Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Yadroviy moddalarni noqonuniy qo lga kiritish va ular-
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
Yadroviy moddalarni noqonuniy qo lga kiritish va ular-
dan foydalanishga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik Yadroviy moddalarni noqonuniy qo lga kiritish va ulardan foydalanish jinoyatiga qarshi xalqaro miqyosida 1980-yil 3-martda 1 O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 7 8-son, 212-modda 2 O zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 1-son, 38-modda 105 Yadroviy moddalarni jisman himoya qilish to risida gi Kon- vensiya qabul qilindi. Konvensiyada dushmanlik maqsadida yad- roviy moddalarni g arazli maqsadlarda o irlash va tarqatishning xavfliligini hisobga olib, himoya tartibi, jinoyatchilarni ushlab berish va javobgarlikka tortish tartibi aniq belgilab berilgan. Shuningdek, Konvensiyada tegishli organlarning ruxsatisiz bunday materiallarni egallash jazolanishi kerak bo lgan huquq- buzarlikdir, deb e lon qilingan. Atrof-muhitga jiddiy zarar etka- zadigan yadroviy materiallarni olish, egallash foydalanish, berib yuborish, shuningdek, bosqinchilik yo li bilan yadroviy material- larni qo lga kiritish, aldov yo li bilan yadroviy materiallarni olish yoki o zlashtirish qat iyan man qilinadi. Bunday xarakatlar uchun jazo Konvensiya ishtirokchisi bo l- gan davlatlar yurisdiktsiyasi asosida amalga oshiriladi (8-modda). Yuqorida ko rsatib o tilgan huquqbuzarlikka qarshi kurash- dan asosiy maqsad yadroviy materiallarni noqonuniy egallash va foydalanish natijasida kelib chiqadigan xavfning oldini olishdir. Shuningdek, bu borada 1972-yil 10-aprelda qabul qilingan Bakteriologik (biologik) va toksik qurol-yarog larni ishlab chi- qish, tayyorlash va to plashni man etish hamda ularni tugatish tog risida gi 1 , Kimyoviy qurolni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va qo llashni taqiqlash hamda uni yo q qilish haqida gi 2 1993-yil- gi Konvensiya, Yadro sunovlarini yalpi ta qiqlash to risidagi Shartnoma 3 lar qabul qilingan. 1 London, Vashington, Moskva, 1972-yil 10-aprel. O zbekiston Respublikasi mazkur hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 185 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan. // O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axbo- rotnomasi, 1995-y, 12-son, 275-modda. 2 Parij, 1993-yil 13-yanvar. O zbekiston Respublikasi mazkur hujjatni O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 236 I-sonli Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilingan. // O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotno- masi, 1996-yil, 5 6-son, 74-modda. 3 O zbekiston Respublikasi mazkur hujjatni O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning 1997-yil 25-apreldagi 432 I-sonli Qaroriga muvofiq ratifikatsiya qilgan.// zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-son, 136-modda. 106 zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida yadroviy mod- dalarni noqonuniy qo lga kiritish va ulardan foydalanish jinoyat hisoblanib, qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi belgilangan bo lib, xususan, kontrabanda (246-modda), o qotar qurol, o q- dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonun- ga xilof ravishda egallash (247-modda), qurol, o q-dorilar, port- lovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravish- da egalik qilish (248-modda), o qotar qurol yoki o q-dorilarni be- parvolik bilan saqlash (249-modda), portlash xavfi bo lgan mod- dalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini bu- zish (250-modda), pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muo- malasi (250 1 -modda), yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalari- ni buzish (255-modda), bakteriologik, kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to p- lash, olish, birovga o tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egal- lash va ular bilan boshqa xarakatlarni sodir etish (255 1 -modda) jinoyat hisoblanib, qonunga muvofiq javobgarlikka asos bo ladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling