Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet9/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Sho’ba xo’jalik jamiyati – bir (asosiy) xo’jalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xo’jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo’lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo bo’lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo’jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo’lgan xo’jalik jamiyati.
Subyektiv huquq – muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxsga tegishli huquqdir.
Subsidiar javobgarlik – qonun hujjatlari yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor bo’lgan boshqa shaxsning javobgarligiga qo’shimcha ravishda javobgarlik.
Tijorat vakilligi – bir shaxsning tadbirkorlar shartnomalar tuzayotganida ikkinchi shaxs nomidan doimo va mustaqil suratda vakillik qilishi.
Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga mo’ljallangan, belgilangan sanitariya, yong’inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg’iz qariyalar uchun internat uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo’ljallangan joylar deb hisoblanadi.
Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnoma – taraflar qarzdor ijroni kreditorga emas, balki shartnomada ko’rsatilgan yoki ko’rsatilmagan, qarzdordan majburiyatni o’z foydasiga bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’lgan uchinchi shaxsga bajarishi majbur deb belgilab qo’ygan shartnoma.
Ulushli mulk – mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo’yilgan mol-mulk.
Umumiy mulk – ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo’lgan mol-mulk.
Vakillik – bir shaxsning ikkinchi shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlarni amalga oshirishi.
Vakolat – vakilning boshqa shaxs nomidan muayyan yuridik harakatlar qilishga va shu bilan u uchun huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratilgan huquq.
Vasiylik – o’n to’rt yoshga to’lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli hisoblanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling