Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet17/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Grammatik sharhlashda grammatik qoidalardan foydalanib qonunda ishlatilgan ayrim so‘zlar, jumlalar, ifodalarning ma’nosini aniqlash yo‘li bilan huquqiy normalarning mazmuni belgilanadi. Masalan, FKning 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqarolarni sud qonun hujjatlarida belg ilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”, deyiladi. Bu erda qonun chiqaruvchi “yoki” so‘zini ishlatishi natijasida fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish uchun ikkita asosdan bittasi, ya’ni o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaslik yoki ularni boshqara olmaslikning mavjud bo‘lishi yetarli ekanligini ifodalaydi.
Mantiqiy sharhlashda qonunda ishlatilgan ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki, uzviy, mantiqiy bog‘langanligini aniqlab, huquqiy normaning muzmuni belgilanadi. Masalan, FKning ushbu 30-moddasida “Ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin”, deb aytildi. Demak, voyaga etgan fuqaro ruhiy kasal bo‘lsa ham, to sud tomonidan “muomalaga layoqatsiz” deb tanilguniga qadar muomalaga layoqatli deb faraz qilinadi.
Tizimli sharhlashda huquq normasining mazmuni, uning huquq tizimida egallagan o‘rnini belgilash, uni boshqa huquqiy normalar bilan taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Masalan, FK 544-moddasiga ko‘ra, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ijaraga oluvchi o‘zi javobgar bo‘lmagan holatlarga ko‘ra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan bo‘lsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli. Bunda nizo FK 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar)ga doir qoidalar bilan emas balki, FK 544-moddasi bilan hal qilinadi.
Tarixiy sharhlashda huquq normasi qanday tarixiy vaziyatlarda qabul qilinganligini belgilash yo‘li bilan aniqlanadi. Sharhlash o‘zining hajmi bo‘yicha tub ma’nodagi sharhda qonunning ma’nosi uning ifodalanishi ya’ni, yozilish shakliga aynan to‘g‘ri kelishi kerak. Cheklangan sharhda qonunning ma’nosi uning ifodalanishiga qaraganda birmuncha torroq ko‘rinadi. Kengaytirilgan sharhda qonunning mazmuni uning tub tahririga qaraganda birmuncha kengroq tushuniladi. Masalan, FKning 115-moddasida: “Bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya qilmaslik qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holdagina uning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi”, deb yozilgan. Bunda “qonun” so‘zi faqat Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan normativ hujjatnigina bildirmay, balki keng ma’noda tushuniladi.
Huquq normalari o‘zining ta’sir kuchiga qarab imperativ va dispozitiv normalarga bo‘linadi. Imperativ normalar, deb ma’lum bir huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning erklari bilan o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan, qat’i xarakterda bo‘lgan, qat’i buyruq beradigan normalarga aytiladi. Imperativ normalarga misol qilib “Fuqarolarning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan haqiqiy emasdir” (FKning 23-moddasi, 3-bandi) - deb aytilgan normani ko‘rsatish mumkin. Dispozitiv normalar, deb taraflarning o‘z ixtiyorlari bilan to‘ldirilishi mumkin bo‘lgan va shartnomalarda huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining o‘zaro kelishuvi bo‘yicha tartibga solinishi mumkinligini ko‘rsatadigan normalarga aytiladi. Masalan, FKning 223-moddasi 1-bandida ulushli mulkdagi mol-mulk ishtirokchilar o‘rtasida ularning kelishuviga muvofiq taqsimlanishi mumkin deb yozilgan. Demak, bu huquqiy normaning mazmuniga ko‘ra umumiy mulk ishtirokchilari o‘ziga tegishli bo‘lgan ulushini o‘zlarining kelishuviga muvofiq taqsimlashlari mumkin ekan.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling