Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja


Download 6.21 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi6.21 Kb.
#248598
  1   2   3
Bog'liq
amaliy mashgulot (1)


 Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari

Reja:

 

1.Shoir g‘azallarini sharhlashda yaratilish davri, qaysi devonga mansubligi, mavzusi aniqlash (bir g‘azal misolida)

Alisher Navoiyning “Kecha kelgumdir debon” g`azali tahlili
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi,
Ko’zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.


Lahza–lahza chiqtim-u chektim yo’lida intizor,
Keldi jon o’g’zimg’a-yu ul sho’xi badxo’ kelmadi.


Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro’zg’orimdek ham o’lg’onda qorong’u kelmadi.


Ul parvarash hajridinkim yig’ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko’rganda kulgu kelmadi.


Ko’zlaringdin necha suv kelgay, deb o’lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.


Tolibi sodiq topilmas, yo’qsa kim qo’yida qadam,
Yo’lgakim, avval qadam ma’shuqa o’tru qilmadi.


Ey Navoiy, boda birla xurram et ko’nglung uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg’u kelmadi.


G‘azal aruzning ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan. Ushbu vaznning taqte’si quyidagicha:

Foilotun foilotun foilotun foilun
– V – – – V – – – V – – – V –

Ushbu g‘azal Alisher Navoiyning muhabbat mavzuida yozilgan oshiqona g‘azallaridan biridir. G‘azal badiiy qurilma (lirik kompozitsiya) si jihatidan voqeaband g‘azallar turkumiga mansubdir. U muayyan hayotiy voqea ta’siri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir. G‘azaldagi lirik syujet oshiq, ya’ni lirik qahramon visol uchun va’da bergan sevikli yorini kutish iztiroblari tasviri asosiga qurilgan. Asar yetti baytdan iborat bo‘lib, barcha baytlar matlada qo‘yilgan mavzuni maqtagacha izchil yoritishga safarbar etilgan.

Alisher Navoiy mukammal lirik kulliyoti – «Xazoyin ul-maoniy»ga asarlarini umr fasllariga muvofiq taqsimlab kiritganida, «Ul sarvi gulro‘ kelmadi» g‘azali «Badoe’ ul-vasat», ya’ni «O‘rta yosh go‘zalliklari» devonidan o‘rin olgan bo‘lsa ham, aslida, u shoirning yoshlik lirikasi mahsulidir. Chunki g‘azal Navoiyning «Ilk devon»i hamda ikkinchi rasmiy devoni «Navodir un-nihoya» devonlarida ham mavjud. Ulug‘ shoir o‘zining ijodiy takomili davomida g‘azalning matniy tarkibiga biror jiddiy tarkibiy o‘zgartirish kiritmagan. G‘azal shoirning ilk lirikasi mahsuli ekanligi shundan dalolat beradiki, u yigitlik ishqining nozik sarguzashtlari, dunyoviy muhabbatning otashin ehtiros va tuyg‘ulari bilan yozilgan. Mazkur dalil esa g‘azal mazmunini sun’iy ravishda «ishqi haqiqiy»ga bog‘lab talqin etishimizga asos bermaydi.


Download 6.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling