Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
18.Xalqaro jinoyat huquqi
n ikkinchi Kongress
2010-yilda Braziliyaning Salvador shahrida o tkazildi. Ushbu kongressning kun tartibidan bolalar, yoshlar va jinoyat, terrorizm, odam savdosi va migrantlar kontra- bandasi, kiberjinoyatchilik, jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha xalqaro hamkorlik masalalari o rin oldi. Bulardan tashqari Kongresslarda davlatlarning jinoyatchilik- ka qarshi kurashishdagi xalqaro hamkorligiga bag ishlangan prin- sipial masalalar ko rib chiqildi va ular yuzasidan muhim tavsiya- lar qabul qilindi. Kongresslar har besh yilda o tkaziladi. Kon- gress ishida qatnashuvchi davlatlar jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha mutaxassislarni delegat qilib jo natadilar. Bundan tash- qari, Kongress ishida BMTning ixtisoslashgan muassasalaridan va boshqa xalqaro tashkilotlardan vakillar ishtirok etadi. Kongress vakolatlariga quyidagilar kiradi: jinoyatchilikning oldini olish bo yicha hamkorlikning bosh yo nalishlarini belgi- lash; bu muammolarni hal etish bo yicha dastur va tavsiyalar ishlab chiqish; jinoyatchilikning tarqalishiga qarshi kurash va uning oldini olish bo yicha BMTga a zo davlatlar hamkorligini muvofiqlashtirish va tajriba almashishiga yordam berish, bu sohadagi xalqaro hamkorlikning asosiy prinsiplarini belgilash. Davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishga hamkorli- gini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo yicha BMTning Jino- yatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha Qo mi- tasining o rni muhim ahamiyat kasb etib, Qo mita 27 nafar eks- pertdan iborat bo lib, IIKning Ijtimoiy rivojlanish Komissiyasiga hisobot beradi. Qo mita sessiyasi ikki yilda bir marta o tkazila- di. Qo mitaning sessiyasida jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi BMTning boshqa organlari, ixtisoslashgan tashkilotlarning vakil- 127 lari, Interpol, Yevropol shuningdek, xalqaro nohukumat tashki- lotlarning vakillari ishtirok etadi. Qo mitaning asosiy vazifalari: 1) jinoyatchilikning oldini olish bo yicha BMT Kongresslari sessiyasini tayyorlash; 2) jinoyatchilikning oldini olish bo yicha xalqaro hamkorlik dasturini tayyorlash; 3) jinoyatchilikning oldini olish bilan shug ullanuvchi BMT organlarining faoliyatini muvofiqlshtirish bo yicha BMT Bosh kotibiga va EKOSOSga yordam ko rsatish hisoblanadi. Jinoyatchilikning oldini olish masalalari bilan BMT Bosh kotibi ham shug ullanadi. U BMT Bosh Assambleyasi sessi- yalarida jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash choralari to risida ma ruzalar qiladi 1 . BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bilan shug ullanuvchi organlari orasida Milliy korrespondentlar instituti alohida o rinni egallaydi. 1950-yili tashkil topgan va davlatlar milliy yurisdiksiya sohalarida yuqori kvalifikatsiyaga ega shaxslarni ushbu organga o zlarining vakili qilib tayin- laydilar. Korrespondentlar BMT organlariga, BMT Bosh kotibiga ularning davlatlari jinoyatchiligining oldini olish va unga qarshi kurashda qo llanayotgan usul va vositalar, amaliy choralar haqida axborot beradi. Shuningdek, o z mamlakatlarining jinoyatchilik- ka qarshi kurashuvchi organlariga xalqaro miqyosida jinoyatchi- likka qarshi olib borilayotgan kurashning bosh yo nalishlari haqida axborot beradi 2 . BMT qoshida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbu- zarlar bilan munosabatda bo lish masalalari bo yicha bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari tuzilgan bo lib, ular quyidagilardir: Xalqaro miqyosda jinoyatchilikning oldini olish Markazi (Vena markazi); BMTning jinoyatchilik va odil sudlov bo yicha Rim 1 Batafsil qarang: BMT Ustavi. XV bob, 97 101 moddalar. Qarang: Ìåæäóíàðîäíîå ïðàâî (Ïîä. ðåä. Í.Ò. Áîëîòîâîé) M.: 1987. C. 334. 2 Odilqoriyev X.T. Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (xalqaro ommaviy huquq), Darslik. T.: 2002. 370 371-betlar. 128 mintaqaviy ilmiy tadqiqot instituti; Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish bo yicha Tokioda joylashshgan Osiyo va Uzoq Sharq instituti, Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha Xelsinki instituti, Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala- da bo lish bo yicha BMTning Afrika instituti; Xavfsizlik masala- lari bo yicha El-Rioda joylashgan Arab ilmiy-tadqiqot va o quv markazi, Avstraliya (Kanberra) kriminologik instituti, Jinoyat qonunchiligi islohotlari va jinoyat ishlari bo yicha odil sudlovni olib borish Kanada (Vankuver) Xalqaro markazi, BMTning Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan munosabatda bo lish bo yicha Instituti (YUNLAI). Bu institut va markazlar jinoyatchilikka qarshi kurash- ning samarali choralarini ishlab chiqish va o z faoliyatlarini xalqaro darajada muvofiqlashtirishda muhim rol o ynaydi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling