Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlar


Download 1.75 Mb.
bet7/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy munosabatlar – shaxsning o’zi bilan bevosita bog’liq bo’lgan va undan begonalashtirilmaydigan huquqlarni amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlar.
Munitsipal mulk – davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki, mahalliy budjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk.
Muomala layoqati – fuqarolarning o’z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish, amalga oshirish, o’zlari uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir.
Navbatdagi garov – garovga qo’yilgan mol-mulk boshqa talablarni ta’minlash uchun yana bir garov narsasiga aylanishi.
Negator da’vo – mulkdor o’z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog’liq bo’lmasa ham, bartaraf etishni talab qilishi.
Neustoyka – qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to’lashi shart bo’lgan pul summasi.
Neustoyka shakllari – jarima yoki penya.
Nomoddiy ne’matlar – qonun tomonidan tan olinadigan, muhofaza qilinadigan moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan hamda egasining shaxsidan ajratish mumkin bo’lmagan ne’matlar va erkinliklar.
Oilaviy korxona – uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) va realizastiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo’lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan har birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik subyektidir.
Ommaviy mulk huquqi – Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo’lgan davlat mulk shakli.
Ommaviy shartnoma – tashkilot tomonidan tuzilgan hamda uning bunday tashkilot o’z faoliyati xususiyatiga ko’ra o’ziga murojaat qiladigan har bir shaxsga nisbatan amalga oshirishi shart bo’lgan tovarlar sotish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish sohasidagi vazifalarini (chakana savdo, umumiy foydalanishdagi transportda yo’lovchi tashish, aloqa xizmati, energiya bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona xizmati va sh.k.) belgilab qo’yadigan shartnoma.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling