Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash


Download 1.75 Mb.
bet16/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlash
va ularning turlari

Fuqarolik-huquqiy normalarni qo‘llash va sharhlash to‘g‘risida to‘xtalib shuni aytish kerakki, huquqiy normalarni tatbiq etish deganda, konkret fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tegishli huquq normasiga muvofiq holda tashkil qilinishi va bu munosabat yuzasidan taraflar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan qaror qabul qilinishi tushuniladi. Fuqarolik huquqi normalarini qo‘llash vakolatli davlat organlari tomonidan, chunonchi, sud, prokuratura, xo‘jalik sudi va boshqa organlar, shuningdek, ba’zi hollarda jamoat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qo‘llaniladi.


Huquq normalarini qo‘llash mazmunan ularga rioya qilishdan farq qiladi. Yuqorida ko‘rsatilganidek, faqat muayyan vakolatli organlargina tatbiq etishlari mumkin bo‘lsa, huquqiy normalarga rioya qilishga har bir shaxs (fuqaro va tashkilot) majburdir.
Ba’zi holatlarda huquq normasini tegishli huquqiy munosabatga qo‘llashda uning aniq mazmunini, mohiyatini, ma’nosini aniqlash zaruriyati vujudga keladi. Huquq normasi ma’nosini aniqlash va tushuntirishga qonunni sharhlash, deyiladi.
Fuqarolik huquqi normalarini sharhlash sharhlovchi subyektlar, sharhlash usullari, shuningdek, uning hajmiga qarab farqlanadi.
Normani sharhlovchi subyektlar huquq normalariga rasmiy va norasmiy sharh beruvchilarga bo‘linadi. Rasmiy sharh vakolatli bo‘lgan hokimiyat organlari tomonidan berilib, ma’lum darajada majburiy kuchga ega bo‘ladi. Bunday sharh O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan beriladi. Ular Respublika doirasida barcha fuqarolar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan beriladigan sharhlar ham rasmiy, ayni paytda majburiy hisoblanadi.
Rasmiy sharhning turlaridan biri sud sharhlashidir. Ma’lum bir ishni hal qilishda sud tomonidan berilgan sharh chiqarilgan qarorning qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mazkur ish bo‘yicha majburiy hisoblanadi. Ammo kelajakda shunga o‘xshash boshqa ishni hal qilishda, boshqa sudlar, jumladan, shu sudning o‘zi ham avvalgi ishning hal qilinishiga qarab masalani yecha olmaydi. Chunki, umumiy xarakterda bo‘lgan ba’zi sharhlar Oliy sud Plenumi tomonidan beriladi. “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda Oliy sud Plenumi rahbariy tushuntirishlar berishligi ko‘rsatilgan. Shu tartibda qabul qilinadigan qarorlar sudlarda ishlarning bir xilda ko‘rilishini ta’minlashga qaratilganligi sababli sudlar uchun majburiydir.
Norasmiy sharh deb, majburiy kuchga ega bo‘lmagan sharhga, masalan, ilmiy asarlarda, darsliklarda, ma’ruzalarda beriladigan sharhlarga aytiladi. Bunday sharhlar yuridik kuchga ega bo‘lmasa ham qonunning ma’nosini aniqlashga yordam beradi. Ular imloviy, mantiqiy, tizimli va tarixiy sharhlashga bo‘linadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling