Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi. 
Davlatlar-
ning jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha hamkorligini muvo-
fiqlashtirish BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga yuklatil-
gan. EKOSOS doirasida bir qancha yordamchi organlar masalan, 
Giyohvandlik vositalari bo yicha Komissiya, Xalqaro terrorizm 
bo yicha Komissiya, Jinoyatchilikning oldini olish va unga qar-
shi kurash bo yicha qo mitalar faoliyat ko rsatmoqda. 
                                                
1  Q.R. Abdurasulova. Kriminologiya. Darslik.   T.: TDYuI nashriyoti, 2008.   118
119-betlar. 


 
123 
1950-yilda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tarkibida Jinoyat-
chilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat 
bildirish bo yicha ekspertlar Qo mitasi ta sis etildi. 1971-yilda  
u jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish Qo mi-
tasi, 1993-yilda esa, Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ad-
liyasi bo yicha  Komissiya deb qayta nomlandi. Mazkur nufuzli 
tashkilot jinoyatchilikka qarshi yanada samarali kurash olib bo-
rish va huquqbuzarlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida 
bo lishga qaratilgan tavsiya va takliflarni taqdim etadi. Ushbu 
Komissiya tarkibiga BMTga a zo bo lgan 54 ta davlat vakillari 
kiritilgan va ular 3 yil muddatga saylanadi. BMT Assambleyasi 
tomonidan makur organ zimmasiga har 5 yilda bir marta Jino-
yatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosa-
bat bo yicha BMT kongresslarini tayyyorlash vaifasi yuklatilgan. 
Komissiya o z faoliyatida: 
-  BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar 
bilan muomalada bo lish kongresslarini tayyorlash;  
- BMTning Jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha olib 
boradigan tadbirlarini rejalashtirishni belgilash; 
-  davlatlarning suveren tengligi va ichki ishlariga aralash-
maslik prinsiplari asosida, BMTning vakolatli organlariga Jino-
yatchilikning oldini olish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo yicha 
dasturlarni tayyorlash va tasdiqlash uchun taqdim etish
-  jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo yicha shug ul-
lanayotgan BMT organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun 
EKOSOSga yordam ko rsatish, shuningdek, BMTning Bosh koti-
biga va boshqa organlariga ma ruzalar, tavsiyalar va qarorlar 
tayyorlash va taqdim etish; 
-  BMTga a zo davlatlarning Jinoyatchilikning oldini olish 
va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish sohasida yig ilgan 
tajribalarini almashishga ko maklashish; 
-  jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkor-
lik asosini tashkil etuvchi, jumladan, jinoyatchilikning oldini olish 
va jinoyatchilikni qisqartirish bo yicha murakkab va muhim ma-
salalarni muhokama qilish


 
124 
-  jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko rib chi-
qishda odil sudlovlarni amalga oshirishning asosiy prinsiplarini 
ishlab chiqish. 
Ushbu komissiya BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil 
51-sessiyasida  Jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi to risida gi 
Deklaratsiyani qabul qildi. 
Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha 
Qo mitaning muhim xizmati shundaki, u tomonidan BMTning 
jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga nisbatan 
munosabati bo yicha o n ikkita Kongressi (1955 2010-yillar) o t-
kazilgan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling