Didaktika asosini ta’lim prinsiplari tashkil etadi. Prinsip
Download 38,61 Kb.
|
tamoil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi.
Didaktika asosini - ta’lim prinsiplari tashkil etadi. Prinsip - rahbar g‘oya, asosiy qoida, faoliyatga, xulqqa nisbatan qo‘yilgan asosiy talabdir. Ta’lim prinsipi - ta’lim jarayoniga quyiladigan asosiy talabdir.
1-jadval Ta’lim prinsiplariga quyidagilar kiradi Ta’limning tarbiyaviy xususiyati prinsipi. Bu prinsip bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
-shaxsda ma’naviy fazilatlarni, intizomlilikni, qatiyatlilikni va mehnatsevarlikni tarbiyalash;
Bu yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi o‘ziga quyilgan quyidagi talablarga to‘liq rioya qilishi kerak: Birinchidan. 0‘quvchining dunyoqarashi, uning nuqtai nazari, e’tiqodi qanday shakillanishini bilishi kerak. 0‘quvchi faqatgina darslik doirasida o‘ralib qolmasligi uchun, keng doirada fikrlash, tasavvur qilish qobiliyatini shakllantirish zarur. Ikkinchidan. 0‘quvchi shaxsining ma’naviy, mehnatsevarlik, nafosatlilik fazilatlarini takomillashtirishda har bir darsning ahamiyatini tushuntirib borishi kerak. Uchinchidan. 0‘quv jarayonida o‘quvchilarda his -tuygularning paydo bo‘lishi, yuzaga chiqishi va ifoda etilishini ta’minlash lozim. To ‘rtinchidan. 0‘quvchilardagi qobiliyatlarni yuzaga chiqishini ko‘ra bilish va ularni takomillashishi uchun shart-sharoitlar yaratishi zarur. Har bir o‘qituvchi mashg‘ulotni yuqorida aytilgan talablarga rioya qilgan holda tashkil etsa, ta’limning tarbiyaviy xususiyati maktab o‘kuvchisi shaxsini shakllantirishda asosiy ta’sirchan omil bo‘lishi amalga oshadi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling