflar tarkibi: Usmonov M.B. yu.f.d. prof. (Kirish, X bob), Rustamboyev M.X. yu.f.d., prof. (IX bobning 4§), Xolmuminov J.T. yu.f.d. prof. (XI, XVII boblar), Nigmatov A.N. g.f.d. (I, XII, XVIII boblar, XIX bob N.K. Skripnikov bilan shammualliflikda), Fayziyev SH.X. yu.f.n. (II, III, VII boblar), Bozorov U.B. yu.f.n., dots. (IV, XV boblar), Ayubov U.T. yu.f.n. (V, XIII boblar, IX bobning 1,2,3,5,6§lari), Namazov F.S. yu.f.n. (XIV, XV boblar), Skripnikov N.K. yu.f.n., dots. (XIX bob A.N. Nigmatov bilan shammualliflikda). Narzullaev O.X. (XVI bob), Radjapov N. (VI bob), Nurmatov M. (VIII bob). Ekologiya huquqi: Oliy iquv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi biyicha ta'lim olayotgan talabalari uchun//Usmonov M.B., Rustamboyev M.X., Xolmuminov J.T. va boshq.; Mas'ul musharrir M.B. Usmonov/. -T.: Sarl. Oldida.: O`ZBEKISTON Respublikasi Adliya Vazirligi, Toshkent Davlat yuridik instituti 1. Usmonov M.B. va boshq. © Toshkent Davlat yuridik instituti, 2006 y. EKOLOGIYA SHUQUQI Darslik Toshkent Davlat yuridik instituti o`quv dasturi asosida yozilgan. Unda ekologiya huquqining predmeti va tizimi, manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida boshqaruv, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, ekologik xavfsizlik, ekologik huquqiy javobgarlik, yerlarning, suvlarning, yer osti boyliklarining, o`rmonlarning huquqiy sholati, shayvonot olamidan foydalanish va uni mushofaza qilishning huquqiy sholati, atmosfera shavosini huquqiy mushofaza qilish, tabiiy qiriqxonalarning huquqiy sholati, sanoat, transport, energetika tarmoqlarida atrof tabiiy mushitni mushofaza qilish, qishloq xijaligida atrof tabiiy mushitni mushofaza qilish, fuqarolarning tabiiy resurslardan foydalanish huquqi kabi masalalar yoritilgan. Huquqshunoslik mutaxassisligi biyicha ta'lim olayotgan talabalar, shuningdek aspirantlar, iqituvchilar uchun miljallangan. KIRISH Ekologiya muammosi davrimizning dolzarb muammolaridan biri bo`lib qoldi. Uning xavfi hatto yadro xavf-xataridan ham daxshatliroq bo`lib, butun yer shari xalqlarini tashvishga solmoqda. "Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi,- deb yozadi I.A.Karimov,- juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish - o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir"1. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko`ra, bugungi kunda planetamizda har xil yoqilg`ilarni yoqish sababli har yili 10,1 mlrd.tonna kislorod sarf bo`lmoqda, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 70 foizi, chuchuk suvlarning 20 foizi o`zlashtirilib foydalanilmoqda, o`rmonlar egallagan maydonlar yildan-yilga kamayib bormoqda, cho`l zonalarining maydoni oshib bormoqda, havo harorati yildan-yilga kutarilmoqda. Buning ustiga, dunyo aholisi har yili o`sib borib, tabiiy zahiralardan xo`jalik maqsadlarida yanada ko`proq foydalanishga to`g`ri kelmoqda. Shuningdek texnikaning, sanoat korxonalarining rivojlanishi ham atrof- tabiiy muhitga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bularning oqibati o`laroq dunyoda ekologik muhitning yomonlashuvi bilan bog`liq turli xil kasalliklar kelib chiqmoqda. Planetaning taqdiri uchun inson tomonidan o`tgan asrdayoq bong urilgan, hozirgi yuz yillikda esa atrof-tabiiy muhitga nagruzkani ortib ketishi natijasida dunyo ekologik tizimi inqiroz darajasiga yetdi. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirish, tabiiy resurslarni ishdan chiqarish, ekotizimdagi ekologik aloqalarni buzish global muammo bo`lib qoldi. Agar insoniyat hozirgi tarraqiyot yo`lidan borishni davom ettirsa uning halokati ikki-uch avlod yashab o`tgandan so`ng yuz berishi ehtimoldan xoli emas. "Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo`lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko`p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog`liqdir"2. Ma'lumotlar shundan dalolat beradiki, tabiat bilan jamiyat bir-biri bilan o`zaro uzviy aloqa, chambarchas bog`liqlikda bo`ladi. Bu uzviylik, o`zaro ta'sir tabiatning umumiy qonuniyatlariga mos kelishi, o`zaro teng muvazanatda bo`lishlikni talab etadi. Aks holda bu muvozanatning buzulishi salbiy holatlarni keltirib chiqarib, tirik mavjudodning yashashiga xavf soladi. Shu sababdan, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, undan oqilona foydalanish, uni muhofaza etish lozimdir. Tabiat obyektlaridan foydalanishda shunday vositalarni topish, ularni qonunlarda o`rnatish, amaliyotga qo`llash lozimki, bu bir tomondan, xo`jalik faoliyati taraqqiyotini ta'min etsin, ikkinchi tomondan, tabiatni muhofaza qilish munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilsin. Shuni aytish kerakki, tabiatni muhofaza qilish bahonasida ishlab chiqarish manfaatlariga jiddiy zarar yetkazishga ham yo`l qo`yish yaxshi holat emas. Shuningdek iqtisodni rivojlantirish uchun tabiiy resurslardan intensiv foydalanishga keng yo`l ochib berish, iqtisodiyot va ekologiya manfaatlarini bir biriga qarama-qarshi qo`yish ham 1 Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O`zbekiston, 1999, 505-bet. 2 Karimov I.A. O`zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O`zbekiston, 1999, 507-508-betlar. mumkin emas. Sanoatni, qishloq xo`jaligini boshqa sohalarni tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish vazifalarini hal etish asosida taraqqiy ettirishni ta'minlash lozim. Muammoni shunday tartibda hal etish kerakki, bunda birinchidan, tabiiy resurslardan foydalanishda ekologiyaning ham, iqtisodning ham manfaatlari hisobga olinsin, ikkinchidan, ularning uzviyligini ta'minlash mumkin bo`lmasa, ustuvorlik ekologiyaga berilishi kerak. Huddi shunday prinsip O`zbekiston davlati olib borayotgan ekologik siyosatda, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan tabiiy atrof muhitni muhofaza etishga bag`ishlangan qonunlarda o`z ifodasini topgan. Buning yuridik ifodasi sifatida ekologik ekspertizani, xo`jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda ekologik talablarni, ekologik talablarga javob bermaydigan korxonalar va obyektlarni foydalanishga kiritish man qilinishini ko`rsatish mumkin. O`zbekiston davlatining atrof-tabiiy muhitni sog`lomlashtirish chora- tadbirlari bo`yicha amalga oshirayotgan ishlariga qaramasdan ekologik munosabatlar hali ham tabiat va jamiyat uchun nomutanosib darajada rivojlanishni davom ettirmoqda. Buni biz, birinchidan, tabiatdan foydalanishda sohaviy yondoshishni, ya'ni har bir tashkilot faqat o`z manfaatini ustun qo`yib tabiiy resurslardan foydalanishi va, ikkinchidan, tabiatga faqat resurs sifatida qarashni, ya'ni tabiatdan foydalanish birinchi darajali, uni himoya etish esa ikkinchi darajali sifatda qarashda ko`ramiz. Tabiatni muhofaza etish turli xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shulardan eng muhimi - tabiatni huquqiy muhofaza etishdir, ya'ni tabiatni qonunlar yordamida ifloslanishdan, xo`jasizlarcha foydalanishdan, zaharlanishdan himoya qilishdir. Demak, tabiatni muhofaza qilishda huquq alohida ahamiyatga ega bo`lib, u yuridik va jismoniy shaxslarga tabiatdan oqilona foydalanish hamda muhofaza etish tartib qoidalarini belgilab beradi. Harakatdagi tabiatni muhofaza qilishga bag`ishlangan qonunlardagi ekologik talablarga rioya etilishini, ularni amaliyotda to`g`ri tadbiq qilinilishini ta'minlashda ekologiya qonunchiligini mukammal bilish zarur bo`ladi. Chunki, ekologik noxushliklar ko`pincha ushbu qonunlarni bilmaslik hamda ularga rioya etmaslik oqibatida kelib chiqadi. Shu sababdan, sog`lom tabiiy atrof muhitni saqlash ko`p jihatdan mansabdor shaxslar va fuqarolarning ekologiya qonunchiligi to`g`risida qay darajada xabardorligi va unga amalda rioya etishligiga bog`liq bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda ushbu o`quv darsligining asosiy vazifasi bo`lajak huquqshunos mutaxassislarni, shuningdek bu muammoga qiziquvchilarni ekologik qonunchilik asoslarini o`rgatishdan iboratdir. Ushbu darslik bo`lajak yurist mutaxassislarni ekologiya huquqini, ekologik huquqiy tartibga solish amaliyoti nazariy asoslarini va ularni ishlab chiqarish amaliyotida qo`llash mexanizmini amalga oshirishni o`rganishga xizmat qiladi. Darslik umumiy va maxsus qismlardan iborat bo`lib, unda tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro munosabat, ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, manbalari, obyektlari, subyektlari, ekologik munosabatlar, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, ekologik ekspertiza, ekologik huquqiy javobgarlik, tabiiy obyektlarni huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi kabi masalalar yoritilgan. I-BOB. TABIAT VA JAMIYAT O`RTASIDAGI O`ZARO BOG`LIQLIK. 1. Tabiat va jamiyat, ular o`rtasidagi o`zaro munosabat shakllari. Tabiat - keng ma'noda - butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma'noda - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo`lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko`rib chiqayotganda ikkinchi tor ma'nodagi tushuncha qo`llaniladi. Chunki inson o`zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balkim uni o`rab turuvchi va uning ta'siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin. Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o`rtasida to`xtovsiz va xilma-xil o`zaro ta'sirlar ro`y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo`lagi bo`lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi. Insonlar o`z hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, ichish uchun suv, dam olish uchun go`zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir. Inson - tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi individ. Inson tarixiy - jamoat jarayoni subyekti bo`lib, u Yer kurrasidagi moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan genetik bog`langan holatda, lekin ulardan ongining yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi, hamda ahloqiy, ma'naviy va ruhiy o`z o`zini anglay olishi bilan ajralib turadi. Jamiyat - keng ma'noda insonlarning tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma'noda - ijtimoiy munosabatlarning konkret tipi. Shunday qilib, aqliy mehnat faoliyatiga ega bo`lgan insonlar yig`indisi bo`lgan jamiyat atrof tabiiy muhit bilan passiv (sust) emas, balkim aktiv (faol) ta'sir doirasida bo`lishi mukarrardir. Ingliz olimi CH.Darvinning ta'limotiga ko`ra insonlar hayvonlarning ma'lum bir turlarini mehnat faoliyati aktivlashuvi, ya'ni kengaytirilishi va chuqurlatirilishi mobaynidagi evolyutsion rivojlanish mahsuli deydi. Lekin fan va texnika yutuqlari bunday ta'limotning mutloq to`g`ri emasligi haqidagi ma'lumotlarga ega va boshqa gipotezalarni oldinga surmoqdalar. Nima bo`lganda ham kishilar jamiyati mana bir necha million yildirki Yer kurrasida tabiat bilan o`zaro uzviy bog`langan holda yashab kelmoqdalar va bu bog`liqlik kundan kunga kuchayib bormoqda. Mutaxassislar ma'lumotlariga ko`ra, Yer yuzida sodir bo`layotgan tabiiy jarayonlarning 9H10 qismida inson faoliyatining mahsuli aks etmoqda. Bu jarayonlar doimo ham ijobiy deb bo`lmaydi. Chunki ekologik xavfsiz muhit, ya'ni insonlarning muhim hayotiy manfaatlari va avvalam bor toza, sog`lom, qulay tabiiy sharoitga ega bo`lish talabini to`la qondirishga qodir bo`la oladigan atrof tabiiy va ijtimoiy muhit holati inqiroz va talofat tomon intilib bormoqda (1-rasm). O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning "O`zbekiston XXI bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va rivojlanish kafolatlari" degan asarida "Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish o`z-o`zini o`limga maxkum etish bilan barobardir"1 degan edilar. Agarda jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabatlarga inson hayotining tarixi nuqtai nazaridan qaraydigan bo`lsak, ularni quyidagi munosabat shakllariga ajratsak bo`ladi: oddiy, oddiy-iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik, ekologik. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy munosabat shakli - kishilarni ekologik tizimni buzmaydigan soddalashtirilgan hayot tarzi. Ekologik tizim (ekotizim) - tirik organizmlar majmui va ularning yashash muhiti yig`indisi bo`lib, tirik organizmlar o`zaro va atrof tabiiy muhit bilan uzviy aloqadorlik qonuniyati asosida bo`lgan holati. Bu shakl kishilarning ibtidoiy jamoa tuzumidagi hayot tarziga, ya'ni insoniyat tarixining ilk ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi davriga xosdir. Bu davr o`z ichiga odamlarning Yer kurrasida paydo bo`lishi (3-4 mln. yil avval) davridan to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar muddatni o`z ichiga oladi. Ibtidoiy odamlarda ishlab chiqarish kuchlari va qurollari nihoyatda past darajada bo`lganligi tufayli ularning hayot tarzi tabiatning ajralmas bir oddiy bo`lagi sifatida namoyon bo`lgan. Atrof tabiiy muhit holati esa tirik organizmlar uchun nisbatan qulay - ekologik xavfsiz muhit deyish mumkin. Ibtidoiy jamoa bo`lib yashash davrida ham insonlar o`zlarining faoliyati tabiatga qanday ta'sir etayotganligi haqida o`ylab ko`rganlar va ularning hayotiy zarur ehtiyojlari bo`lgan tabiiy obyektlarni saqlab qolishga uringanlar. Mevali o`simliklarni saqlash, hayvonlarning ov qilish me'yoriy belgilashni yozma ravishda emas, balkim og`zaki ravishda kelishib olganlar. Bunday og`zaki qoidalarni buzganlarni jamoa boshlig`i tomonidan o`limgacha mahkum etganlar. Sinfiy jamiyat shakllana borgan sari, kishilar soni va ishlab chiqarish qurollarining sifati o`sib borishi bilan tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning yangi shakli - oddiy-iqtisodiy ko`rinishi namoyon bo`lgan. Natijada, kishilarning hayot tarzi tabiiy muhitni ma'lum bir kichik maydon va makon bo`yicha ekologik xavfsizlik darajasini keskunlashuviga olib kelgan. Bundan "lokal" ko`rinishdagi buzilgan maydonlar kishilarni jamoa bo`lib to`plangan yerlarga xos bo`lgan. Lekin ular atrof muhitning ekologik xavfsizlik darajasiga to`lig`icha ta'sir eta olmaganlar. Ko`pgina ekolog olimlar1 jamiyat va tabiat o`rtasidagi munosabat shakllarini uch ko`rinishda ifo etadilar - oddiy, iqtisodiy, ekologik. Lekin, jamiyatda, ayniqsa tabiatdagi qonuniyatlarni vaqt mobaynida o`zgarib borishi revolyutsion holatda emas, balkim evolyutsion holatda kechadi2. Shuning uchun ham tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlar sekin-astalik bilan shakllana borgan va u bir shakl ikkinchi bir shaklga bosqichma-bosqich o`tgandir. 1 Petrov V.V. Ekologicheskoye pravo Rossii. – M.: Bek, 1997 2 Vernadskiy V.I. Ximicheskoye stroyeniye biosferi Zemli i yeye okrujeniya – M.: Nauka, 1965 Hozirgi O`zbekiston hududida oddiy-iqtisodiy shakl ibtidoiy jamoa tuzumining so`ngi davri va quldorlik tuzumi davriga to`g`ri keladi. Eramizdan avval 12-15- ming yilliklardan boshlab (mezolit davri) mahalliy aholining ishlab chiqarish quroli sifatida nayza, kamon, aylanma yeylarni paydo bo`lishi hayvonot dunyosining kamaya borishiga, metal omoch va belkuraklarni yaratilishi - yerlarni o`zlashtirish va dehqonchilikni paydo bo`lishiga va ular o`z navbatida yerlarning holatiga ta'sir etishni boshladi. Irrigatsion shaxobchalarni oddiy ko`rinishdagi "tug`on" usuli - obikor (sug`orma) dehqonchilikni daryo o`zanlarida "liman" uslubini paydo bo`lishiga va daryolarning tabiiy suv rejimini o`zgarishiga sabab bo`ldi. Uy hayvonlarining ko`payishi Chirchiq, Zarafshon, Qo`yi Amudaryo, Sirdaryo daryolari vodiylarida o`simlik dunyosining tabiatiga ta'sir etdi. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy-iqtisodiy munosabat shakli tabiiy muhitning eng asosiy elementlari - yer va suvning ekologik tizimdagi kichik aylanishiga ta'sir etdi. Lekin bunday ijtimoiy muhit holati ekologik tizimlarning buferlik (qarshi turish va tiklanish) xususiyatiga salbiy ta'sir qila olmagan edi. S.A.Semenovning1 xulosalariga ko`ra dehqonchilikning qadimiy o`choqlari avvalam bor Old va O`rta Osiyoda yuzaga kelgan, so`ngra Xitoy, Hindiston va Shimoliy Afrika mamlakatlarida jadal sur'atlarda rivojlanib ketgan. Eramizdan 4-5 ming avval Kavkaz va Kichik Osiyo orqali Yevropa qit'asiga ham o`tib olgan. Kishilar faoliyatining tabiatga oddiy-iqtisodiy ta'siri davrida ma'lum bir hududlarda sezilarli darajada ekologik xavfsiz muhitga ta'sir etgani uchun ham qadimgi yozuv va qonun kuchiga ega bo`lgan kitoblarda tabiatga nisbatan insonlarning ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari ko`rsatilib o`tilgan. Masalan, Zardushtlarning "Avesto" kitobiga binoan bolalar yoshligidanoq daraxt ko`chatini o`tkazishlari shart bo`lgan. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi jazosiga mahkumdir. Lekin bu kitobda ekologik jazo sifatida bir turdagi tabiiy obyektni buzgani uchun ikkinchi bir turdagi tabiiy obyektdan qutilishni ham me'yor qilib qo`yganlar. Suvni iflos qilgan yoki ov itini o`ldirgan kishi 10 ming ruhiatni tetiklashtiradigan o`simlik bargi terishi, 1000 echkiemar, 1000 ta suv qo`ng`izi va kasallik tarqatuvchi pashshani o`ldirib, gunohini yuvishi lozim bo`lgan. Qadimgi Vavilonda shox Xammurapi tomonidan "O`rmonlar muhofazasi"ga oid qonun bor yo`g`i shoxning tiriklik davrida (eramizdan avval 1792-1750 yillar) hukm surgan xolos. Xuddi shunday holat er. avval III asrda Hindiston imperatori Ashoki qaroriga "Hayvonot dunyosini ovlash qoidalari" ham ta'lluqlidir. Jamiyatda ishlab chiqaruvchilar va amaldorlar sinfining shakllana borishi va ish qurollarining takomillashib davlatlar orasidagi nizolarning kengayishi feodalizm va ilk bozor munosabatlari yuzaga kelgan kapitalizm davrlarida iqtisodiy munosabat shakli yuzaga keldi va rivojlandi. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli -faqatgina iqtisodiy madaniyatlashgan kishilarning o`z iqtisodiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchungina atrof tabiatni iste'molchilik psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanishi natijasida atrof muhit ifloslanishi, 1Semenov S.A. Proisxojdeniye zemledeliya. – M.: Nauka, 1974. resurslar kamayishi va tabiat tizimlarining o`zgarishiga olib keladigan insonlarning hayot tarzi. Ekologik tizimlar katta maydonlarda va keng miqyosda (global) buzilishi kuzatiladi. Bu davrda garchi insoniyat tarixida ilk bor huquqiy elementlarining paydo bo`lishi va rivojlanishi hamda diniy va boshqa huquq institutlari manbalarining paydo bo`lishiga qaramasdan insonlarning ekologik ongi, bilimi va madaniyati juda past edi. Tavrotda ham, Qur'oni Karimda ham, Injilda ham odamzodning qiyomat kunlarini tabiat bilan bog`lash bejiz bo`lmagandir. Misrdagi Xeopsa piramidalaridagi toshlardan biriga, - "Insonlar tabiat kuchlaridan foydalana ololmasliklari va moddiy dunyoning asl mohiyatini tushunmasdan halok bo`ladilar", - deb bitilgani bejiz emas. O`zoq tarixiy muddatni o`z ichiga olgan va xanuzgacha rivojlanayotgan mamlakatlarda o`z asoratini saqlab kelayotgan iqtisodiy munosabat shakli iqtisodni har qanday ekologiyadan ustuvor va ekologik siyosatdan mutlaqo holiligini namoyon etmoqdalar. Garchi bunday o`lka va mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish borasidagi huquqiy-me'yoriy hujjatlar yetarli bo`lsada, ularni amaliy tadbig`i ishlab chiqilmagan yoki talablar davlat miqyosda targ`ib qilinmagandir. Aks holda qanday tushunish mumkin-ki, haqiqiy demokratiya va adolat mezonining o`chog`i bo`lmish Amerikada XIX asr ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi yarmida son-sanoqsiz bo`lgan bizonlar yoppasiga qirib tashlandi, o`rmonlar maydoni 2 barobarga, yemirilgan va yuvilgan yerlar 40 mln.ga yetgan, qishloq xo`jaligi oborotidan 50 % tuproqli yerlar chiqib ketgan. Ilmiy- texnika yutuqlari u davrda ekologik xavfsiz muhitni saqlab qolishga emas, balki global miqyosda qurolli to`qnashuvlarda va sovuq urushlarda g`olib chiqish, ma'lum bir qatlamdagi aholini boyitishga xizmat qilgan. Shuning uchun ham J.B.Lamark 1820-1960 yillarni "Inqilobiy sanoat yuksalish" davri ekologik xavfsizlikni keskin ravishda inqirozga tomon sudragan davri bo`ldi deb aytgan edi. Shunday qilib ekologik xavfsiz muhit inqirozi kishilar faoliyatining atrof muhitga antropogen ta'sirining uch oqibatlar mujmui - tabiiy resurslar kamayishi, atrof muhit ifloslanishi va ekologik tizimlarni buzilishi maxsulidir. Tabiiy resurslar kamayishi - kishilarning xo`jalik va boshqa hayotiy faoliyati manbai bo`lgan tabiiy obyektlarni yo`qola borishidir. Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko`ra "inson sivilizatsiyasi" davrida, to`g`rirog`i iqtisodiy madaniyatlashgan kishilarni izchil faoliyati davrida Yer kurrasidagi o`rmonlarning 2H3 qismi kesilib ketdi, 250 xil turdagi hayvon va o`simliklar yo`q bo`lib ketdi, 3- 4 mlrd. gektar yer qishloq xo`jalik oborotidan chiqazib yuborildi, atmosfera havosidagi kislorodning zahirasi 10 mlrd.tonna kamaydi. Keyingi 100 yil ichida, fransuz olimi A.Gerrenning ma'lumotlariga ko`ra, tuproq eroziyasi va texnogen buzilishi 2 mlrd. gektar yerni unumdorligini yo`qotib yuborgan. Shu kunlarda Yer kurrasida 1 daqiqada 20 ga o`rmon kesilmoqda, kuniga bir turdagi hayvonot yoki o`simlik turi qizil kitobga kiritilmoqda. Tabiiy resurslarni kamayib borishidan tashqari atrof tabiiy muhitning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga, modda va energiya almashuvining tabiiy holatda kechishiga keskin ta'sir qilmoqda. Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi deb tabiiy moddalar (tuproq, suv, yer osti boyliklari, atmosfera havosi...) tarkibining fizik va kimyoviy o`zgarishiga aytamiz. Agarda bunday o`zgarish inson hayotining faoliyati bilan kechsa - antropogen ifloslanish, uning ishtirokisiz kechsa - tabiiy ifloslanish deyiladi. Atrof tabiiy muhitning antropogen ifloslanishi iqtisodiy munosabat shaklida umumiy ifloslanishning 90-97% ni tashkil etadi. Tabiiy moddalarning fizik va ximik o`zgarishi shaharlarda asosan transport va sanoat hisobiga (80-85 %) bo`lsa, agrar tegralarda qishloq xo`jaligini (70-85%) ximiyalashtirish, mexanizatsiyalash, meliorativ va irrigatsion inshootlar qurish xaddan tashqari chorva mollari tuyoq sonini ma'lum bir maydonlarda oshib ketishi hisobiga amalga oshmoqda. Sanoat tegralarida ifloslanish metallurgiya va energetika tarmoqlarida juda yuqori darajadadir. Atrof muhitning tabiiy ifloslanishi inson faoliyatini bevosita ishtirokisiz kechadigan tabiatdagi jarayon va hodisalar: quyosh-kosmik (meteoritlarning tushushi, magnit bo`roni); iqlim - gidrologik (tayfun, bo`ron, suv toshqini, havo- temperaturasi va yog`in yog`ishlarning kam qaytariladigan anomal o`zgarishlari...); geologik - geomorfologik (zilzila, sunami, vulkanning otilishi, sel ketishi, qor ko`chishi, surilma, o`pirilish va tosh tushishi, muzliklarning bostirishi...); geoximik (yer osti tabiiy gazlarning portlashi, sho`rlanish, botqoqliklardan zaxarli gazlardan chiqishi, sun'iy materiallarni korrozitsiyasi...); biologik (yoppasiga zararkunanda hashorat va qumursqalarning ko`payishi, o`rmonlarning qurib ketishi natijasidagi yong`inlar...). Ularning ekologik xavfsiz muhitga ta'siri iqtisodiy shaklda 3-10% tashkil etadi. Lekin tabiatga antropogen ta'sirning kuchayishi bilvosita atrof muhitning tabiiy ifloslanish darajasini kundan kunga ortirib yubormoqda. S.M. Myagkovning1 ma'lumotlariga ko`ra bu o`zgarishning yillik koffitsiyenti - 02,-0,3 bo`lib, bu ko`rsatgich jarayon va hodisalarning turiga qarab o`zgarib boradi. Tabiiy resurslarni kamayib va yo`qolib borishi hamda tabiiy obyektlarning ifloslanishi ekologik tizimlarning buzilishiga va ekologik inqirozlarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Chunki kichik va katta ekologik tizimlarning aylanishi zanjirida turgan biron bir tabiiy obyektning yo`qolishi yoki uning ekologik xususiyatini ifloslanish natijasida kamayib qolishi tabiatni o`z-o`zini asrash, tashqi kuchlarga qarshi turish (buferligi) va qayta tiklanish xususiyatlarini yo`qotib qo`yadi. Ekologik inqiroz - jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit holatini yomonlashib borishi, davlat boshqaruv va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan holatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo`qolishi, ya'ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit falokati. Ekologik inqirozga misol bo`lib Orol dengizi va uning atrofidagi holatni olsak bo`ladi. Qachonlardir dunyoda eng katta ko`llar toifasiga kirgan Orol dengizi 30-40 yil ichida eng sho`r, ifloslangan va xalq xo`jaligi ahamiyatiga kam ega bo`lgan o`rtacha ko`llar toifasiga kirib qoldi. Buning asosiy sabablaridan biri Amudaryo va Sirdaryo suv rejimini keskin o`zgarish, ya'ni 1982-1983 yillarga kelib ularning Orolga suv qo`yishining 12-13 barobarga kamayib ketishidir. 1 Menyayushiysya mir: geograficheskiy podxod k izucheniyu. Sovetsko-amerikanskiy proyekt. Moskva-Arizona, 1991 Natijada suv sathi 16 metrga, suv yuzasi 2 barobarga, suv hajmi 4 barobarga kamayib ketdi. Suvdan qurigan yuza 3.3 mln.gektarni tashkil qilgani holda deflyatsiya (shamol eroziyasi) natijasida tuzlar minglab kilometrgacha bo`lgan masofada atrof muhitni ifloslantirdi, natijada Amudaryo va Sirdaryo suvlarini og`ir metallar, pestitsid, gerbitsid kabi kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va sho`rlanishi natijasida ularning suviniichimlik suvi sifatida foydalana bo`lmasligini mutaxassislar isbot qilib berishdi. Qachonlardir baliqchilik va ov qilish maskani bo`lgan qo`yi Amudaryo qurigan qoldiq ko`llar va sho`rlangan tuproqlar maskaniga aylanib qoldi. Mustaqil O`zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikdagi sayil-harakatlari tufayli 1995-1997 yillarda kelib Orolga suv qo`yilishi 15-17 kub km.gacha ko`paytirildi. Yopiq xavzaning suv taqsimoti xalqaro shartnoma va deklaratsiyalar orqali tartibga solinmoqda. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli fanda yangi ta'limotni - "Ekologiya"ni yuzaga keltirdi. Birinchi bor "ekologiya" so`zini (grekchada "oikos" - uy, yashash joyi, "logos" - fan, ta'limot) fanga nemis biolog olimi Ernest Gekkel tomonidan olib kirilgan. Charlz Darvinning tirik organizmlarning evolyutsion rivojlanish qonuniyatlarini keng tadbiq qilgan E.Gekkel 14 sentabr 1866 yil "Umumiy morfologiya" kitobining so`z boshida ekologiya haqidagi fikrlarni bayon etgan. Bu fan sohasi aynan XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropa qit'asining eng rivojlangan qismida biolog olimlar tomonidan e'tirof etilishi bejiz emas edi, chunki o`sha vaqtda ayni sanoati burkirab rivojlangan Germaniyada atrof tabiiy muhit holatining keskin ravishda yomonlashuvi Rur xavzasida ekologik inqirozli vaziyatini yuzaga kelishi, kishilar va tirik organizmlar hayoti bilan shug`ullanuvchi aynan biologlarni tashvishga solishga va yangi fanni olg`a surushga asos bo`ldi. Shunday qilib "Ekologiya" tor ma'noda - uyimiz haqidagi ta'limot bo`lsa, keng ma'noda - tirik organizmlar yashaydigan makon haqidagi ta'limotni anglatadi. Shu kunda bu fan sohasi tirik organizmlarning o`zaro va ular atrofini o`rab turuvchi tabiiy muhit bilan munosabatlar yoki aloqadorlik qonuniyatini o`rganadi. Xo`sh savol tug`iladi, iqtisodiy munosabat shaklida ekologik qonunlar bo`lganmi? Bo`lgan bo`lsa, nima uchun ular bunday inqirozlarni oldini olmagan? Biz aytib o`tdikki jamiyat va tabiat o`rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli insoniyat tarixi davrining juda katta qismini o`z ichiga oladi. Qadimgi diniy va mistik kitoblarda atrof tabiat insonning yashash makoni haqidagi fikr va mulohazalar, xattoki majburiy me'yoriy ko`rsatmalar bo`lib kelgani haqida ma'lumotlar beradi. Undan tashqari, yuzlab ekologik qonunlarni o`z ichida aks ettirgan Sovet Qonunchiligi tizimida1 ham tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish normalari ko`rsatilgan edi. Lekin insonlarning iqtisodiy tafakkurlari yoki siyosiy talablari har qanday ekologik talabdan yuqori edi. Shuning uchun ham ekologik qonunlar o`z yo`lida, insonlarning yoki davlatlarning 1 Ob oxrane okrujayushey sredi. Sbornik dokumentov partii i pravitelstva 1917-1981gg. – M.: Politicheskaya literatura, 1981 raqobat, boskinchilik, boyish va qo`shimcha bozorlarni egalash siyosati o`z yo`sinida ketar edi. Iqtisodiy munosabat shakli davriga xos ekologik qonunlardan Mazovlarning XIII-XIV asrlarda "O`rmon, tur, zubr va tarpanlarni muhofazasi", litva knazi Sigizmund-II ning "Volok nizomi"da baliqlarning urchish davrida ov qilish man etilgan. XIV asrda Fransiyada "Suvlar va o`rmonlar" maxsus boshqarmasi tuzilgan bo`lib, uning vazifasi o`rmonlarni muhofaza qilish edi. Qadimgi Vilgelm podshoxligi davrida kiyik, yovvoyi chuchqa va xattoki quyonlarni o`ldirganlari uchun kishilarga o`lim jazosi belgilangan. Ammo bu qonunlar umumiy atrof tabiiy muhitni emas, balkim feodal mulkni saqlab qolish va muhofaza qilishga qaratilgan edi. Tabiatni hududiy muhofazalash to`g`risida chora tadbirlar XVI asrda Daniya qiroli Xristian-III qaroriga binoan amalga oshirilgan. Xuddi shunday dengiz bo`yidagi qumlarni ko`chishidan saqlovchi qonunlar Prussiyada, Niderlandiyada, Fransiyada ham qabul qilingan. XIX va XX asrning birinchi yarmida ham alohida bir tabiiy obyektlar yoki integral-hududiy obyektlar bo`yicha yuzlab qonunlar va shunga asosan boshqaruv va nazorat organlari tashkil etildi. Lekin ularning boshqaruv va nazorat funksiyalari siyosiy axvolga karab o`zgarib turar va ular ayrim mulk egalariga xizmat qilar edi xolos. Yer kurrasida ekologik inqirozli obyekt va hududlarning kengayishi, ommaviy kasalliklarni ko`payishi XX-asrning ikkinchi pallasiga kelib kishilar e'tiborini tabiatga qarashga majbur etdi. Yevropa, Ayrim Osiyo va Shimoliy Amerika mamlakatlarida nafaqat tabiatdan samarali foydalanish, balkim uni asrashga bag`ishlangan bir qator qonunlar qabul qilindi va o`sha asosida ekologik chora tadbirlar amalga oshirildi. Natijada tabiat bilan jamiyat o`rtasida yangi munosabat - iqtisodiy-ekologik shakl yuzaga keldi. Jamiyat va tabiat o`rtasida iqtisodiy-ekologik munosabat shakli - mavjud ekologik tizimni saqlab qolish darajasidagi kishilarning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan hayot tarzi. Amerika Qo`shma shtatlari, Yaponiya, Shvetsariya, Germaniya, Shvetsiya kabi mamlakatlar ekologik qonunchichlik tizimi ekologik munosabat shakliga moslashtirilgan bo`lib, davlat tomonidan kishilarning har qanday ekologik chora- tadbirlari to`lig`icha qo`llab quvvatlaniladi. Tabiiy resurslarni kamaytirish, tabiatni ifloslantirish nafaqat fuqarolarga, balki davlat idoralari xodimlariga ham na moddiy va na ma'naviy foyda keltirmaydi. Masalan, AQSH "Atrof tabiatni muhofaza qilish milliy siyosati" (NEPA) qonuniga binoan hamma jismoniy va yuridik shaxslar (davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ham) biron bir tabiiy obyektdan foydalanishlaridan avval turli ko`rinishdagi test sinovlaridan o`tishadi va tabiatga ko`rsatishi mumkin bo`lgan "Ariza"ni topshiradilar. Bu test sinovlar natijasining boshidayoq 10 % "Arizalar" sudlar ish faoliyatiga kirib qoladi. Prezident ijroiya ko`mitasi qoshidagi tabiatni muhofaza qilish Kengashi har oyda Kengashga kelib tushgan "Arizalar" ro`yxati va sudlarning qabul qilgan qarorlari to`g`risida ochiq ma'lumotnomalar e'lon qiladi. Undan tashqari tabiatni muhofaza qilish bo`yicha har bir Amerika shtati o`ziga yarasha qonun qabul qilish imkoniga ega. Chunki shtatdagi ekologik holat avvalam bor mahalliy aholiga ta'sir qilishi qonunchilik tizimni belgilab beradi. Mustaqil O`zbekiston Respublikasining ilk bor qabul qilgan qonunlaridan biri "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi qonuni. Bu qonun 9 dekabr 1992 yil O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir qatorda qabul qilingan bo`lib, undagi prinsip va me'yorlar tabiat bilan jamiyat munosabatlari o`zaro uyg`unlashgan holda bo`lishini taqazo qiladi. Mamlakatimiz yosh, tez suratlar bilan ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga tomon olg`a borayotgan davlatlar toifasiga kiradi. Iqtisodiy rivojlanish, vaqtinchalik, juda boy (100 ga yaqin mineral xom ashyo turidan foydalaniladi) tabiiy resurslardan foydalanishga suyangan holda amalga oshmasdan iloji yo`q. Shuning uchun ham milliy qonunchiligimiz orqali tabiat inomlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish shakli iqtisodiy-ekologik ko`rinishdadir. Qabul qilingan ekologiyaga oid 20 ziyod qonunlar tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asosi bo`lib xizmat qila oladi, lekin bu qonun me'yorlarini hayotga tadbiq qilishning iqtisodiy, huquqiy, siyosiy chora-tadbirlarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb masalalari turkumiga kiradi. Tabiiy muhitni inqirozga, ijtimoiy muhitni falokatga olib kelmaslik uchun biz yaqin kelajakda ekologik munosabat shakliga o`tib olishimiz kerak. Jamiyat va tabiat o`rtasidagi ekologik munosabat shakli deb biz kishilarni tabiat resurslardan o`ta samarali foydalanishga, qayta tiklash va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan hayot tarzini tushunamiz. Bunday hayot tarzi mavjud ekologik tizimni sog`lomlashtirishga olib keladi. Ekologik munosabat shaklida davlatning boshqaruv tizimi avvalam bor ekologik nobop hudud va obyektlarni tiklashga qaratilgan bo`ladi. Bu yerda ishlab chiqarish texnologiyasi birinchi navbatda kam chiqitli yoki yopiq holda bo`lishni talab etadi. Ekologik ong va madaniyat kishilarning jamiyatda tutgan o`rnini belgilovchi mezon omili bo`lib qoladi. Ekologik qonunlar va normativ xujjatlar nafaqat bevosita, balki bilvosita ham ekologiyalashtirilgan va amaliy tadbiqi mexanizmiga to`liq asoslangan bo`lishini talab qiladi. Tabiiy resurslardan foydalanishni cheklash va tabiiy obyektlar "rekonstruksiyasi" bir mamlakat miqyosida emas, balkim ekologik xavfli hududlar bo`yicha amalga oshiriladi va ular davlat tomonidan alohida muhofaza etish obyektiga kirishini taqazo qiladi. Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling