Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet5/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Huquq manbasi – huquqni ifoda etilishining yuridik shakli.
Huquqiy odat – uzoq davr mobaynida amalda bo’lish natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan yurish-turish qoidasi.
Insofli egallovchi – mol-mulk uni boshqa shaxsga berish huquqiga ega bo’lmagan shaxsdan haq to’lab olgan, buni bilmagan va bilishi mumkin bo’lmagan shaxs.
Insofsiz egallovchi – o’z egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan shaxs.
Ish muomala odati – biror-bir hujjatda yozilgan-yozilmaganidan qat’i nazar tadbirkorlik faoliyatining biror-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo’llaniladigan xulq-atvor qoidasi.
Ishlab chiqarish kooperativi – fuqarolarning shaxsiy ishtiroki a’zolarning (ishtirokchilarning) mulki bilan qo’shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo’jalik faoliyatini olib borish uchun a’zolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi.
Ishonchnoma – bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat.
Jamoat birlashmalari – ma’naviy yoki o’zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o’z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari.
Jamoat fondi – yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo’shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko’zlaydigan, a’zoligi bo’lmagan nodavlat notijorat tashkiloti.
Kafillik – bir shaxs - kafilning boshqa shaxs o’z majburiyatini to’la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o’z zimmasiga olishi.
Kafolat – bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug’urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning iltimosiga ko’ra kafil o’z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to’lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to’lash haqida prinsipalga yozma majburiyat berishi.
Kazual bitim – mazmun jihatidan muayyan maqsadga erishishga qaratilgan va haqiqiy deb hisoblanishi uchun mavjud asosga bevosita bog’liq bo’lgan bitim.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling