Didaktika asosini ta’lim prinsiplari tashkil etadi. Prinsip


Ta’limning ilmiylik prinsipi


Download 38.61 Kb.
bet2/4
Sana14.01.2023
Hajmi38.61 Kb.
#1092933
1   2   3   4
Bog'liq
tamoil

Ta’limning ilmiylik prinsipi. Bizni qurshab turgan borliqni bilish jarayoni murakkab, ziddiyatli bo‘lishi, har-xil bosqichlarni, shakllar va turlarni o‘z ichiga oladi. Ilmiy bilish narsaning tashqi tasviridan uning ichki tuzilishini tasvirlashga o‘tishidan iboratdir.

Ilmiy bilimlar qonuniyatlar sari, nazariya sari olib boradi.
Ilmiylik prinsipi ilmiy bilimlarning o‘quv faoliyatidagi o‘rnini ochib beradi.
Agar o‘quv materiali narsalarning faqat tashqi, kuzatiladigan xususiyatlarini yoritsa, bunday bilim ilmiylik darajasiga yetmagan bo‘ladi.
Agar o‘quv materialni bilan qonunlar, tushunchalar, formulalar va teoremalar olami bilan tanishtirsa, bunday bilimlar ilmiy bilimlar deb atalardi. Ular o‘kuvchini aqliy rivojlantiradi. Faqat ana shunday bilimlardagina o‘quv fanining ilmiy mazmunini o‘zlashtirib olishga kelgusida esa fanni egallab, mehnatda faol ishtiroq etishga imkon beradi.

  1. Ilmiylik prinsipini amalga oshirishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim.

  • 0‘quvchilarni pedagogika, psixologiya, metodika fanlarining eng so‘nggi yangiliklari bilan tanishtirib borish.

  • 0‘quvchilarga o‘rgatilgan, berilgan har bir ilmiy tushuncha doimiy ravishda takrorlantirilib borishi zarur.

  • Ilmiy bilish metodlaridan foydalangan holda, o‘quvchilarda mantiqiy tafakkurni o‘stirish va ularni ijodiy ishga tayyorlash.

  • Doimiy ravishda o‘quvchilarni yetakchi olimlarni hayoti va ijodi va ilm- fanga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirib borish kerak.

  • Dars jarayonida yangi ilmiy iboralardan foydalaning va eng so‘ngi ilmiy kashfiyotlar haqida tushunchaga ega bo‘ling.

  • 0‘quvchilarni qidiruv-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlang. Ularni eng oddiy tajribalarni o‘tkazish asoslari bilan tanishtiring.

  1. Ta’limning tizimlilik prinsipi. Ta’limning tizimlilik prinsipi o‘quvchilardagi ilmiy bilimlarni mustahkam va chuqur bo‘lishiga asoslanadi. 0‘quvchilardagi atrof-muhat to‘g‘risidagi bilimlar, o‘quv materiallari o‘quv jarayonida ketma-ketlik asosida chuqurlashtirilib borilsagina ularda mantiqiy fikrlash rivojlanib boradi va ular o‘quv materialini oson o‘zlashtiradilar.

0‘quvchi bilimlarining ilk manbaini, narsalarning, hodisalarning o‘zaro munosobatlarini tasavvur eta bilishlari shart. 0‘quv materiali fanning maxsus ishlangan asoslari, qismlari, qoidalari, bo‘linmalaridan iboratdir.
Fandagi bilimlarning maktabdagi o‘kuv materialiga asos qilib olinishini to‘g‘ri tushinib yetish shart. 0‘quvchi tomonidan materialni o‘zlashtirish o‘qituvchining tushuntirish usullariga bog‘liqdir. 0‘qituvchining mahorati va yaxshi tayyorgarligi o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta va tizimli tarzda o‘zlashtirishga asos bo‘ladi.
Bir hildagi bilim turli xil metodlar, vositalar bilan berilishi mumkin. Bunda o‘kituvchi tushuntirishning eng maqbul metodini tanlab oladi.
0‘kuvchilarga bilim berish ularning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan reja asosida amalga oshirilishi shart.
Har bir mashg‘ulotda ta’lim tizimi mahsuldor bo‘lishi kerakligidir. Bu demak, rejadagi bilimni chuqur o‘rganish, fikrlash, xotirani, hissiyotni, tasavvurni tarbiyalash hamda o‘kuv faoliyati davomida paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan xislatlarni hosil qilishdir.
Amaliy faoliyatga tizimlilik va ketma-ketlik prinsiplarini tadbiq etishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

  • o‘quvchilarni bilimlarni o‘zlashtirishlari uchun dars jarayonida reja, sxema va jadvallardan foydalaning. 0‘quv materialini mantiqan tugallangan qismlarga ajrating va uni ketma-ketlik asosida ularga o‘rgatib boring;

  • darsda va dars rejasiga har tomonlama to‘liq ochib beriladigan masalalarni kiriting;

  • dars o‘tish jarayonida dars mazmunini ketma-ketligini buzilishiga yo‘l qo‘ymang;

  • ta’lim jarayonida fanlararo bog‘liqlikdan foydalaning;

  • ta’limda tizimlilik va ketma-ketlikni ta’manlash uchun o‘tilgan mavzularni tez-tez takrorlab boring;

  • takrorlashdan dars boshida o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirilish darajasini tekshirish va dars yakunida olingan ma’lumotni mustahkamlash maqsadida emas, balki dars davomida har bir qismni o‘tib bo‘lgandan so‘ng ham foydalanish zarur;

  • fanni bir bo‘limini o‘tib bo‘lgandan so‘ng umumlashtiruvchi va tizimga soluvchi dars o‘tkazing;

  • o‘quvchilarni og‘zaki javoblari va yozma ishlarida uchragan xatolarni doimiy ravishda xushmuomilalik va chidamlilik bilan to‘g‘rilab boring;

  • dars davomida o‘quvchilarni aqliy faolliklarini rivojlanish qonuniyatlariga, aqliy faollikni pasayishi va ko‘tarilish jarayonlarini to‘g‘ri rejalashtiring;

  • o‘quvchilarga yangi bilimlarni ketma -ketlik tarzida o‘rgating shundagina bu bilimlar o‘quvchilar ongida mustahkamlanib boradi.


  1. Download 38.61 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling