Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet13/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik huquqi tizimi


Fuqarolik huquqi o‘quv fani, huquq tarmog‘i sifatida o‘zining muayyan tizimiga ega. Bunda tizim muayyan tarkibiy qismlardan, normalar majmuidan iborat bo‘ladi. Fuqarolik huquqi tizimi tarkibiy qismlari o‘rtasida muayyan uzviy bog‘lanish, ketma-ketlik, tartib mavjud. Bunday uzviy bog‘lanish tasodifiylik xarakteriga ega emas, balki biri muqarrar ravishda ikkinchisini keltirib chiqaruvchi, ikkinchisi shartligini, mavjudligini taqazo etuvchi uzviy bog‘lanish hisoblanadi.


Fuqarolik huquqi o‘quv fani tizimi ham Fuqarolik kodeksi tizimi kabi qismlarga bo‘lingan. Fuqarolik huquqini birinchi qismida umumiy qoidalar ya’ni, fuqarolik huquqining tamoyillari, fuqarolik huquqiy munosabat doirasi, ularni vujudga kelish, amalga oshirish, himoya qilish usullari, fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilari (subyektlari) huquqiy maqomi, fuqarolik huquqi obyektlari huquqiy rejimi, muddatlar, da’vo muddatlari to‘g‘risidagi asosiy qoidalar va kategoriyalarni shuningdek, fuqarolik huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa umumiy qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi ba’zi hollarda maxsus qism deb ham yuritish qabul qilingan. Fuqarolik huquqi o‘quv fanida ham bunday tabaqalanish qo‘llaniladi. Ba’zi adabiyotlarda fuqarolik huquqining ikkinchi qismini fuqarolik huquqining kichik tarmoqlariga, kichik sohalariga ham bo‘lish qabul qilingan. Kichik sohalar bu bir turdagi munosabatlar majmuini tartibga soluvchi o‘zining umumiy qoidalariga ega bo‘lgan normalar va kategoriyalarni muayyan guruhi bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolik kodeksi tizimidan kelib chiqqan holda fuqarolik huquqida quyidagi beshta kichik tarmoqlar – sohalar mavjudligi e’tirof etiladi:
a) Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. Mazmunan olganda mulk huquqi ashyoviy huquqlar tizimiga kirishini e’tiborga olib, ba’zi maxsus adabiyotlarda ushbu kichik soha ashyoviy huquq deb ham ataladi. Ushbu kichik soha moddiy obyektlar, mulkiy huquqlarni muayyan shaxslarga tegishliligini, mansubligini va ularni amalga oshirish tartibi, asoslarini yuridik rasmiylashtiradi.
b) Majburiyat huquqi. Ma’lumki, fuqarolik huquqiy munosabatlarda taraflar o‘zaro bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar va bir tarafni huquqini amalga oshirishi ikkinchi tarafni majburiyatni bajarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Agarda mulk huquqi o‘ziga xos turg‘un, statik holat bo‘lsa, majburiyat huquqi dinamik, faol jarayondir. Ushbu jarayon orqali taraflar fuqarolik huquqiy munosabatga kirishishdan o‘zlari umid qilgan manfaatga erishadilar. Majburiyat huquqi o‘z navbatida shartnoma majburiyatlari, delikt majburiyatlari va kondikt majburiyatlari institutlariga bo‘linadi. Ularning uchchalasi uchun ham yagona, umumiy bo‘lgan qoidalar mavjud. Shartnoma majburiyatlari shartnomalar asosida, delikt majburiyatlari bir subyektning ikkinchi subyektga zarar yetkazishi, yetkazgan zararni to‘lash asosida, kondikt majburiyatlar esa, bir subyektning ikkinchi subyekt mol-mulki yoki mulkiy huquqlarini asossiz ravishda qo‘lga kiritishdan, boyishdan kelib chiqadi.
d) Intellektual mulk huquqi. Intellektual mulk huquqi ijodiy faoliyat natijalari va ularga tenglashtirilgan vositalar ya’ni, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish (individuallashtirish) vositalariga nisbatan huquqlarni vujudga kelishi, amal qilishi, bekor bo‘lishi va huquqiy muhofaza qilish bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik huquqiy me’yorlar majmui.
e) Vafot etgan fuqaroni mol-mulkiga, boshqa mulkiy huquqlariga, shuningdek, majburiyatlarni boshqa shaxslarga (vasiyat, qonun bo‘yicha uning merosxo‘rlariga yoxud qonunda belgilab qo‘yilgan boshqa subyektlarga) o‘tishini tartibga soluvchi fuqarolik huquqi normalari tizimidan iborat bo‘lgan vorislik huquqi.
Fuqarolik huquqi o‘quv fani tizimida kichik tarmoqlar, kichik sohalar o‘z navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Huquq instituti deganda, muayyan turdagi bir biri bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga soluvchi normalar yig‘indisi tushuniladi. Har bir kichik soha o‘z navbatida huquq institutlariga bo‘linadi. Masalan, intellektual mulk huquqi patent huquqi, mualliflik huquqi, turdosh huquqlar institutlariga va boshqa institutlarga bo‘linadi. Majburiyat huquqi majburiyatlarni alohida turlariga masalan, oldi-sotdi, ijara, pudrat, haq evaziga xizmat ko‘rsatish va shu kabilarga bo‘linadi. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar kichik sohasi o‘z navbatida xususiy mulk huquqi, ommaviy mulk huquqi, cheklangan ashyoviy huquqlar tizimi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishni ashyoviy huquqiy usullari kabi institutlarga bo‘linadi. Mantiqan olganda fuqarolik huquqi institutlari ham muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Ushbu tarkibiy qismlar subinstitutlar, kichik institutlar deb nomlanadi. Kichik insitutlar doirasidagi huquqiy munosabatlar ham bir xilligi va uzviy bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Bu esa ularni kichik institut doirasida maqsadli va aniq huquqiy tartibga solish imkonini beradi. Masalan, shartnomaviy majburiyat institutlari ularning alohida turlari bo‘yicha quyidagi subinsitutlarga bo‘linishi mumkin:
- oldi sotdi – umumiy qoidalar, chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya, korxonani sotish, ko‘chmas mulkni sotish va h.k.;
Ijara shartnomasi instituti esa, quyidagi kichik insitutlarga bo‘linadi:
- umumiy qoidlar, prokat, lizing, korxonalar ijarasi, turar joy ijarasi va h.k.
Ayni paytda kvaziinstitutlar kategoriyasi ham mavjud. Bunda muayyan fuqarolik huquqiy normalar majmui bir xilligi nuqtayi nazaridan tartibga soluvchi munosabatlarni mohiyatan muayyan normalar guruhi bilan tartibga solinishi mumkin. Biroq, u institut sifatida e’tirof etilmagan. Bu holda bunday normalar guruhi kvazinstitut ya’ni, institutga o‘xshash huquqiy tuzilma hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Fuqarolik kodeksining xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga tatbiq qilish deb nomlanuvchi oltinchi bo‘limi milliy huquq tizimida alohida huquq tarmog‘i hisoblanadi.



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling