Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet4/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Fuqarolik huquqi funksiyalari – mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarga yuridik ta’sir etishning asosiy yo’nalishlari bo’lib, ularning mazmuni huquqning mohiyati va jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi bilan belgilanadi.
Fuqarolik huquqi metodi – bu mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlar bilan bog’liq ijtimoiy sohada yuridik usullar yig’indisi, yuridik ta’sir vositalarini qo’llashni ifoda etuvchi tartib va qoidalar yig’indisidir.
Fuqarolik huquqida muddat – aniq belgilangan, o’tishining boshlanishi va tamom bo’lishi muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltiradigan, fuqarolik huquqlarini amalga oshirish va muhofaza qilishga qaratilgan paytlar va vaqt davrlari.
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (prinsiplari) – bu barcha fuqarolik qonunlari mazmuniga singdirilgan asosiy, boshlang’ich qoidalardir.
Fuqarolik qonun hujjatlari – fuqarolik-huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o’zgarishi yoki bekor bo’lishi bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladigan FK va boshqa qonun hujjatlari yig’indisi.
Fuqarolik-huquqiy munosabat – yuridik jihatdan teng bo’lgan shaxslar o’rtasida bo’ladigan va fuqarolik-huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar.
Fuqarolik-huquqiy munosabat elementlari – ushbu huquqiy munosabatning subyektlari, mazmuni va obyektlari.
Fuqarolik-huquqiy munosabat subyektlari – fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari - fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatdir.
Fuqarolik-huquqiy munosabatning mazmuni – shu munosabatda qatnashuvchi shaxslarning subyektiv huquqlari va burchlari.
Fuqarolik-huquqiy munosabatning obyekti – fuqarolik-huquqiy munosabatda qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakatlari qaratilgan hamda subyektiv huquqlari va majburiyatlari belgilangan moddiy va nomoddiy ne’matlar.
Garov – bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo’lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi.
Garov turlari – zakalat, ipoteka, huquqlar garovi.
Harakatlar – fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxs (yoki shaxslar)ning erki bo’yicha qilinadigan huquq yo’l qo’ygan va huquq yo’l qo’ymagan xatti-harakati (yuridik faktlar).
Homiylik – o’n to’rt yoshdan o’n sakkiz yoshgacha bo’lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shaklidir.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling