Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


BMTning odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

BMTning odil sudlovni amalga oshirish sohasidagi 
xalqaro standart qoidalari 
BMT odil sudlovni amalga oshirish sohasida ham bir qator 
xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqqan. Shulardan ayrimlarini 
ko rib chiqamiz. 
1. Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsip-
lari
. 1985-yil BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquq-
buzarlar bilan muomala qilish bo yicha VII kongressi Sud or-
                                                
1  Abdulla Mamatqulov. Xalqaro huquq. Darslik.   T.: Adolat, 1997.   243 246-betlar. 


 
131 
ganlari mustaqilligining asosiy prinsiplarini
1
 qabul qilgan. Ushbu 
xalqaro hujjat 6 bo lim 20 ta banddan iborat bo lib, sud xodim-
lari faoliyatining barcha tomonlarini qamrab olgan: qonuniylik; 
odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; sudya-
larning mustaqilligi; sudyalarning daxlsizligi; malaka, tanlov, va 
tayyorlov; sud ishlarini yuritishda tortishuvlik prinsiplari o z 
ifodasini topgan. Ushbu prinsiplar O zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi,  Sudlar to risida gi Qonun
2
 va boshqa bir 
qator qonun hujjatlarida
3
 o z ifodasini topgan. O zbekiston Res-
publikasi Konstitutsiyasi va  Sudlar to risida gi Qonunga mu-
vofiq jinoyat ishlari bo yicha odil sudlovni faqat sud amalga 
oshiradi.  
zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida 
zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimi-
yatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga 
bo linishi prinsipiga asoslanishi belgilangan. Konstitutsiyaning 
112-moddasida:  Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo y-
sunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasi-
dagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo l qo yilmaydi va 
bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo -
ladi. Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi ,   deb 
belgilangan.  
                                                
1  
BMTning Milan  shahrida 26-avgustdan 6-sentabrgacha  bo lib  o tgan Jinoyat-
chilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo yicha VII kon-
gressida qabul qilingan hamda BMT Bosh Assambleyasining 1985-yil 29-noyabr-
dagi 40/32 va 1985-yil 13-dekabrdagi 40-146-rezoltyutsiyalari bilan ma qullangan.
 
zbekiston Respublikasi ushbu hujjatga O zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 30.08. 1997-yil 30-avgustdagi 508 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan. 
// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 
264-modda. 
2  Sudlar to risida gi O zbekiston  Respublikasi Qonuni./ O zbekiston  Respub-
likasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 162 II-son.  
3  O zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: (2013-yil 1-fevralgacha   
bo lgan o zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr   O zbekiston Respubli-
kasi Adliya vazirligi.   T.: Adolat, 2013.   728-bet.  
 


 
132 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling