Toshkent davlat Yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism toshkent-2017 fuqarolik huquqi darslik I qism


Download 1.75 Mb.
bet8/132
Sana31.01.2024
Hajmi1.75 Mb.
#1833237
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
Bog'liq
KL фукаролик хукуки дарслик 14 02 2017

Operativ boshqarish huquqi – davlat korxonasi, shuningdek muassasasining o’zlariga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilab qo’yilgan doirada, o’z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.
Pul – iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biri hisoblanib, barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti.
Qaram jamiyat – xo’jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo’jalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan ko’prog’iga ega bo’lgan xo’jalik jamiyati.
Qimmatli qog’oz – mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjat.
Qo’shilish shartnomasi – shartlarini taraflardan biri formulyarlar yoki boshqa standart shakllarda ta’riflagan hamda ikkinchi taraf faqat taklif qilingan shartnomaga butunlay qo’shilish yo’li bilan qabul qilishi mumkin bo’lgan shartnoma.
Real bitim – o’zaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimlardir.
Respublika mulki – yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablag’lari, oltin zahirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o’quv, ilmiy, ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, basharti bular budjet yoki davlatning o’zga mablag’lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo’lsa, boshqa mol-mulk.
Servitut (lotincha “servire” – xizmat ko’rsatish) – o’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi.
Shartli bitim – taraflar o’rtasida tuziladigan bitimning amalga oshirilishi yoki bekor bo’lishi, biror-bir shartga bog’lab qo’yilishidir.
Shartnoma – ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling