Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


Xalqaro jinoyat huquqining asosiy manbalari


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

1.3. Xalqaro jinoyat huquqining asosiy manbalari 
 
Huquqning umumiy nazariyasiga muvofiq,  huquq manbasi  
 deganda huquqiy normalarning mustahkamlanish (tashqi 
ifoda) shakli, keng ma noda esa,  huquq manbai  ifodasi o zida 
yuridik majburiy xulq-atvor qoidasini namoyon etadigan va bu 
qoidaga huquqiy norma xususiyatini beradigan (masalan, Kons-
titutsiya, qonun, farmon, davlat vakolatli organlarining qarori 
yoki farmoyishi va boshqalar) shaklidir. 
Xalqaro huquq manbalari o zida xalqaro munosabatlar sub-
yektlarining xulq-atvor qoidalarini namoyon etadigan va ushbu 
qoidalarga xalqaro-huquqiy normalar xususiyatini joriy qila-
digan shaklidir. 
Xalqaro huquq manbalari doirasini belgilashda BMT Xalq-
aro Sudi Statutining 38-moddasiga muvofiq nizolarni xalqaro 
huquq asosida hal etar ekan, xalqaro sud Konvensiyalarini, 
xalqaro huquqiy odatlarni, madaniyatli millatlar tomonidan tan 
olingan huquqning umumiy prinsiplarini qo llaydi. Huquqiy 
normalarni belgilash uchun qo shimcha vosita sifatida sud 
qarorlari va eng malakali mutaxassislarning nazariyalari (doktri-
nalari) qo llanilishi mumkin
1
.  
Professor A.X. Saidov fikriga ko ra, keyingi paytlarda Xalq-
aro Sud Statutining 38-moddasi asosli tanqidlarga uchramoqda 
va buning hayratlanarli joyi yo q. Chunki, ushbu modda birinchi 
jahon urushidan so ng xalqaro odil sudlov doimiy palatasi 
uchun yaratilgan edi. Xalqaro tashkilotlarning soni juda kam 
bo lgan, ayni chog da alohida olimlarning asarlari katta obro  
qozongandi
2

                                                
1
  Qarang: Birlashgan Millatlar tashkiloti Ustavi//Inson huquqlari bo yicha xalqaro 
shartnomalar./ Mas ul muharrir A.X. Saidov.   T.: 2004.   26-bet. 
2
  Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirgi zamon xalqaro huquq nazariyasi asoslari (o quv 
qo llanma).   T.: O zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007.    50-bet.  


 
31 
Hozirgi zamon xalqaro huquqi manbalari tizimi quyidagi 
uchta guruhga jamlangan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling