Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha amalda bo‘lishi. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi


Download 1.75 Mb.
bet15/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo‘yicha amalda bo‘lishi. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi

Ma’lumki, fuqarolik qonun hujjatlari muayyan makon va zamonda amal qiladi. Agar makon muayyan hududiy yaxlitlik sifatida mavjud bo‘lsa, zamon esa fuqarolik kodeksining kuchga kiritilgandan to bekor bo‘lgunga qadar bo‘lgan davr hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Qonun u amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Fuqarolik qonun hujjati amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo‘yicha bu qonun hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga nisbatan qo‘llaniladi.


Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo‘lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo‘lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o‘z kuchini saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga tatbiq etilishi ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlarining amalga kiritilishi bevosita ushbu qonun hujjatida belgilab qo‘yiladi. Fuqarolik qonun hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Fuqarolik qonun hujjatlarni e’lon qilishga doir talablar “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobida belgilab qo‘yilgan.
Ijtimoiy hayot, fan texnika taraqqiyoti yangidan yangi voqeliklar, huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmoqda. Ularning ba’zilari mutlaqo yangi mazmunga ega bo‘lganligi sababli ularni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari mavjud bo‘lmasligi mumkin. Biroq bu ular mutlaqo qonun bilan tartibga solinmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Chunki fuqarolik huquqida analogiya, qiyosiy o‘xshatishga yo‘l qo‘yiladi. Uning huquqiy asoslari FKning 5-moddasida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra fuqarolik huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi). Masalan, intellektual mulkning yangi obyekti yaratilgan bo‘lib, uni huquqiy rejimiga doir qoida belgilanmagan bo‘lsa u holda mavjud unga o‘xshash obyektning huquqiy rejimini belgilovchi qonun hujjati qo‘llaniladi.
Agar ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmasa, u holda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni ya’ni, huquq o‘xshashligiga amal qilinadi. Qonun hujjatlarining umumiy negizlari FKning 1-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib halollik, oqillik va adolat talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi1.
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilariga tashabbus ko‘rsatish, qonunda ta’qiqlanmagan faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi. Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarni o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanishga yo‘l qo‘yilmaydi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling