Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet2/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

© Mualliflar jamoasi.
© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2017.
mundarija

KIRISH 4
GLOSSARIY 6


1-mavzu. FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI, TAMOYILLARI VA TIZIMI 14
2-mavzu. FUQAROLIK HUQUQINING MANBALARI 33
3-mavzu. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT 45
4-mavzu. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI SIFATIDA 60
5-mavzu. YuRIDIK ShAXSLAR 76
6-mavzu. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR IShTIROKChISI SIFATIDA 87
7-mavzu. FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI 98
8-mavzu. BITIMLAR 113
9-mavzu. VAKILLIK VA IShONChNOMA 125
10-mavzu. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR. DA’VO MUDDATI 138
11-mavzu. MULK HUQUQI 154
12-mavzu. XUSUSIY MULK HUQUQI 168
13-mavzu. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI 177
14-mavzu. UMUMIY MULK HUQUQI 185
15-mavzu. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLARNI HIMOYA QILISH 198
16-mavzu. MAJBURIYaT HUQUQI TUShuNChASI, TIZIMI, VUJUDGA KELISh ASOSLARI 209
17-mavzu. MAJBURIYATLARNI BAJARISH 224
18-mavzu. MAJBURIYATLARNING BAJARISHINI TA’MINLASH…………………………. 234
19-mavzu. FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK 248
20-mavzu. MAJBURIYaTLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK 261
21-mavzu. MAJBURIYaTLARNING BEKOR BO’LIShI 273
22-mavzu. Shartnoma TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR 285
KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilari bilan bog’liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish bilan bevosita bog’liqdir. Bozor munosabatlariga o’tish, iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochib berish, bozor infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.


Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksalmoqda, o’z mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish borasida amaliy ko’nikmalarga ega bo’lmoqda.
Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo’lmas darajada o’zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda1.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar fuqarolik huquqi fani oldiga g’oyatda muhim vazifalarni qo’ymoqda. Ma’lumki, fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy sohalaridan biri hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibida esa fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosiy mavqeni egallaydi. U mulkiy va shaxsiy huquqlar bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining yuridik jihatdan tengligiga asoslangan mulkiy, shaxsiy va tashkiliy munosabatlarni huquqiy tartibga solishda, shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqalarni shartnomaviy usulda tartibga solishda, ijodiy faoliyatni huquqiy muhofaza qilishda fuqarolik huquqi muhim o’rin tutadi. Zero, u kundalik amalga oshiradigan faoliyatimiz, o’zaro muloqotlar, tashkiliy-xo’jalik aloqalari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarimizni qondirish kabi ko’plab hayotiy munosabatlarni tartibga soladigan, o’rganadigan huquq sohasi sanaladi. Zero, fuqarolik huquqi alohida huquq sohasi, ilm-fan sohasi va o’quv predmeti hisoblanadi. Huquq sohasi ijtimoiy hayotdagi munosabatlarni tartibga solsa va mustahkamlasa, ilm-fan esa uni o’rganadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar va tub o’zgarishlar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar hamda O’zbekiston Respublikasi rezidentlari va xorijiy rezidentlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni dinamik xarakteri huquqshunos kadrlarga nisbatan yangidan-yangi qat’i talablar qo’ymoqda. Bu esa yuridik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul qilingan “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1990-son qarori g’oyatda muhim ahamiyatga molik huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ushbu Qaror o’z mohiyatiga ko’ra bu sohada tub ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun huquqiy negiz sifatida baholanishi mumkin. Ushbu qarorning mazmun-mohiyati, unda huquqshunos pedagoglar oldiga qo’yilgan vazifalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari, tadbirlari nihoyatda keng ko’lamli, shuningdek zalvorli hisoblanadi.
Qarorda o’quv jarayonining sifatini tubdan yaxshilash choralariga ham e’tibor qaratilgan bo’lib, jumladan, o’quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar shakllarini qo’llagan holda amaliy mashg’ulotlar sifatini (“keys-stadi”, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshq. ) oshirish zaruriyati ko’rsatib o’tildi.
Butun dunyo huquq tizimlarida sivilistika deb ataluvchi mazkur huquq sohasi tartibga soluvchi munosabatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli, zamonaviy yurist fuqarolik huquqi fanini puxta o’zlashtirgan taqdirda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi mumkin.
Yangi avlod huquqshunos kadrlarni tayyorlashda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni hisobga olgan holda darslik va qo’llanmalar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikni yozishda sivilistika ilmi erishgan eng so’nggi yutuqlardan ijodiy foydalanildi hamda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar e’tiborga olindi.
Darslik fuqarolik qonun hujjatlariga 2017-yil 1-yanvargacha kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar asosida yozilgan.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling