Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning 
analoglari
 kimyoviy tuzilishi va xossalariga ko ra giyoh-
vandlik vositalari va psixotrop moddalarga o xshash, ular sin-
gari ruhiyatga faol ta sir etuvchi, kelib chiqishi sintetik yoki 
tabiiy moddalar; 
preparat
 moddalarning har qanday fizik holatdagi, tar-
kibida bitta yoki bir nechta giyohvandlik vositalari yoxud psixo-
trop moddalar bo lgan aralashmasi. 
zbekiston Respublikasida nazoratga olinishi lozim bo l-
gan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar 
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar ro y-
xatiga kiritiladi. Ular davlat tomonidan ko riladigan nazorat 
choralaridan kelib chiqib, quyidagi ro yxatlarga kiritiladi: 
1) I ro yxatga   O zbekiston Respublikasida muomalada 
bo lishi (ular O zbekistonda ishlab chiqarilgan yoki chiqarilma-
ganidan qat i nazar) O zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari 
hamda O zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan 
taqiqlangan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar kiradi
2) II ro yxatga   O zbekiston Respublikasida muomalada 
bo lishi cheklangan va O zbekiston Respublikasi qonun hujjat-
lari hamda O zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomala-
riga muvofiq nazorat choralari belgilangan giyohvandlik vosita-
lari va psixotrop moddalar kiradi
3) III ro yxatga   O zbekiston Respublikasida muomalada 
bo lishi cheklangan va O zbekiston Respublikasi qonun hujjat-
lari hamda O zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomala-
                                                
1  Izoh: O zbekiston Respublikasi JK Maxsus qismi sakkizinchi bo limi (atamalar-
ning huquqiy ma nosi)ga ko ra, perekursorlar   BMTning  Giyohvandlik vositalari 
va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash 
to risida gi 1988-yil-gi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har 
qanday modda. 


 
103 
riga muvofiq ayrim nazorat choralari istisno etilishi mumkin 
bo lgan psixotrop moddalar kiradi; 
4) IV ro yxatga   O zbekiston Respublikasida muomalada 
bo lishi cheklangan prekursorlar kiradi. 
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar 
ro yxatlari O zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-
nidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda e lon qilinadi. 
zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalarining muo-
malada bo lishini nazorat qilish va qonunga xilof ravishda ular 
bilan muomala qilganlik uchun javobgarlik belgilash majburiyat-
lari O zbekistonning xalqaro huquqiy shartnomalaridan kelib 
chiqadi. Bugungi kunda respublikamiz  Giyohvandlik vositalari 
to risida gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasi va 
1972-yilda unga kiritilgan o zgartirishlar,  Giyohvandlik vosita-
larining qonunga xilof ravishda muomalada bo lishiga qarshi ku-
rash to risida gi BMTning 1988-yilgi Konvensiyasiga qo shil-
gan. 
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonun-
ga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar O zbekis-
ton Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko ra (XIX bob.  Giyoh-
vandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof 
ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar ) jinoyat hisob-
lanib, unga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilangan.
1
  JKning 
ushbu bobiga kiritilgan mazkur jinoyatlar giyohvandlik vosita-
lari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilish 
sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qo riqlashga qaratilgan. Bu 
normalarning maqsadi ular bilan qonunga xilof ravishda muo-
mala qilishga qarshi harakat qilish, fuqarolarning sog lig ini saq-
lash va davlat xavfsizligini ta minlashdan iborat.
 
                                                
1  Qarang. O zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2012-yil 1-iyulgacha bo lgan 
zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr   O zbekiston Respublikasi Ad-
liya vazirligi.   T.: Adolat, 2012.   168 178-betlar. 


 
104 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling