Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari, majburiyatlarni vujudga kelish asoslari


Download 1.75 Mb.
bet89/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Majburiyat va majburiyat huquqi tushunchalari, majburiyatlarni vujudga kelish asoslari

Fuqarolik huquqining eng muhim kichik sohalaridan biri majburiyat huquqi hisoblanadi. Majburiyat deb shunday fuqarolik huquqiy munosabatga aytiladiki, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa – qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi.


Yuridik adabiyotlarda majburiyat atamasi bilan birgalikda burch atamasi borasida ham so‘z yuritiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq va burchlar borasida so‘z boradi. Ushbu atamalar teng ma’noli bo‘lib, fuqarolik huquqiy munosabatlarda har doim majburiyat atamasi qo‘llaniladi.
Majburiyat subyektlari, obyektlari, uning mazmuni majburiyatning eng muhim elementi hisoblanadi. Majburiyat subyektlari bu muayyan huquqlarga ega bo‘lgan va zimmasiga muayyan majburyatlar yuklangan shaxslardir. Odatda har bir majburiyatda kamida ikki taraf ishtirok etadi. Muayyan harakat qilinishini va muayyan harakatdan tiyilishni talab qilish ga haqli bo‘lgan taraf – kreditor (haqdor) deb ataladi. Muayyan harakatni qilishga yoki harakat qilishdan saqlanishga majbur bo‘lgan taraf esa – qarzdor (burchdor) shaxs bo‘lib hisoblanadi.
Majburiyat huquqiy munosabatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra nisbiy huquqiy munosabat hisoblanadi. Demak, kreditor faqat muayyan shaxsdan yoki shaxslarga nisbatan talab qo‘yish huquqiga ega. Majburiyat munosabatlarda kreditorning talab qilish huquqi va shunga muvofiq qarzdorni burchi nimaga qarata yo‘naltirilgan bo‘lsa u majburiyat obyekti hisoblanadi. Masalan, huquq va majburiyatlar biron-bir ashyoni olishga, topshirishga, muayyan pulni to‘lashga, ishni, xizmatni ijro etilishiga qaratilgan yuridik harakatlardan yoxud muayyan harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyish xulq-atvoridan iborat bo‘lishi mumkin.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling