Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet3/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

GLOSSARIY


Abstrakt bitim – haqiqiyligi muayyan asos - maqsad bilan bevosita bog’liq bo’lmagan bitim.
Ashyolar – muayyan moddiy qiymatga ega bo’lgan hamda iqtisodiy munosabatning predmeti bo’la oladigan narsalar.
Ashyoviy huquq ashyoni egallash, undan foydalanish va tasarruf etish bilan bog’liq huquq.
Birgalikdagi mulk – mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo’yilmagan mol-mulk.
Bitim – fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o’zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlar.
Cheklangan javobgarlik – majburiyatlarning ayrim turlari bo’yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bog’liq majburiyatlar bo’yicha qonunda zararni to’la qoplashga bo’lgan huquqning cheklanishi.
Da’vo muddati – shaxs o’zining buzilgan huquqini da’vo qo’zg’atish yo’li bilan himoya qilishi mumkin bo’lgan muddatdir.
Davlat korxonasidavlat mulkidagi, o’ziga operativ boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir.
Fidustiar bitim – taraflarning o’zaro ishonchiga asoslanadigan bitimlar.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) – O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo’lmagan shaxslar.
Fuqarolik huquq layoqati – fuqarolarga o’zlarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida xilma-xil huquqiy munosabatlarga kirishishning yuridik imkoniyatini beradigan huquq va majburiyatlarga ega bo’lish layoqati.
Fuqarolik huquqi – yuridik jihatdan teng bo’lgan subyektlar o’rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig’indisidir.
Fuqarolik huquqi fani – fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan o’zaro bog’liq tushunchalar, kategoriyalar, qarashlar, xulosalar, mulohazalar, fikrlar, konsepsiyalar va nazariyalar tizimini o’zida ifoda etgan yurisprudensiyaning asosiy tarmog’i.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling