Navoiy g‘azallarini sharhlash mezonlari Reja


Tanlangan g‘azalning murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni, shohbaytlar talqini muhokama qilish


Download 6.21 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi6.21 Kb.
#248598
1   2   3
Bog'liq
amaliy mashgulot (1)

2.Tanlangan g‘azalning murakkab so‘zlar lug‘ati, baytlarning nasriy bayoni, shohbaytlar talqini muhokama qilish.

Mutolaa jarayonida oddiy muxlislarimiz «chektim yo‘lida intizor» shoirona so‘z birikmasini tushunishga qiynaladilar. Ayrimlarida «yor yo‘lida intizor oshiq nima chekdi ekan?» qabilidagi savol ham tug‘iladi. Bunga sabab shuki, Navoiy davri til ifodalari bugungi tilimizdan o‘zgacharoq. Aslida, yuqoridagi so‘z birikmasidagi uchta so‘zning aynan o‘zini hozirgi til tuzilishida ifodalasak, bugungi o‘quvchi uchun tushunarli, aniq mazmun kelib chiqadi: «yo‘lida intizorlik chekdim». Oshiq yorini chuqur iztirob bilan sabrsiz kutaverganidan, joni og‘ziga keladi. Bu o‘rinda shoir «joni og‘ziga kelmoq» xalq iborasini mahorat bilan qo‘llaydi. Uni qo‘llashdan maqsad faqat frazeologizmni mazmunga mutanosib ravishda ishlatish emas, balki tazod – qarshilantirish san’atini vujudga keltirishdir. Tazod oshiq va ma’shuq holatlari o‘rtasidagi zidlikni ifodalashga safarbar etiladi: oshiqning joni og‘ziga keladi, biroq ma’shuqa kelmaydi, u oshiqning ahvoliga loqayd, beparvo.

Baytdagi « sho‘xi badxo‘» iborasi e’tiborga sazovor. G‘azal sharhlovchilarining lug‘at va izohlarida «badxo‘» so‘zining «yomon odatli», «yomon fe’lli», «yomon qiliqli» kabi ma’nolari beriladi. Haqiqatan ham, bu so‘z fors tilidan olingan bo‘lib, «bad» – «yomon», «xo‘» – «fe’l-atvor» ma’nolarini anglatadi. Biroq, oshiqning muhabbatiga sazovor sevikliga nisbatan «badqiliq» sifati juda dag‘al tuyuladi. Agar yori chindan ham «badfe’l» bo‘lganida, Navoiy lirik qahramoni uni sevmagan bo‘lardi. Biz shoirning «sho‘x» so‘zini ham nazardan soqit qilmasligimiz lozim. Nazarimizda, shoir ushbu iborani hazil-mutoyiba aralash erkalash ma’nosida qo‘llagan. Negaki, visolga va’da berib, o‘z vaqtida kelmay, oshiqning sabr-toqati, irodasi, sadoqatini sinash har bir qizga xos hayotiy xususiyat. Shu boisdan, uning «badxo‘»ligi va’da berib, va’dasida turmasligi, xolos.

Keyingi bayt mazmunini shoir «tajohuli orif» san’ati asosiga quradi. Yorning va’da qilingan vaqtda kelmaganligi sababini tusmollaydi, taajjub izhor etadi: agar yor kun xuddi uning munavvar jamolidek yorug‘ bo‘lganida, birov ko‘rib qolishidan uyalib, andisha qilib, sharm-hayo, ehtiyot yuzasidan kelmagan bo‘lsa, ayriliq azobidan zulmat qoplagan mening hayotimdek tun qorong‘u bo‘lganida ham kelmadi-ya ?! Baytda yana tazod san’ati yaratilgan: yorning yuzi (orazi) – nurafshon, oshiqning hayoti (ro‘zg‘ori) esa qop-qorong‘u.

To‘rtinchi baytda lirik qahramonning ahvoli mubolag‘ali tasvirlanadi. U kuta-kuta toqati-toq bo‘lib, majnunga aylanadi. Parisifat yorim hajrida shunday devonalarcha faryod chekib yig‘ladimki, – deydi oshiq, – mening bu ahvolimni ko‘rganda kulgisi kelmagan biror kimsa bormikin? Bu bayt mazmuni ifodasida shoirning yana bir badiiy mahorati shundaki, u xalq hayotida uchraydigan tipik tafsilga ishora qiladi. Odatda, odamlar ko‘chadagi devona-jinnining xurmacha qiliqlariga beixtiyor kulishadi. Shuningdek, baytda yig‘i va kulgi holatlari asosida ifodalangan tazod san’ati ham badiiyatni kuchaytirgan.

Beshinchi baytda lirik qahramonning ruhiy holati tasviri mubolag‘ali tarzda davom etadi. Uning ahvoliga hayron qolganlarga lirik qahramon: buncha ko‘z yoshlaringni oqizasan, deya ta’na-malomat qilmanglar, – deya iltijo etadi, – ko‘zlarimdan hijron kechasi suv oqqani yo‘q, kelgani barisi yurak qonlari edi. Mubolag‘adan tashqari, ko‘zlardan suv o‘rniga qon oqishi ma’lum darajada tazodni ham tashkil etadi.

Oltinchi bayt oddiy g‘azalxon mutolaasi uchun birmuncha murakkabroqdir. Ammo Navoiy davri o‘zbek tili va she’riyat tilining o‘ziga xos grammatik qurilishini bilgan odam uni osongina tushunib oladi


Download 6.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling