Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A


 Xalqaro jinoyat huquqining tamoyillari va o ziga


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/95
Sana05.01.2022
Hajmi0.68 Mb.
#226018
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95
Bog'liq
18.Xalqaro jinoyat huquqi

1.2. Xalqaro jinoyat huquqining tamoyillari va o ziga 
xos xususiyatlari 
 
Xalqaro huquqning mustaqil tarmog i va uning barcha bel-
gilariga ega soha sifatida xalqaro jinoyat huquqi xalqaro huquq-
ning boshqa sohalari hamda milliy qonunchilik bilan bog liqligi, 
huquqiy tartibga solish predmeti, jinoiy jazolanuvchi xatti-hara-
katlar xususiyatlaridan kelib chiquvchi o ziga xos xususiyat-
larga egadir. Bunday xususiyatlarga xalqaro jinoyat huquqining 
majmuaviy xarakterini, unda jinoyatlarning alohida tamoyillari, 
manbalari, subyektlari va boshqa belgilarining mavjudligi va ho-
kazolarni keltirish mumkin. Bunda jinoyat huquqining jinoyatga 
sheriklik, zaruriy himoya, keskin zarurat, jinoiy buyruq va 
boshqa umum tan olingan tartib-qoidalari g aroyib tarzda o z-
garadi. Xalqaro jinoyat huquqining o ziga xos xususiyatlarini 
quyida batafsilroq ko rib chiqamiz. 
Xalqaro jinoyat huquqining majmuaviy xususiyati xorijiy 
unsurli deb hisoblanuvchi jinoyatlar haqidagi ishlarni tergov 
qilish va sudda ko rib chiqish bo yicha munosabatlarni tartibga 
soluvchi jinoyat, jinoyat-ijroiya huquqining moddiy me yorlarini 
va jinoiy sud ishi yuritish me yorlarini yagona sohaga birlash-
tirishda namoyon bo ladi. Bunda avvaldan ustuvorlik protses-
sual me yorlarga berilgan. Masalan, V.E. Grabarning fikricha, 
Xalqaro jinoyat huquqi XX asrgacha asosan protsessual xusu-
siyatga ega bo lgan. Ushbu soha masalalari asosan ikki qism-
dan iborat: jinoyat qonunining (chegaraviy) ta siri (davlat hoki-


 
22 
miyatining jinoyat huquqiy ta siri chegarasi) va davlatlarning 
z jazo funksiyasini, ayniqsa, jinoyatchilarni topshirish yo li 
bilan amalga oshirishdagi o zaro hamkorliklari
1

Ayrim adabiyotlarda xalqaro-jinoyat huquqini moddiy va ji-
noiy protsessual huquqlarga ajratishni ham uchratish mumkin
2

biroq bunday ajratish, bizningcha, sun iy bo lib, bu haqda quyi-
da so z yuritiladi. 
Qo lga olish, jinoiy jazoni belgilash va o tash tartibini bosh-
qaruvchi xalqaro huquq me yorlari BMT tomonidan 1948-yil 
10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon Dekla-
ratsiyasi, 1966-yil 19-dekabrda qabul qilingan Fuqarolik va siyo-
siy huquqlar to risidagi xalqaro Paktda, 1955-yil 30-avgust-
dagi Mahbuslar bilan muomala qilishning minimal standart qoi-
dalarida, voyaga yetmaganlarga nisbatan sud qilishga oid BMT 
Minimal standartli qoidalari (Pekin qoidalari)da, har qanday 
shaklda qo lga olinuvchi va qamaluvchi barcha shaxslarni himoya 
qilish tamoyillari To plami va boshqa hujjatlarda keltiriladi
3

Yuqorida keltirilgan xalqaro-huquqiy qonun-qoidalar davlat-
larga quyidagilarga taalluqli xalqaro standartlar majmuini tav-
siya etadi: 
a) qamoqda saqlashning zaruriy shart-sharoiti;  
b) qiynoqlar, yomon muomala, g oyib bo lishlar va o zbo-
shimcha qatllarga yo l qo ymaslik
4

                                                
1
  Ãðàáàðü Â.Ý. Ìàòåðèàëû ê èñòîðèè ìåæäóíàðîäíîãî ïðàâà â Ðîññèè (1847
1917).   Ì.: 1956.   Ñ. 456.//Qarang: Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå 
ïðàâî (ó÷åáíîå ïîñîáèå).   Ì.: ÈÍÔÐÀ Ì, 1997.   C. 20.  
2
  Qarang: Ðåøåòîâ Þ.À. Áîðüáà ñ ìåæäóíàðîäíûìè ïðåñòóïëåíèÿìè ïðîòèâ 
ìèðà è áåçîïàñíîñòè.   Ì.: 1983.   Ñ. 207.; Ìýðîðè Ä., Ëàðèí À.Ì. Ìåæäó-
íàðîäíîå óãîëîâíî-ïðîöåññóàëüíîå ïðàâî.   Ì.: 1995. 
3
  Qarang. Huquqni muhofaza qilish organlariga oid xalqaro hujjatlar: to plam. 
/Mas ul muharrir A.X. Saidov.   T.: Adolat, 2004.   212-bet. 
4
  Izoh: O lim jazosini hozirda 58 ta mamlakat bekor qilgan. O zbekistonda o lim 
jazosi O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi PF 3641-son 
zbekistonda o lim jazosini bekor qilish to risidagi Farmoniga ko ra, 2008-yilning 
1-yanvaridan  boshlab  jazo  tizimidan  butkul  chiqarib  tashlandi  va  uning  o rniga  
umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy qilindi. O lim 
jazosi hozirda 77 ta mamlakatda, shu jumladan, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni, 
Yaponiya va AQShning 38 ta shtatida qo llanilmoqda. 


 
23 
d) sudlar, advokatlar va tibbiy xodimlarning roli;  
e) dastlabki qamashning muqobil ko rinishini joriy etish;  
f) voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish. 
Bundan tashqari xalqaro standartlar mahbuslarning irqiy, 
milliy jinsiy va boshqa asoslarga ko ra kamsitilishiga yo l qo y-
maslik; ular hibsga olinganida qarindoshlarini xabardor qilish; 
ozodlikdan mahrum qilishni boshqa jazo chorasiga almashtirish
tashqi dunyo bilan aloqa va hibsga olinganning advokatga ega 
bo lishi, u bilan muloqot qilishi, adolatli sud ishi hamda chiqaril-
gan hukmga e tiroz bildirish kabi huquqlarini amalga oshirish-
ning protsessual qoidalarini belgilaydi. Shuningdek, qamoqda 
saqlash sharoiti ham tartibga solinadi: ovqatlanish, saqlash xonasi
tibbiy xizmat ko rsatish, intizom va hokazolar. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling