Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet6/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Konsensual bitim - huquq va majburiyatlarni o’zaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytida vujudga keladigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati.
Matlubot kooperativi – ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zoligiga asoslangan, uning a’zolari tomonidan o’z mulkiy (pay) badallarini qo’shish yo’li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy birlashma.
Mayda maishiy bitim – fuqarolarning kundalik maishiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan va summasi yuqori bo’lmagan bitimlar.
Mol-mulk – ma’lum shaxsga (fuqaro yoki yuridik shaxsga) egalik huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig’indisi.
Muassasa boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo’lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to’la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot.
Muddatli bitimlar - taraflar huquq va majburiyatlarining vujudga kelish yoki bekor bo’lish vaqti ko’rsatilgan bitimlarga aytiladi.
Mulk – mulkdorning o’z mol-mulkiga nisbatan, uchinchi shaxsning o’zganing mol-mulkiga hamda mulkdor va ashyo o’rtasidagi aloqadorlikka nisbatan munosabati.
Mulk huquqi – shaxsning o’ziga qarashli mol-mulkka o’z xohishi bilan va o’z manfaatlarini ko’zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o’zining mulk huquqini, kim tomonidan bo’lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqi.
Mulkiy munosabatlar – ishtirokchilarning tengligiga, qiymat xarakteriga, tekinga yoki haq evaziga amalga oshirilishiga, munosabat ishtirokchilarining xatti-harakatlari bevosita ularning o’zlari tomonidan baholanishiga asoslanadigan vujudga kelish asosida mol-mulk va moddiy ne’matlar yotadigan munosabatlardir.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling